223
yuviladi, toza suvda va havoda quritiladi. Quritilgandan so’ng esa mikroskop
yordamida tekshirib ko’riladi.
2. Qalin tomchi usuli.
Qalin tomchi usuli yupqa surtma usulidan tekshirilayotgan qonning hajmi
bilan farq qiladi.
Qalin tomchi usuli bilan tekshirish quyidagicha olib boriladi:
Predmet oynachasiga katta qon tomchisi tomiziladi yoki 2-3 mayda
tomchilarni bir-birining ustiga tomiziladi. Oynadagi qalin tomchini ikkinchi oyna
qirrasi bilan yoki shisha tayoqcha yordamida predmet oynasiga qalin qilib yoyiladi
va qotirmasdan quritishga qo’yiladi. Yo’g’on tomchi surtmasi quritilayotgan
vaqtda Petri kosachasi ostida quritilishi kerak, chunki unga har xil mayda
hashoratlar qo’nib ifloslashi mumkin. Yaxshilab quritilgan surtmaga 2-3 tomchi
distillangan suv tomizib 10-20 daqiqaga qoldiriladi va undan so’ng Romanovskiy-
Gimza bo’yog’iga 1 soatga solib qo’yiladi. Bir soat o’tgandan so’ng bo’yoqdan
chiqarib olib suvda yuvmasdan mikroskopda qaraladi. Mikroskop ostida parazit
qobig’i yaqqol qizg’ish-ko’k rangda ajralib ko’rinadi.
Dostları ilə paylaş: