50
YUQUMLI KASALLIKLARNI DAVOLASH, DIAGNOZ QO’YISH,
BEMORLARNI AJRATIB QO’YISH VA ATROFDAGILAR BILAN
ARALASHISHNI CHEKLASH CHORA-TADBIRLARI VA ULARNI
TASHKIL QILISH. POLIKLINIKALARDA EPIDEMIYAGA QARSHI
KURASHISH ISHLARINI UYUSHTIRISH
1. Maqsad: Talabalarni yuqumli kasallarni davolash, bemorlarga diagnoz
qo’yish va atrofdagi kishilar bilan aloqalarni cheklovchi tadbirlarini tashkil qilish
bilan va poliklinikada epidemiyaga qarshi olib boriladigan ishlar bilan tanishtirish,
poliklinikada
yuqumli
kasalliklar
kabinetining
ishi
bilan
tanishtirish.
Poliklinikalardagi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlarini tashkil
etish, ijrosini baholashda va nazorat qilishda davlat sanitariya-epidemiologiya
nazorati markazining vazifalarini talabalarga o’rgatish.
2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt - 4 soat amaliy mashg’ulot. Mashg’ulot
katta yoshdagi kishilarga xizmat qiladigan poliklinikaning yuqumli kasalliklar
kabinetida olib boriladi.
3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
3.1. Talabalarning davomatini tekshirish.
3.2. O’qituvchining kirish so’zi.
3.3. Mashg’ulot mavzusini shakllantirish.
3.4. Mashg’ulot maqsadini shakllantirish.
3.5. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarning bilim darajasini tekshirish.
3.6. Mashg’ulotning asosiy mazmuni.
3.7. Talabalarning mustaqil ishlari:
a) yuqumli kasalliklarning oldini olish bo’yicha poliklinikada tuzilgan
umumiy rejani o’rganish;
b) hisob-kitob hujjatlarini o’rganish;
v) emlashga tegishli hujjatlarni o’rganish;
g) dispanser kuzatishlari natijalarini o’rganish;
d) epidemiya o’chog’ida kasallik manbai bilan aloqador kishilarni
observatsiya (tibbiyot nazorati) qilinishiga doir hujjatlar bilan tanishish;
e) karantin qilingan va tibbiy nazorat ostida bo’lgan joylardan kelgan
kishilarni hisobga olish ishlari bilan tanishish;
j) bemorlar bilan muloqotda bo’lgan kishilarni observatsiya qilish ishlarini
o’rganish;
z) pedikulez (bitlash) aniqlangan paytda olib boriladigan chora-tadbirlarni
o’rganish;
k) yuqumli kasallarni qabul qilishda ishtirok etish.
3.8. Mashg’ulotni yakunlash va ertangi mashg’ulot bo’yicha vazifalar berish.
4. Mashg’ulotda o’rganiladigan savollar:
4.1. Poliklinika ishini tashkil qilishning asosiy qoidasi.
4.2. Vrachlik uchastkasida birlamchi-profilaktik va epidemiyaga qarshi olib
boriladigan ishlar.
4.3. Yuqumli kasalliklar kabinetining vazifalari.
51
4.4. Yuqumli kasalliklar kabineti vrachining vazifalari.
4.5. Yuqumli kasalliklar kabinetida bo’lishi lozim bo’lgan hisob-kitob
hujjatlari.
4.6. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimlari va
poliklinika yuqumli kasalliklar kabineti xodimlari o’rtasidagi aloqalar.
4.7. O’ta xavfli kasalliklarning oldini olishda yuqumli kasalliklar kabinetining
roli.
4.8. Ich terlama, vabo, ichburug’, virusli gepatit va salmonellyoz bilan
og’rigan bemorlarni dispanserizaciya qilish qoidalari.
5. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishlari shart:
5.1. Talabalar uchastka terapevt - vrachining yuqumli kasalliklarga qarshi
qiladigan ishlarini yaxshilab o’rganib olishlari kerak.
5.2. Yuqumli kasalliklar kabinetining asosiy vazifalari va uning yuqumli
kasalliklarni kamaytirishdagi ahamiyati.
6. Talabalar o’rganishlari lozim bo’lgan amaliy malakalar:
6.1. Uchastka vrachining profilaktika ishlari bo’yicha faoliyatini tahlil qila
bilish.
6.2. Poliklinika va yuqumli kasalliklar kabinetining profilaktika va
epidemiyaga qarshi olib boriladigan faoliyatini tahlil qila bilish.
6.3. Profilaktika va epidemiyaga qarshi olib boriladigan ishlardagi
kamchiliklar to’g’risida qaydnomalar tuzish, ularni bartaraf qilishlari bo’yicha
ko’rsatmalar bera olish.
6.4. Profilaktika va epidemiyaga qarshi kurashda yuqumli kasalliklar kabineti
vrachi va uchastka terapevt vrachlari qo’llaydigan hujjatlar to’ldirishni o’rganish.
6.5. Yuqumli kasalliklarni tahlil qilishni bilish.
Dostları ilə paylaş: