O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Axborot uchun ma’lumot 
 
Bezgak  Anopheles  avlodiga  mansub  chivinlar  yuqtiradigan  protozoy  
etiologiyali bir nechta yuqumli kasalliklar guruhidir. 
Asosiy  klinik  belgilari  -  qaytalanib  turuvchi,  harorat  ko’tarilishi  xurujlari, 
taloqning kattalaShuvi, anemiya (kamqonlik). 
Bezgak  qo’zg’atuvchisi  1881  yilda  Laveran  tomonidan  aniqlangan.  Odamda 
bezgak parazitining 4 ta turi uchraydi va ularning har biri alohida kasallik keltirib 


 
218 
chiqaradi: R.vivax - 3 kunlik bezgak qo’zg’atuvchisi, R.malariae - 4 kunlik bezgak 
qo’zg’atuvchisi, R.falsifarum -tropik bezgak qo’zg’atuvchisi va R.ova1e - 3 kunlik 
bezgakning  alohida  turining  qo’zg’atuvchisi.  Plazmodiumlarning  boshqa  turlari 
maymunlarda, kemiruvchilarda, qushlar organizmida parazitlik qiladi. 
Jadval 
Bezgakning qo’zg’atuvchilari 
Bezgak plazmodiylarining turlari. 
Bezgakning turlari. 
R.falcifarum (Weleh 1897) 
Tropik 
R.vivax  
Uch kunlik 
R.malariae (Lavegan 1881) 
To’rt kunlik 
R.ova1e 
Uch kunlikka  
o’xshash 
 
Parazitning  rivojlanishi  odam  va  chivin  organizmida  kechadi.  Odam 
organizmida  parazitlar  jigar  hujayralarida  (ekzoeritrocitar  yoki  to’qima 
shizogoniyasi) va eritrotsitlarda (eritrotsitar shizogoniya) ko’payadi. Eritrotsitlarda 
parazitning  jinsiy  shakllari  -  gamontlar  rivojlanadi  (gametalar,  gametocitlar). 
Chivinda  sporozoitlar  vujudga  kelishiga  olib  keluvchi  urug’lanish  va  zigota 
(urug’langan  tuxum  hujayra)ning  murakkab  rivojlanishi  sodir  bo’ladi.  Chivin 
chaqqandan so’ng sporozoitlar odam organizmiga kiradi va jigarning parenximatoz 
hujayralariga  borib,  o’zining  rivojlanishini  boshlaydi  (preeritrocitar  yoki  to’qima 
sikli).  Yadrolarining  keyinchalik  sitoplazmasining  ikkiga  bo’linishi  natijasida 
ko’plab  bir  yadroli  parazit  shakllari-merozoitlar  vujudga  keladi.  Merozoitlar 
eritrotsitlarning  ichiga  kirib,  rivojlanishida  davom  etadi  (eritrotsitar  cikli).  Tropik 
bezgakda  (ba’zan  4  kunlik  bezgakda)  parazitlar  faqat  eritrotsitlarda  rivojlanishni 
davom  ettiradi.  3  kunlik  bezgakda  eritrotsitar  cikldan  so’ng  parazitlar  jigar 
hujayralarida rivojlanadi, so’ngra esa qonga o’tadi va bszgak residivlarining paydo 
bo’lishiga sabab bo’ladi degan taxminlar ham bor. Bu taxminlar hozircha isbotini 
topgani yo’q. 
Qonda  parazitlarning  ko’payib  ketishi  kasallik  klinik  belgilarining  yuzaga 
chiqishiga  olib  keladi.  Eritrotsitlarda  parazitlar  kattalashadi,  bo’linadi  va 
merozoitlar  vujudga  keladi.  Zararlangan  eritrotsit  parchalanadi  va  merozoitlar 
yangi  qizil  qon  tanachalariga  kiradi,  shizogoniya  qaytariladi.  R.vivax, 
R.falsifarum,  R.ova1e  uchun  parazitlarning  eritrotsitlarda  rivojlanish  vaqti  48 
soatni,  R.malariae  uchun  72  soatni  tashkil  qiladi.  Eritrotsitlar  ichiga  kirgan 
merozoitlarning  bir  qismidan  jinsiy  shakllar  -  gamontlar  rivojlanadi.  Keyinchalik 
gamontlarning  shakllanishi  (jinsiy  jarayon)  faqat  chivin  organizmida  kechadi. 
Tarkibida parazit bo’lgan qonni odam organizmiga yuborib ham bezgak kasalligini 
keltirib chiqarish mumkin. Ba’zi kasalliklar, masalan, asab kasalliklarida  shunday 
qilinadi  (malyarioterapiya).    Bezgak    bilan  kasallangan  onadan  tug’ruq    vaqtida 
yoki  shikastlangan  yo’ldosh  orqali  homilaga  parazit  o’tishi  mumkin.  Anopheles 
chivini organizmida qo’zg’atuvchi jinsiy  sikl - sporogoniyani boshidan kechiradi. 
Kasal odam qoni bilan birga chivin oshqozoniga tushgan gamontlar eritrotsitlardan 


 
219 
ozod  bo’ladilar.  Erkak  hujayradan  yetuk  mikrogametalar  shakllanadi  va  urg’ochi 
hujayra  (makrogametani)  urug’lantiradi.  Urug’langan  tuxum  hujayra  harakatchan 
bo’ladi  va  tezda  qobiqqa  o’ralib  oladi.  Shu  yo’sinda  oosista  vujudga  keladi. 
Oosista  kattalasha  boradi.  Unda  minglab  sporozoitlar  shakllanadi.  Oosistaning 
qobig’i  yoriladi,  ajralib  chiqqan  sporozoitlar  chivinning  so’lagiga  o’tadi.  Shu 
paytdan boshlab chivin kasallikni yuqtirish qobiliyatiga ega bo’ladi. 
Sporogoniyaning davomiyligi parazit chivin organizmiga tushishidan boshlab, 
sporozoitlar  paydo  bo’lgunga  qadar  chivin  yashab  turgan  tashqi  muhitning 
harorati,  qo’zg’atuvchining  turiga  bog’liq.  Harorat  qanchalik  yuqori  bo’lsa,  bu 
jarayon shunchalik tez kechadi. +16° S dan past haroratda parazitlar rivojlanmaydi 
R.vivax  uchun  chivin  organizmidagi  rivojlanish  vaqti  qisqa,  R.falsifarum  uchun 
esa nisbatan davomliroq. Masalan, 20° S haroratda bu davr R.vivax uchun 19-20 
kun, R.falsifarum  uchun 25-26 kun, R.malariae uchun 35-36 kun, har bir bezgak 
qo’zg’atuvchilarining ham bir nechta shtammlari borligi aniqlangan. Bu shtammlar 
o’zining  biologik  xossalari  bilan,  kasallik  chaqirishining  yashirin  davri,  dori 
moddalariga chidamliligi bilan bir-biridan farq qiladi. 
Qo’zg’atuvchining  turiga  va  shtammiga  qarab  kasallikning  yashirin  davri 
quyidagi oraliqlarda bo’ladi: 3 kunlik bezgakda - 10-20 kun, tropik bezgakda 9-16 
kun, 4 kunlik bezgakda 3-6 hafta. Bezgak xurujlari qonda parazitlarning ko’payishi 
va eritrotsitlar butunligi buzilishiga muvofiq ravishda yuzaga chiqadi. Xuruj avval 
qaltirashdan  boshlanadi.  Keyinchalik  tana  harorati  39-40
0
S  gacha  ko’tariladi. 
Haroratning pasayishi kuchli terlash bilan kuzatiladi. Xuruj 6-10 soat davom etadi. 
Bezgakning  boshqa  klinik  belgilari  taloqning  kattalashuvi  (splenomegaliya)  va 
qondagi  o’zgarishlardir  (anemiya,  neytropeniya).  Parazitning  eritrotsitlarda 
rivojlanish davomiyligiga (eritrotsitar shizogoniya) qarab 3 kunlik, tropik va ovale 
bezgagida  xurujlar  2  kundan  keyin  3-kuniga  qaytariladi, 4  kunlik  bezgakda  esa  3 
kun o’tib 4-kuni kuzatiladi. 
Ba’zi  hollarda  parazit  yuqqandan  so’ng  bir  necha  kungacha  harorat  yuqori 
bo’ladi,  bu  esa  ko’pincha  diagnostik  xatoliklarga  olib  keladi.  Yaxshi  davolash 
choralari o’tkazilsa xurujlar yo’qoladi, qonda parazit aniqlanmaydi. Bemorlarning 
bir qismida residiv kuzatilishi mumkin. Bunga sabab davolashning yaxshi samara 
bermaganligi  va  yakuniga  yetkazilmaganligidir.  Residivlarning  yuzaga  chiqish 
vaqti kasallikni chaqirgan shtammga bog’liq. 
Bezgakning ba’zi shtammlari bilan zararlaganda birlamchi belgilardan so’ng 
uzoq  davom  etadigan  latent  (yashirin)  davr  kuzatiladi.  Bu  davrda  qonda  parazit 
topilmaydi.  Residivlar  7-12  oydan  keyin  yuzaga  chiqadi.  Ayrim  hollarda 
parazitning qonda ko’payishi harorat ko’tarilishiga olib kelmaydi. Bunday belgisiz 
parazit  tashuvchilar  asosan  malyariya  ko’p  tarqalgan  o’choqlarda  uchraydi  va 
aholining  immunitet  darajasi  yuqoriligini  ko’rsatadi.  Parazit  tashuvchilar  qonida 
yetilgan  jinsiy  hujayralar  (gamontlar)  va  yetilmagan  hujayralar  doimiy  ravishda 
saqlanadi.  Shu  bois  ular  kasallik  manbai  hisoblanadi.  Ayrim  tashuvchilarda  ham 
haroratli xurujlar paydo bo’lib qolishi mumkin. 
Qo’zg’atuvchining turiga qarab uning odam organizmida bo’lish vaqti har xil 
bo’ladi.  Agar  davolash  yaxshi  samara  bermasa,  parazit  tashuvchilik  1-1,5  yil 


 
220 
davom etadi (tropik bezgakda), 3 kunlik bezgakda parazit yuqqandan so’ng 15-18 
oy o’tgach tugaydi. Ba’zi bemorlarda bu davr biroz cho’zilishi mumkin. R.ova1e 
bezgakda  residivlar  2-4  yil  va  undan  ko’proq  vaqtdan  keyin  yuzaga  chiqadi.  4 
kunlik bezgak qo’zg’atuvchisi odam organizmida o’n yillab saqlanishi aniqlangan. 
Lekin  immunitet  vujudga  kelganligi  sababli  har  doim  ham  parazitni  mikroskop 
ostida  ko’rish  mumkin  bo’lavermaydi.  Bu  paytda  chivinlar  parazitlar  bilan 
zararlanmaydi.  Bunday  bemorlarda  residivlar  15-40  yildan  keyin  yuzaga  chiqadi. 
Agar bunday  kishilardan  resipientga  qon kuyilsa, u holda  resipient qonida parazit 
tez ko’payadi va bezgak kasalligini keltirib chiqaradi. 
Immuniteti past odamlarda tropik bezgak og’ir asoratlar (koma, o’tkir buyrak 
etishmovchiligi) bilan kechadi. Bezgakning boshqa turlari yaxshi davolansa asorat 
bermaydi. Bezgak bilan kasallanmagan barcha kishilar bu kasallikka moyil bo’ladi. 
Ayrim  odamlarda  ba’zi  bir  guruh  qo’zg’atuvchilariga  nisbatan  nasliy  asoslangan 
chidamlilik bo’lishi mumkin. 
Bu  fikrimizning  yaqqol  dalili  bo’lib  G’arbiy  Afrika  aholisining  chidamliligi 
hisoblanadi.  Qonida  patologik  o’zgarishlari  bor,  masalan,  patologik  "S" 
gemoglobinli kishilar tropik bezgakka osonlikcha chalinavermaydilar. 
Bezgak  bilan  kasallangan  bemorlarda  kasallik  yengil  shaklda  o’tadi  yoki 
qisqa  vaqt  tashuvchilik  yuzaga  kelishi  mumkin.  Agar  bezgak  o’choqlarida 
yashovchi odam boshqa hududda bir necha oy yashab yana o’z joyiga kelsa, o’tkir 
bezgak  bilan  kasallanishi  aniqlangan  va  isbotlangan.  Bezgak  kasalligi  ko’p 
tarqalgan 
hududlarda 
kasallikning 
asosiy 
manbai 
bolalar 
hisoblanadi. 
Qo’zg’atuvchining barcha turlari uchun bir xil immunitet paydo bo’ladi. Keyingi 
paytlarda  qondagi  antitelolarni  aniqlash  uchun  serologik  reaksiyalardan 
(gemaglyutinatsiya)  foydalaniladi.  Antitelolar  qonda  parazitlar  paydo  bo’lgandan 
bir  necha  kun  o’tgach  paydo  bo’ladi  va  titri  o’sib  boradi.  Plazmodiumlarning 
eritrotsitar  shakllari  organizmda  tarqalishi  natijasida  yuqori  titr  ma’lum  vaqt 
oralig’ida  turg’un  bo’ladi  va  asta-sekin  pasayib  boradi.  Kasallikning  tuzalish 
bosqichiga kelganda qondagi titr pasayganligi kuzatiladi. Retrospektiv diagnostika 
uchun serologik reaksiyalardan foydalanamiz. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin