44
bog’chasiga yuqumli kasalliklardan saqlanish uchun qo’llaniladigan qoidalar ham
buzilmagan deb topildi. 17 kunlik muhlatdan so’ng o’sha bolalar guruhida yana 3
ta bolada virusli gepatit A kasalligi bilan og’rish hollari kuzatildi. Ushbu epidemik
o’choqda bo’lgan holatni muhokama qilish paytida kasallangan bolalarning
uylarida va ular qatnashadigan bog’chada epidemiologik tekshiruv epidemiolog
vrachining yordamchisi tomonidan o’tkazilganligi, u kasallangan bolalarning ota-
onalari va bog’cha mudirasi bilan bo’lib o’tgan suhbat natijasigagina asoslanib,
yuqoridagi ko’rsatilgan xulosaga kelganligi ma’lum bo’ldi.
1. Zudlik bilan yuboriluvchi xabarnomani to’lg’azishda pediatr vrach
tomonidan qanday xatolikka yo’l qo’yilganligini aniqlang.
2. Tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati Markazi xodimlari ushbu
hodisani tekshirishda qanday xatolikka yo’l qo’yganligini aniqlang.
3. Bolalar muassasasida qayta kasallanishga nimalar sabab bo’lganligini
ko’rsating?
Dostları ilə paylaş: