O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Dixlorizatsiyanur  kislotaning  natriyli  tuzi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Dixlorizatsiyanur  kislotaning  natriyli  tuzi  -  suvda  yaxshi  eruvchan,  xlor 
hidli,  oq  kristall  poroshok.  Tarkibida  55—  60  %  aktiv  xlor  saqlaydi.  Saqlaganda 
uzoq  turadi.  Tuzning  suvdagi  eritmasi  o’z  faolligini  uch  kechayu-kunduzgacha 
saqlab,  bakteriotsid,  sporotsid  va  fungitsid  ta’siriga  ega.  Preparat  yuvuvchi, 
dezinfeksiyalovchi  vositalar  tarkibida  bo’lib,  profilaktik  va  o’choqli  dezinfeksiya 
uchun qo’llaniladi. 
Dixlorizatsiyanur  kislotaning  natriyli  va  kaliyli  tuzining  suvli  eritmasi 
hayvonlarga  unchalik  ta’sir  qilmaydi.  Ammo  0,2  %  va  undan  ortiq  faol  modda 
saqlaydigan eritmalari odam og’iz bo’shlig’ini hamda ko’zni achishtiradi. Shuning 
uchun  dezinfeksiya  qilishdan  ilgari  xonalar  odamlardan  bo’shatiladi,  ishlovdan 
so’ng xonalar shamollatiladi. 
Dixlorizatsiyanur  kislotaning  natriyli  va  kaliyli  tuzlari,  ularning  yuvuvchi 
vositalar bilan aralashmasi bakteriyalar yoki viruslar chaqirgan ichak va nafas yo’li 
infeksiyalari  o’choqlarida  kiyim-kechak,  idish-tovoq,  o’yinchoqlar  va  boshqa 
buyumlarni dezinfeksiya qilishda qo’llaniladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin