Gijjalar tuxumini anal teshigi atrofi qirmasi usuli yordamida aniqlash
Bu usul gijjalar tuxumini anal teshigi atrofi qirmasida mikroskop yordamida
topishga asoslangan.
Uslub uchun kerak reaktivlar: 50% glitserin eritmasi, 1% kalsiy karbonat
(Sa
2
SO
3
) eritmasi.
Maxsus moslamalar: Yog’och (shtapelliklar) tayoqchalar bularni gugurt
cho’pidan tayyorlash mumkin.
Tajribani olib borish tartibi: qirma ertalab hojatxonaga borgunga qadar
qilinadi. Qirma yog’och tayoqchalar yordamida qilinadi va tayoqchalar 50%
glitserin hamda 1% kalsiy karbonat eritmasiga botirib olingan bo’lishi kerak.
Tayoqchaga olingan material predmet oynachasining o’rtasiga tuShurilib uning
ustiga glitserinning 50% eritmasidan bir tomchi tomiziladi va mikroskopning
kichik kattalashtirish ob’ektivi yordamida qaraladi.