204
Profilaktikasi
Brusellezning oldini olish uchun veterinariya-sog’lomlashtirish, xo’jalik va
tibbiy-sanitariya tadbirlari kompleks tarzda olib boriladi.
Qishloq xo’jalik hayvonlarini brusellezdan muhofaza qilish tizimi
xo’jaliklarga brusellez bilan kasallangan mollar tashqaridan kirib qolishining oldini
olishga va kasallik qayd etilgan xo’jaliklarni sog’lomlashtirishga asoslangandir.
Shu maqsadda hayvonlar o’rtasida diagnostik tekshiruvlar (serologik,
bakteriologik), kasallangan hayvonlarni go’shtga topshirish, abortning qat’iy
hisobi, chetdan (xo’jalikdan tashqaridan) keltirilayotgan mollarni veterinariya
guvohnomasi asosida qabul qilish, ularni 1 oy muddatga karantinda saqlash, Shu
vaqt ichida serologik tekshiruvdan o’tkazish, Shuningdek, sanitariya-dezinfeksion,
xo’jalik-tashkiliy va mollarni brusellezga qarshi emlash kabi tadbirlar kompleksi
muntazam amalga oshirilishi zarur.
Tibbiy-sanitariya tadbirlari kishilarga kasallik yuqib qolishining oldini olishga
qaratilgan individual himoyadan va qo’y-echkilar brucellyozini yuqtirish xavfi
yuqori professional guruhlar o’rtasida emlash o’tkazishdan iboratdir. Emlanishi
mo’ljallanayotgan kishilar avvalo klinik-laboratoriya, jumladan, serologik va
allergik tekshiruvlardan o’tkaziladi. Seroallergik sinamalarga manfiy reaksiya
ko’rsatuvchilargagina emlashga ruxsat etiladi. Yangidan ishga qabul qilinayotgan
shaxslar vaksinatsiyadan keyin 3-4 hafta o’tgach ishga qo’yiladilar. Revaksinatsiya
1 yildan keyin manfiy reaksiya ko’rsatuvchilarga qilinadi. Brusellezga qarshi
emlash 18 yoshdan boshlab o’tkazilishi mumkin.
Kasallangan kishilarni erta aniqlash maqsadida professional guruhlar
dispanser nazoratiga olinib muntazam ravishda profilaktik tibbiy ko’rikdan
o’tkazib turiladilar.
Dostları ilə paylaş: