II. Operativ (tezkorlik bilan olib boriladigan) epidemiologik tahlil. Bu
tahlilning vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Epidemik jarayon dinamikasini kuzatib borish.
2. Xavfli omillar paydo bo’lishi ustidan kuzatuv o’rnatish.
3. Epidemiologik holatni baholash.
4. Kasallanishning ko’payishiga sabab bo’ladigan omillar va sharoitlarni
aniqlash.
Operativ tahlilning oxirgi bosqichida ma’lum bir hududda, ayni bir aholi
guruhlari o’rtasida kasallanishning o’sishiga olib keluvchi sabablar to’g’risida
gipotezalar keltiriladi.
Boshqaruvchilik ishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- parazitar kasalliklarga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni rejalashtirish
va ularni amalga oshirilishi ustidan nazorat o’rnatib borish.
- epidemiologik holat yomonlashganda o’tkaziladigan chora-tadbirlarni
rejalashtirish.
- sanitariya-epidemiologiya nazoratining ishlarining sifati va samaradorligini
oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yaxshi yo’lga qo’yish. Profilaktik va
epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar, SSVning maxsus buyrug’i asosida olib
boriladi. Aholini gelmintozlarga tekshirish to’g’risida ko’rsatma.
1. Gijjalar bilan zararlangan odamlarni aniqlash. Buni shifoxonadagi har
qanday vrachlar. poliklinika, QVP vrachlari, maktab, bog’chalardagi bolalar
vrachlari,
tibbiyot-sanitariya
qismlari,
ishlab-chiqarish
korxonalaridagi
sog’lomlashtirish punktlarining vrachlari bajaradilar.
Yuqumli kasalliklar kabineti ana Shu gijjalar bilan zararlangan odamlarni
hisobga olish, dispanser kuzatuviga olish, davolash, profilaktik ishlar olib borish
bilan Shug’ullanadi. Bunday kabinetlar bo’lmaganda bu ishlarni pediatr, terapevt,
uchastka vrachlari bajaradi.
Gelmintozlarga laboratoriya tekshiruv ishlarini, davolash-profilaktika
muassasalarining klinika-diagnostik laboratoriyalarida o’tkaziladi. Sanitariya-
epidemiologiya xizmati xodimlari esa aholini gelmintozlarga tekshirishni tashkil
etish, unga rahbarlik qilish, ish sifati va samarasini tekshirib turishi kerak.