O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Axborot uchun ma’lumot 
 
Bizning  mamlakatimizda  epidemiyaga  qarshi  kurashish  tizimi  quyidagi 
ierarxik sathlarni o’z ichiga oladi: 
Mahalla  (uchastka),  tuman,  viloyat  (shahar)  va  respublika  miqyosida  har  bir 
sathni  (gorizontal  kesim)  faoliyatini  hisobga  olgan  holda  epidemiyaga  qarshi 
chora-tadbirlarni  bajarish  uchun  ajratilgan  bajaruvchilar  orasida  u  yoki  bu  xil 
aloqalar mavjuddir. 
Aholiga  epidemiyaga  qarshi  kurashish  xizmatini  amalga  oshirish  faqatgina 
biron-bir  vazifani  bajarish  (bajaruvchanlik  faoliyati)  bilangina  emas,  o’sha  chora 
tadbirlarni  sifati,  to’liq  va  aniq  maqsad  bilan  bajarilishni  ta’minlovchi  boshqa 
faoliyatlarni  bajarish  orqali  amalga  oshiriladi.  Bu  faoliyatlarga  epidemiologik 
diagnoz  qo’yish,  tashkilotchilik,  metodik,  nazorat  qilish  kabi  faoliyatlar  ham 
kiradi. 
Bajaruvchilik 
faoliyatini 
odatda 
davolash-profilaktika 
muassasalari 
(ambulatoriya, 
poliklinika, 
shifoxonalar) 
bajaradilar. 
Bundan 
tashqari, 
bajaruvchilik  faoliyatini notibbiy,  ya’ni  tibbiyotga  bog’liq  bo’lmagan korxona va 
idoralar  ham  bajarishlari  mumkin.  Masalan:  aholi  yashaydigan  joylarni  tozalash, 
oziq-ovqat  va  ichimlik  suvi  bilan  ta’minlash  va  boshqalar  bilan  bog’liq  bo’lgan 
sanitariya-gigiyena  chora-tadbirlarini  u  yoki  bu  davlat  organlari,  idoralar, 
korxonalar aholining faol ishtirokida amalga oshiradilar. 
Sanitariya  epidemiologiya  idoralarining  bajaruvchilik  faoliyati  alohida 
mutaxassislarni,  moddiy  harajatlarni  talab  qiladigan  alohida  chora-tadbirlarni  o’z 
ichiga oladi (masalan: laboratoriya tekshiruvlari). 
Sanitariya  epidemiologiya  organlariga  asosan  diagnostik  (epidemiologik 
diagnoz  qo’yish),  tashkiliy,  metodik  va  nazorat  qilish  faoliyatlari  yuklatilgan. 
Bunday  faoliyatlarni  yuqori  darajada  bajarish  uchun  maxsus  tayyorgarlikdan 
o’tgan  mutaxassislar  talab  qilinadi.  Epidemiyaga  qarshi  kurashish  chora-
tadbirlarini yanada takomillashtirib borish uchun doimiy ravishda ilmiy tekshirish 


 
45 
ishlarini  olib  borish  talab  etiladi.  Shuning  uchun  epidemiyaga  qarshi  kurashish 
tizimiga o’quv va ilmiy tekshirish tarmoqlari ham kiradi. 
Aholiga  epidemiyaga  qarshi  xizmat  ko’rsatishda  sanitariya  epidemiologiya 
xizmati  alohida  o’rin  tutadi.  Sanitariya  epidemiologiya  organ-lari  va  idoralari 
tashkilotchilik  faoliyatlarining  murakkabligi  shundaki,  yuqumli  kasalliklarning 
oldini  olish  va  ular  bilan  kurashish  jarayonida  juda  ko’plab  kuch  va  mablag’lar 
ko’pchilik hollarda bu organlarga bo’ysunmaydigan idoralarni jalb qilishlari kerak. 
Bunday  vazifalarni  bajarish  sanitariya  epidemiologiya  organlari  va  idoralarining 
nazorat qilish va metodik faoliyatlari bilan bog’liqdir. 
Hukumat qarorlarini, Respublika Sog’liqni saqlash vazirligi chiqargan buyruq 
va  ko’rsatmalarni,  mahalliy  sog’liqni  saqlash  organlarining  buyruq  va 
ko’rsatmalarini, davlat organlari, idoralari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari 
javobgar shaxslar va alohida fuqarolar tomonidan bajarilishini nazorat qilish davlat 
sanitariya  epidemiologiya  nazorati  markazi  xodimlariga  yuklatilgan.  Bu  ularning 
nazorat qilish faoliyatiga taalluqlidir. 
Sanitariya  epidemiologiya  xizmatining  nazorat  qilish  faoliyatlari  ma’lum 
qonunlar va huquqlar bilan mustahkamlanib qo’yilgan. 
Turli  xil  bajaruvchilar  guruhlari  o’rtasida  epidemiyaga  qarshi  kurashish 
chora-tadbirlarini  birgalikda  amalga  oshirish  jarayonida  tashkiliy  hamkorlik  va 
axborot  aloqalari  o’rnatiladi.  Bu  hamkorlik  va  aloqalar  bir  xil  sohadagi 
idoralardagi  vertikal  bo’yicha,  har  xil  sohadagi  idoralarda  gorizontal  bo’yicha 
o’rnatiladi.  Barcha  idoralarning  kelishilgan  holda  ishlashi,  aholiga  epidemiyaga 
qarshi  kurashish  xizmati  chora-tadbirlarini  to’la-to’kis  bajarilishini  ta’minlashga 
qaratilgan. 
Epidemiyaga  qarshi  kurashish  jarayonida  har  xil  sohadagi  mutaxassislarni 
qatnashishi,  ular  o’rtasidagi  o’zaro  tashkiliy  munosabatlar  o’rnatish  ba’zida 
ma’lum qiyinchiliklarga ham olib keladi. Chunki epidemiyaga qarshi kurashishga 
jalb  qilinadigan  har  xil  sohadagi  kishilar  bajarishi  lozim  bo’lgan  ishlar,  ularning 
o’zlarining  asosiy  funksiyalari  bo’lmaganligi  va  bu  kishilar  har  xil 
ma’muriyatlarga  mansub  bo’lganligi  uchun  ular  o’rtasidagi  uzviy  bog’liqlikning 
yo’qligidan kelib chiqadi. Shu sababli sanitariya epidemiologiya muassasalarining 
mutaxassislari epidemiologik diagnozlar, epidemiologik tekshiruvlar va kuzatuvlar 
natijalariga  asoslanib,  bajarilishi  lozim  bo’lgan  ishlarni  rejalashtiradilar  va  bu 
ishlarni bajarish lozim bo’lgan tashkilotlarni, muassasalarni va xodimlarni aniqlab, 
ular bajarishi kerak bo’lgan ishlarni isboti bilan ko’rsatib, bajarilish muddatlarini 
ham belgilab, bu rejalarni mahalliy hokimiyat kengashlarida tasdiqlab olganlaridan 
keyin  bu  rejalar  yoki  hujjatlar  kuchga  kiradi  va  ushbu  hujjatlarda  ko’rsatilgan 
chora-tadbirlarni  mazkur  tashkilot  va  korxona  xodimlari  tomonidan  bajarilishi 
shartdir.  Bajarilgan  chora-tadbirlar  to’g’risidagi  xabarlar  davlat  sanitariya 
epidemiologiya  nazorati  markazi  va  boshqa  tashkilotlar  xodimlari  o’rtasidagi 
o’zaro axborot aloqalari tufayli amalga oshiriladi. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin