Axborot uchun ma’lumot
Uchastka terapevt vrachining asosiy vazifalari:
1. Uchastka aholisiga poliklinikada yoki uylarda malakali tibbiy yordam
ko’rsatish.
2. Biriktirilgan uchastka aholisi o’rtasida sanitariya-gigiyena bilimlarini targ’ibot
qilish, aholini profilaktik ko’rikdan o’tkazish, profilaktik emlashni olib borish,
dispanserizatsiya ishlarini takomillashtirish.
3. Biriktirilgan uchastkadagi aholi o’rtasida kasallanish va o’lim hollarini
kamaytirish.
Amaldagi rasmiy hujjatlarga binoan uchastka terapevt-vrachi quyidagilarni
bajarishi lozim:
1. Uchastka vrachi aholiga o’z vaqtida poliklinikada yoki uyida tibbiy yordam
ko’rsatish.
2. Bemorlarga - ular zaharlanib qolganlarida yoki ahvollari yomonlashib qolganda,
ularning qaerda yashashidan qat’iy nazar tibbiy yordam ko’rsatish.
3. Ichki kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni shifoxonalarga yotqizish uchun
oldindan tekshirishni o’z vaqtida tashkil qilish.
4. Bemorlarni lozim bo’lib qolganda poliklinika yoki boshqa tibbiyot
muassasalarida vrach ko’rigidan o’tkazish.
52
5. O’z ishi jarayonida diagnostika, profilaktika va bemorlarni davolashda
zamonaviy usullardan foydalanish.
6. Uchastkadagi katta yoshdagi aholini dispanserizatsiya (aniqlash, hisobga olish,
ahvolini kuzatish, sog’lomlashtirish, davolash chora-tadbirlari) qilish tadbirlarini
tashkil etish.
7. Uchastkadagi chet elga ketuvchilarga tibbiy ko’rik natijalarini yozib berish.
8. Uchastkadagi aholi orasida profilaktik emlash va gijjalarga qarshi kurashish
(degelmentizatsiya) ishlarini olib borish.
9. Yuqumli kasallik bilan og’rigan bemorlarni o’z vaqtida aniqlash, diagnoz
qo’yish va davolash, yuqumli kasalliklarning barcha turlari bo’yicha va bunday
kasalliklarga gumon bo’lganda, ovqat bilan zaharlanganda kasbga taalluqli
zaharlanishda, uyda davolashga qoldirilgan yuqumli kasalliklar bilan og’rigan
bemorlar tomonidan epidemiyaga qarshi qoidalarni bajarmaganligi to’g’risida
poliklinikadagi yuqumli kasalliklar kabineti vrachiga xabar yuborish.
10. Uchastka aholisi orasida doimiy ravishda faollik bilan sanitariya - oqartuv
ishlarini olib borish, zararli odatlar bilan kurash olib borish, uchastka jamoa
faollarini tayyorlash.
11. Uchastka vrachi faqat yuqumli bemorlarga diagnoz qo’yishgini emas, balki bu
kasalliklar epidemiologiyasini ham yaxshi bilishi kerak, chunki to’g’ri
epidemiologik anamnez yig’ish kasallikning boshlanish paytidayoq aniqlash
imkonini beradi.
12. Uchastka vrachi yuqumli kasallikka chalingan kishi bilan muloqotda bo’lgan
kishilar salomatligini kasallikning yashirin davri davomida nazorat qilib turadi.
Yuqumli kasalliklar kabinetining vazifalari:
Talabalar poliklinika YUKK ning olib boradigan profilaktik va epidemiyaga qarshi
ishlari va yuqumli kasalliklar kabineti (YUKK) vrachi zimmasiga yuklangan
vazifalarni amalda qo’llay bilishlari lozim. YUKK yuqumli kasalliklar bo’yicha
davolash-diagnostika, konsultativ-metodik markaz hisoblanadi. Bu kabinet bizning
mamlakatimizda yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlarga maxsus tibbiy
yordam ko’rsatish bo’yicha birlamchi bosqich hisoblanadi. YUKK quyidagilarni
bajaradi:
1. Yuqumli kasalliklarni o’z vaqtida aniqlashni ta’minlash. Ambulatoriyalar va
poliklinikalarda yuqumli kasalliklarga diagnoz qo’yish va davolash bo’yicha
malakali konsultativ yordamni tashkil qilish.
2. Yuqumli kasalliklarga diagnoz qo’yish, davolash va oldini olishning sifatli
bo’lishi uchun yuqumli kasalliklar va o’lim hodisalarining ko’payishi yoki
kamayishini doimiy ravishda o’rganish va uni tahlil qilish.
3. Uchastka vrachi va ambulatoriya qabulini olib boruvchi mutaxassislarning
yuqumli kasalliklarni davolashda va o’z vaqtida aniqlanmagan va YUKK ga
yuborilmagan hollarini majlislarda muhokama qilish yo’li bilan ularning bu
sohadagi bilimlarini oshirish.
4. Uchastka terapevt-vrachlariga yuqumli kasalliklarni aniqlash va ularga diagnoz
qo’yish yuzasidan maslahatlar berish.
5. Poliklinikada va uylarda yuqumli kasalliklar diagnozini aniqlash, davolash-
53
profilaktik choralar tayinlash va shifoxonaga yotqizish masalalarini hal qilishda
yordam beradi.
6. Yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni qo’shimcha laboratoriya
tekshiruvidan o’tkazish.
7. Yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni va shifoxonadan tuzalib chikqan
bakteriya tashuvchilarni poliklinika sharoitida davolash.
8. Laboratoriyalarda va asbob-uskunalar yordamida bemorlarni tekshirib, ularning
klinik va bakteriologik jihatdan to’liq tuzalganligini aniqlash.
9. Katta yoshdagi aholi o’rtasida profilaktik emlash ishlarini tashkil qilish.
10. Surunkali bemorlarni, bakteriya tashuvchi kishilarni hisobga olish, ularni
sog’lomlashtirish va ular ustidan nazorat o’rnatish.
11. Tumanda yuqumli kasalliklar bilan kasallanish va o’lim hollarini o’rganish,
diagnoz qo’yish va davolash tadbirlari sifati va samaradorligi, dispanserizatsiyasi
ishlarini tahlil qilish.
12.Yuqumli kasalliklarning oldini olish bo’yicha tibbiy bilimlarni tashviqot qilish.
Poliklinika asosiy ish yo’nalishi hududiy uchastka xizmatidir, ya’ni aholiga
o’zlari
yashab
turgan
uchastkalar
bo’yicha
tibbiy
xizmat
ko’rsatishdir.Terapevtlarga uchastkalarning biriktirib qo’yilishi, uchastka vrachi
singari ma’lum hududlarga biriktirib qo’yilgan boshqa mutaxassislarning brigada
usuli bo’yicha ishlashi aholi salomatligi haqida to’liq ma’lumot olish imkonini
beradi.
Sog’liqni saqlashni rejalashtirish iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning kelajak
rejalari bilan bog’liq holda tuziladi. Rejalashtirish sog’liqni saqlash organlarining
vazifalarini ko’rsatib beruvchi direktiv ko’rsatmalar asosida olib boriladi.
Poliklinika faoliyati va shtatlarini rejalash uchun poliklinika xizmat
ko’rsatadigan aholi soni, yoshi va jins tarkibi, kasallanish ko’rsatkichi va boshqa
ko’rsatkichlar hisobga olinadi. Shu maqsadlarni amalga oshirish uchun uchastka
tibbiy hamshiralari ishtirokida uchastka aholisini doimiy ravishda ro’yxatga olish
va uchastka vrachlari aholining kasallanishini o’rganishi kerak
Bitta uchastka vrachi xizmati 1700 kishiga mo’ljallangan. Har bir uchastkaga
shu uchastkadagi aholini davolash-profilaktika xizmatini amalga oshirish uchun
bitta terapevt-vrach va tibbiy hamshira biriktiriladi. Har bir terapevtik uchastkaga
jarrox, nevropatolog, otoloringolog va okulist vrachlari ajratiladi. Bunday ish
uslubi brigada usuli deb nomlanadi. Yuqorida ko’rsatilgan mutaxassislar ma’lum
bir uchastkada yashovchilarga poliklinikada va uyida xizmat ko’rsatadi. Uchastka
vrachi o’z uchastkasida davolash-profilaktika ishlarini tashkil qilish va baholash
uchun uchastka tibbiy pasporti yoki jurnalini tuzib chiqadi.
Tibbiy pasport quyidagi axborotlarni o’z ichiga olishi mumkin:
1. Uylarning qavati, xonalar soni, maktablar va maktabgacha bolalar
muassasalarining joylanishini ko’rsatuvchi uchastka rejasi.
2. Har xil sanoat va boshqa korxonalar va ularda ishlovchi ishchilarning sonini
ko’rsatuvchi ro’yxat.
3. Demografik ma’lumotlar, aholining yoshi va jinsiy tarkibi, bolalar
poliklinikasidan o’tkazilgan o’smirlar soni.
54
4. Sanitariya faollarining soni.
5. Yuqumli kasalliklar bilan kasallanish to’g’risidagi ma’lumot.
6. Sil kasalliklari dispanseri hisobida turuvchi bemorlarning ro’yxati.
7. Aniq bir kasallik turiga qarshi emlash to’g’risidagi va boshqa ma’lumotlar.
YUKK birinchi qavatda joylashgan bo’lib, tashqariga chiqadigan alohida
eshigi bo’lishi lozim, dahliz va boshqa kabinetlar joylashgan xonalarda yuqumli
kasallikka gumon qilingan kishilar o’tmasligi kerak. YUKK quyidagi xonalarga
ega bo’lishi ko’zda tutiladi:
Vrach qabulxonasi (12 m
2
) va hamshira xonasi (8 m
2
), hojatxona, xo’qnaxona
(8m
:
), muolaja xonasi (10 m
2
) , sanitar uchun xona (8 m
:
).
YUKK vrachi uchastka terapevt vrachlari va boshqa mutaxassis vrachlari,
DSENM epidemiologiya bo’limi vrachlari bilan yaqin aloqada ish olib boradilar.
YUKK vrachlari ishlarini tegishli hududdagi yuqumli kasalliklarni davolash va
ularga qarshi kurashish rejalariga mos ravishda olib boradilar. YUKK vrachi
boshqa mutaxassis vrachlari bilan birgalikda yuqumli kasalliklarni kamaytirish
bo’yicha umumiy rejalarni tuzishda qatnashadi. Kabinet vrachi DSENM
epidemiologlari bilan birgalikda yuqumli kasalliklarni tahlil qiladi, yuqumli
bemorlarni shifoxonalarga o’z vaqtida va to’la-to’kis yotqizishni va shu bilan birga
uchastka vrachlarining ishini nazorat qiladi. YUKK vrachi yuqumli kasalliklar
bilan og’riganlik to’g’risida zudlik bilan xabarnomani DSENM ga yuboradi va
kasallik o’chog’ida epidemiyaga qarshi olib boriladigan ishlarni kuzatib boradi.
Guruhiy kasallanish hollari yuz berganda bu kabinet vrachi epidemiolog bilan
birgalikda bemorlarni va kasallikka gumon qilinayotgan kishilarni aniqlashni,
kasallik qo’zg’atuvchisi manbasini va kasallikning kelib chiqish sabablarini
o’rganadi. Uning oldini olish uchun sanitariya-oqartuv ishlarini olib boradi.
Yuqumli kasalliklar kabineti vrachi poliklinikada epidemiyaga qarshi olib
boriladigan tadbirlarning bajarilishini nazorat qiladi. Yuqumli kasallik bilan
og’rigan bemorlarni aniqlash va ularni o’z vaqtida shifoxonaga yotqizish yoki uy
sharoitida davolashni tashkil qiladi. Yuqumli kasalliklar kabineti vrachi
isitmalovchi bemorlarni o’z vaqtida va to’liq hisobga olish, tekshirish va kerak
bo’lgan hollarda shifoxonaga yotqizish, o’tkir ichak kasalligiga gumon
qilinayotgan bemorlarni konsultaciya qilish masalalari bo’yicha uchastka
terapevtiga va boshqa mutaxassislarga maslahat beradi, kerak bo’lib qolganda
kasalliklarni tekshiradi, kasallikni o’tkir va surunkali shakllarida bemorlarni uyda
davolanishiga ruxsat beradi.
Profilaktik ko’rikda ishtirok eta turib, yuqumli kasalliklar bilan og’rigan
bemorlarni va ular bilan muloqotda bo’lgan kishilarni tekshiradi va kasallarini
aniqlaydi. Muhim profilaktik tadbirlarga bakteriya tashuvchilarni o’z vaqtida
aniqlash va ularni sog’lomlashtirish ham kiradi. Bakteriya tashuvchilarni kasallik
o’chog’ida va sog’lom aholi orasida aniqlash va ularni sog’lomlashtirish ishlari
bilan Shug’ullanadi.
Yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarga diagnoz qo’yishda YUKK
vrachi biokimyoviy, bakteriologik, serologik laboratoriya usullari natijalariga
asoslanadi. Isitmalovchi bemorlardan qon olinib, bakteriologiya laboratoriyalarida
55
qonni maxsus ozuqali moddalarga ekilib, qonning tarkibida ich terlama
kasalligining bakteriyalari bor yoki yo’qligi aniqlanadi, RNGA (teskari
gemaglyutinatsiya reaksiyasi) usulida salmonellyozlarga tekshiriladi va RSK
(komplement bog’lanish reaksiyasi) yordamida rikketsiyalarga tekshiriladi.
DSENM bilan birgalikda YUKK o’ta xavfli yuqumli kasalliklar keng tarqalgan
mamlakatlardan qaytgan fuqarolarni va chet el fuqarolarini nazorat qilib turadilar.
Bemorlarning idish-tovoqlarini, buyumlarini dezinfeksiya qilishni tashkillashtiradi
va aholi o’rtasida sanitariya-gigiyena qoidalarini targ’ib qilishga, sanitariya
madaniyatini ko’tarishga vaqt ajratadi.
Dostları ilə paylaş: |