73
MAVZU 6. DEZINFEKSIYA, DEZINSEKSIYA VA DERATIZATSIYA.
DEZINFEKSIYA QILISH USULLARI VA VOSITALARI, ULARNING
QO’LLANISHI. DEZINFEKSIYA KAMERALARI
1. Mashg’ulotning maqsadi:
Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya uchun ishlatiladigan muhim
kimyoviy vositalar, ularning turlari, qo’llash usullari. Yuqumli kasalliklarning
oldini olishda va kasallik o’choqlarini zararsizlantirishda dezinfeksiyaning
ahamiyati, dezinfeksiya qilish uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar va
dezinfeksiya kameralarini bo’lajak mutaxassislarga o’rgatish.
2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt - 5 soat.
3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
3.1. So’z boshi va ushbu mavzu yuzasidan talabalarning dastlabki bilimlarini
tekshirib ko’rish.
3.2. Dezinfeksiya ishi bilan tanishish. Dezinfeksiya qilish uchun
qo’llaniladigan kimyoviy moddalarning kasallikni qo’zg’atuvchi mikroblarga ta’sir
ko’rsatish mexanizmlari bilan tanishish.
3.3. Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilish uchun qo’llaniladigan
eng muhim kimyoviy vositalar va ularni qo’llash usullari bilan tanishtirish.
3.4. Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya uchun ishlatiladigan asbob-
uskunalar, ularning tuzilishi va ishlatish qoidalari.
3.5. Dezinfeksiya kameralarining turlari va tuzilishi.
3.6. Turli guruhdagi yuqumli kasalliklarga nisbatan o’tkaziladigan
dezinfeksiyalar.
4. Mashg’ulotda o’rganiladigan savollar:
4.1. Dezinfeksiya ishi to’g’risida asosiy tuShuncha. Dezinfeksiya qilish
usullari (mexanik, kimyoviy, biologik, fizik). Profilaktik va yuqumli kasalliklar
o’choqlarida o’tkaziladigan dezinfeksiya (joriy va yakunlovchi dezinfeksiya).
4.2. Dezinfeksiya qilish uchun qo’llaniladigan eng muhim kimyoviy vositalar.
4.2.1. Oksidlovchilar: xlorli ohak, tarkibida faol xlorni saqlashi, ularning
dezinfeksiya uchun ishlatiladigan suvli eritmalarini tayyorlash. Aktivlangan
eritmalar, tinitilgan eritmalardan foydalanish, xlor-ohakli sut, quruq xlor ohagi.
Xlorli ohakning bakteriya, viruslar chaqiradigan yuqumli ichak kasalliklarida,
qo’zg’atuvchilari sporali mikroblar bo’lgan kuydirgi, zamburug’lar chaqiradigan
kasalliklar o’choqlarida va profilaktik dezinfeksiya vositasi sifatida qo’llanishi.
Xlor ohakning suvdagi eritmasi va uning xlor ohagidan afzalligi.
4.2.2. Kalsiy gipoxloridning ikki asosli tuzi (DTSGK).
4.2.3. Neytral kalsiy gipoxloridi (NKG). Bu moddaning xlor ohagidan
afzalligi.
4.2.4. Xloramin. Tarkibida xlor tutgan noorganik dezinfeksiyalash
moddalaridan xloraminning afzalligi.
4.2.5. Dixlorizatsiyanur kislotaning natriyli tuzi (DXCK) va uning xlorli
ohagidan afzalligi.
4.2.6. Sulfoxlorantin va uning xloramindan afzalligi.
74
4.2.7. Vodorod peroksidi (pergidrol) sterilizatsiya uchun qo’llanilishi.
Yuvuvchi vositalar bilan birga ishlatish mumkinligi.
4.2.8. Dezokson - I. Mikroblarga ta’sir qiluvchi moddasi. Eritmalar
tayyorlashda o’ziga xos xususiyatlari, sterilizatsiya va dezinfeksiya uchun bu
preparatning keng qo’llanilmasligining sabablari.
4.2.9. Fenollar, lizol, formaldegid va boshqa aldegidlar guruhlariga umumiy
tavsif. Formaldegidning kamerali dezinfeksiyada qo’llanilishi.
4.2.10. Nitran va amfolon, sirtqi-faol moddalar guruhining xususiyati va
ularning davolash profilaktika muassasalarida, shifoxonalarda tarqaladigan
yuqumli kasalliklarning oldini olishda ishlatilishi.
4.2.11. Etil va butil spirtlar. Davolash va profilaktika muassasalarida, jarroh
qo’llarini va boshqa asbob-uskunalarni zararsizlantirish uchun qo’llanilishi.
4.3. Turli guruh yuqumli kasalliklarida dezinfeksiya qilishning o’ziga xos
xususiyatlari.
4.4. Dezinfeksiya sifatini nazorat qilish.
4.5. Dezinfeksiya qilish uchun qo’llaniladigan texnik vositalar.
4.6. DDU, DDA-2, DDA-66 dezinfeksiya kameralari. Bu kameralarning
tuzilishi, ishlash tartibi. Kamerali dezinfeksiya usullari. Kamerali dezinfeksiya
sifatini nazorat qilish.
5. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishlari shart:
5.1. Dezinfeksiyaning epidemiyaga qarshi chora-tadbir sifatida qo’llanilishi
va uning yuqumli kasalliklarni kamaytirishdagi ahamiyati.
5.2. Dezinfeksiya qilish usullari.
5.3. Dezinfeksiya qilish vositalari, ularning asosiy xossalari, ta’sir qilish
mexanizmi va qo’llash usullari.
5.4. Dezinfeksiya preparatlarining odamga va hayvonlarga zaharli ta’siri.
5.5. Dezinfeksiya qilish uchun qo’llaniladigan texnik vositalar.
6. Talabalar o’rganishlari lozim bo’lgan amaliy malakalar:
6.1. Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya uchun ishlatiladigan vositalar
va
preparatlar, ularni amalda qo’llay bilish.
6.2. Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya sifatini nazorat qilishni bilish.
6.3. Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiyaning yuqumli kasalliklarga
qarshi kurashda va bu kasalliklarni kamaytirishdagi ahamiyatini baholay bilish.
7. Talabalarning mustaqil ishi:
7.1. Ko’p qo’llaniladigan dezinfeksiya preparatlarining tashqi ko’rinishi,
rangi, hidi va boshqa xususiyatlari bilan tanishish.
7.2. Dezinfeksiya uchun qo’llaniladigan ishchi eritmalarini tayyorlash
usullarini o’zlashtirish.
7.3. Dezinfeksiya apparatlarining tuzilishini, ish uslubini o’rganish va ularni
ishlata bilish, suyuqlik purkagich, poroshok changlatkichlar va gidropultlarni
ochib, yana yig’a bilish.
Dostları ilə paylaş: