O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Epizotik va epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Epizotik va epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi 
 
Ko’zg’atuvchi manbai turli qishloq xo’jalik hayvonlari, avvalo, qo’y-echkilar, 
sigirlar,  cho’chqalar  hisoblanadi.  Kasallangan  hayvonlar  ko’zg’atuvchisini  sut, 
siydik, najas va homila oldi suyuqliklari orqali butun kasallanish davri mobaynida 
ajratib turishadi. 
Brusellez infeksiyasining asosiy  manbalaridan tashqari, turli tuyoqli yovvoyi 
va  ovlanadigan  hayvonlar,  kemiruvchilar,  qushlar  hamda  ularning  ektoparazitlari 
ham brusellalar bilan zararlanganliklari aniqlangan. 
Ma’lum  shart-sharoitlarda  brusellalar  biologik  moslashgan  obligat 
xo’jayinlardan boshqa turdagi hayvonlarga ham migratsiya qilishlari mumkin. Bu 
hol  ko’pincha  har  xil  turdagi  hayvonlar  aralash  saqlangan  yoki  boqilganida 
kuzatiladi.  Br.melitensis  turining  qoramollarga  migrasiyasi  katta  xavf  tug’diradi. 
Brusellez  infeksiyasiga  qorako’l  qo’ylari  eng  beriluvchan  hisoblanadi.  Qo’ylar 
orasida  brusellez  o’tkir  epizootiya  shaklida  kechib,  ommaviy  abortlarga  sabab 
bo’ladi.  Shu  davrda  tashqi  muhitga  katta  miqdordagi  brusellalar  ajraladi  hamda 
kasallangan hayvon bilan umumiy hududda joylashgan odamlar va hayvonlarning 
kasallikni yuqtirishlari uchun qulay sharoit tug’iladi. 
Chorvachilikda  veterinariya  xizmatiniig  past  saviyasi,  hayvonlar  o’rtasidagi 
brusellezning  o’z  vaqtida  diagnoz  etilmasligi  bu  infeksiyaning  chorva  mollari  va 
ularga  qarovchilar  o’rtasida  keng  tarqalishiga  sabab  bo’ladi.  Qo’ychilik 
xo’jaliklarida  zararlangan  va  kasallangan  kishilar  soni  anchagina  yuqori,  bu  hol 
kasallik  o’chog’i  faolligiga  bevosita  bog’liqdir.  Kasallik  o’chog’i  faolligi 
tuShunchasi  qo’zg’atuvchi  turi  va  virulentligi,  hayvonlarning  zararlanganlik 
darajasi,  ulardagi  kasallik  klinik  ko’rinishlari  tabiati,  ishlab  chiqarish  sharoitlari 
hamda xo’jalik tipini o’z ichiga oladi. 
Infeksiyaning  organizmga  kirish  darvozasi  ovqat  hazm  qilish  trakti, 
jarohatlangan  teri  qoplamlari,  nafas  yo’llaridan  iborat.  Shunga  ko’ra  ishlab 
chiqarish  jarayonlari  va  maishiy  sharoitlarga  qarab  infeksiya  yuqishi  alimentar, 
muloqot va aspiratsion yo’llar bilan sodir etiladi. Ayniqsa, aralash yuqish yo’llari 
katta  ahamiyatga  egadir.  Qo’ychilik  xo’jaliklarida  muloqot  yuqish  yo’li  asosiy 
hisoblanadi.  Qo’zilatish  mavsumida  qo’ylarni  parvarishlash,  tug’dirish,  qorako’l 
qo’zichoqlarning  terisini  ajratish,  jun  qirqish,  qo’ylarni  so’yish  va  go’shtini 
nimtalash  jarayonlarida,  ba’zan  esa  go’shtni  yetarlicha  pishirmasdam  (kabob) 


 
203 
iste’mol  qilinganida  infeksiya  yuqishi  mumkin.  Odatda  kasallik  mayda  shoxli 
mollardan  yuqqanida  nisbatan  qisqa  yashirin  davr  va  klinik  jihatdan 
kasallanishning o’tkir boshlanishi kuzatiladi. 
Qoramollar brusellez o’choqlarida esa alimentar va alimentar-muloqot yuqish 
yo’llari  asosiydir.  Yetarlicha  qaynatilmagan  sutni  iste’mol  qilish,  sigirlarni 
parvarishlash,  sog’ish,  tug’dirish,  molxonalarni  tozalash  jarayonlarida  infeksiya 
yuqadi,  bu  holda  yashirin  davr  nisbatan  uzoqroq  va  kasallik  sekin  rivojlanadi. 
Ko’pincha  sut-tovar  fermalari  xodimlari,  sut  qabul  qilish  punktlari,  sut  zavodlari 
ishlovchilari, shaxsiy sigir saqlovchilar hamda sut mahsulotlarini ko’proq iste’mol 
qiluvchilar (masalan bolalar muassasalaridagilar) kasallanishadi. 
Aralash  tipdagi  xo’jaliklarda  qo’y-echkilardan  Br.melitensis  qoramollarga 
migratsiya  qilgan  holatlarda  kishilarning  kasallanishi  qo’ychilik  xo’jaliklarigidek 
tarzda kechadi.  
Kishilarning  brusellezga  moyilliklari  yuqori  bo’lib,  jinsga  va  yoshga  bog’liq 
emas, faqatgina qo’zg’atuvchisi qaysi turga mansubligi ahamiyatlidir. Qoramollar 
brusellezi  o’chog’ida  kasallikni  yuqtirganlarning  20  tadan  1  tasi,  qo’y-echkilar 
brusellezi  o’chog’ida  yuqtirganlarning  esa  barchasi  kasallanishadi.  Postinfeksion 
immunitet odatda 6-9 oy davom etadi. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin