224
to’xtatadi. Hozirgi vaqtda ko’proq xloraxin ishlatiladi. Ko’pgina davlatlarda
bigumal va xloridinga qo’zg’atuvchining chidamliligi aniqlandi. Tropik bezgakda
shizotrop dori moddalarini qo’llash og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Shuning
uchun radikal davolash usuli qo’llaniladi. Bunga xloraxin, xinin, akrixininlarga
xinatsid yoki primaxin qo’shimcha qilinadi. Bezgak o’chog’iga boruvchilar doimiy
ravishda xloraxin yoki boshqa dori moddalarini iste’mol qilib turishlari kerak.
Kimyoviy profilaktikani epidemik o’choqqa jo’nashdan 2-3 kun oldin boshlash
kerak. Qaytib kelgandan so’ng esa 1 oy davom ettirish shart.
Bu preparatlarni istemol qilib turish, kasallikning batamom oldini oladi,
deyish noto’g’ri, kasallik yengil shaklda o’tishi mumkin. Masalan, bezgak kasalligi
o’chog’ida kasallikni yuqtirgan shaxslarda 2-4 yildan so’ng kasallikning klinik
belgilari namoyon bo’lganligi aniqlangan. Bezgak chivinlariga qarshi kurash
quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi:
1. "Antropogen" suv manbalari hosil bo’lishining oldini olish.
2. Chivinlarni yo’qotish.
3. Lichinkalarni yo’qotish.
Binolarda chivinlarni yo’qotish uchun insektisidlardan foydalaniladi. Bu
moddalar devorlarga surkaladi, bu 4-6 oy davomida ta’sir ko’rsatadi. Insektisidlar
yoppasiga, chegaralangan va mikroo’choqli qayta tozalashlarda ishlatiladi.
Yoppasiga tozalash deganda aholi punktlarining barcha binolari ishlovdan
o’tkaziladi (tozalash har kvartalda o’tkaziladi). Mikroo’choqli tozalash ishlari
kasallik aniqlangan binoda o’tkaziladi. Lichinkalarni kukunsimon zaharlar bilan
yo’qotiladi. Kichik ko’lmak suvlar yuza qavatiga kukun sepiladi. Yirik suv
manbalariga esa samolyotda kukun sepiladi. Samolyotdan foydalanishda aholi
yashash punkti bilan suv oralig’idagi masofa 8 km bo’lishi kerak. Chivinlardan
saqlanish uchun ochiq eshik qismlariga repellentlar (chivinlarni haydovchi
moddalar) surtiladi. Bezgakka qarshi kurashda aholi migratsiyasiga asosiy
e’tiborni qaratish kerak. Bunga misol aholi migratsiyasi ko’p bo’lgan hududlarda
bezgak ko’p uchrashi aniqlanganligidadir.
Dostları ilə paylaş: