O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi faoliyatini tashkil etilishining zarurligi, maqsadi va vazifalari


O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining mablag’laridan foydalanish yo’nalishlari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə5/7
tarix26.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#197309
1   2   3   4   5   6   7
1684052409 (4)

O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining mablag’laridan foydalanish yo’nalishlari
Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish yangi sanoat ishlab chiqarishlarini bundan buyon joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar berish yangidan tashkil etilayotgan moliyaviy institutlarning hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi strategik ahamiyatga molik korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish davlat tomonidan tashqi mablag’larni jalb qilish bo’yicha xalqaro moliya institutlari va chet ellik kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lash
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari doirasida tijorat banklari uchun chet el valyutasida ochiladigan kredit liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish va amalga oshirish grant asosida yoki foizsiz kreditlar berish yo’li bilan ayrim loyihalarning dastlabki yoki uzil-kesil texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni moliyalashtirish tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va asbob-uskunalar, strategik ahamiyatga molik boshqa tovarlar xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy davlat dasturlarini hamda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishga doir loyihalarni grant asosida moliyalashtirish qarz oluvchi korxonalarning investitsiya dasturlarini (biznes-rejalarini), shu jumladan ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarining ishlatilishini ko’paytirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish, qo’shilgan qiymat o’sishini ta’minlashga imkon beradigan investitsiya dasturlarini (biznes-rejalarini) tijorat banklari bilan birgalikda moliyalashtirish
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ijro etuvchi devonini saqlab turish hamda uni boshqarish bilan bog’liq xarajatlarni qoplash

  • kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalash maqsadida, shu jumladan Davlat budjeti mablag’lari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish;

  • yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo’lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish;

  • davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lash;

  • iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash bo’yicha Hukumat tomonidan tasdiqlangan dasturlar doirasida, tijorat banklariga xorijiy valyutada ochiladigan kredit liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish va amalga oshirish;

  • ayrim loyihalarning dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni grant asosida yoki foizsiz kreditlar ajratish yo’li bilan moliyalashtirish;

  • yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega bo’lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun Hukumat qarorlari bo’yicha imtiyozli kreditlar berish;

  • birinchi navbatda istiqbolli, ammo yetarlicha rivojlanmagan hududlarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish bo’yicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalarini, Davlat budjeti va investitsiya dasturining tasdiqlangan parametrlari doirasida, grant asosida moliyalashtirish (qo’shma moliyalashtirish);

  • tijorat banklari bilan birgalikda qarz oluvchi korxonalarning investitsiya dasturi (biznes-rejalari) ni, shu jumladan ishlab chiqarishni

  • texnik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarining ishlatilishini ko’paytirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish hamda qo’shilgan qiymat o’sishini ta’minlashga imkoniyat beruvchi loyihalarni qo’shma moliyalashtirish; - Jamg’armani boshqarish bilan bog’liq xarajatlarni qoplash.

Jamg’arma mablag’lari tushumi manbalari va ulardan foydalanish yo’nalishlari har yili belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritiladi va Jamg’arma balansida aks ettiriladi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan 2012 yil 9 martda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1725-son qarori bilan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayonlarini amalga oshirishda Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi rolini oshirish hamda ishtiroki ko’lamini kengaytirish, mamlakat sanoatining etakchi tarmoqlarida va ishlab chiqarish infratuzilmasidagi strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalash hajmlarini ko’paytirish uchun Jamg’armaning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ustav kapitali belgilangan 10 mlrd. AQSh dollari miqdorida shakllantirildi.
O’zbekiston hududida o’zlari uchun g’oyat muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish (qo’shma moliyalashtirish) dan manfaatdor bo’lgan xalqaro va xorijiy jamg’armalar hamda investorlar hukumat qarorlariga binoan Jamg’arma hammuassislari sifatida qo’shilishi, mazkur moliya institutlarining vakillari Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash tarkibiga kiritilishi mumkin.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hukm surayotgan ayni damda, iqtisodiyotning real sektor korxonalarini, shuning bilan birga infratuzilma ob’ektlari rivojlanishini qo’llab-quvvatlash maqsadida investitsion mablag’larni topish va ularni maqsadli yo’naltirish muhim omillardan biriga aylanmoqda.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin