O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi faoliyatini tashkil etilishining zarurligi, maqsadi va vazifalari


Jamg’armaning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə3/7
tarix26.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#197309
1   2   3   4   5   6   7
1684052409 (4)

Jamg’armaning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:

  • davlat va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, shu jumladan tijorat banklari, xorijiy jamg’arma va investorlar hamda boshqa manfaatdor tuzilmalarning moliyaviy mablag’larini jamlash;

  • iqtisodiyotni rivojlantirish, ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan o’zgartirish va modernizatsiya qilish borasida ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan g’oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish;

  • strategik muhim ahamiyatga ega bo’lgan korxonalar, avvalo iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini yangilash va texnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlash;

  • yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli metallurgiya tarmoqlarini texnikaviy qayta qurollantirishga hamda ishlab chiqarish sur’atlari va hajmlarini oshirishga yo’naltirilgan loyihalar moliyalashtirilishini ta’minlash;

  • birinchi navbatda istiqbolli, ammo yetarlicha rivojlanmagan mintaqalarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish bo’yicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalari amalga oshirilishini moliyalashtirish;

  • respublikaning xalqaro kommunikatsiyalar tarmog’iga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratadigan, xalqaro transport yo’laklari va jahon bozorlariga eng qisqa yo’l bilan chiqishini ta’minlaydigan transport hamda telekommunikatsiyalar infratuzilmasini modernizatsiyalash va rivojlantirishni moliyalashtirish;

  • xalqaro moliya institutlari, respublika va xorijiy mamlakatlarning kredit muassasalari bilan loyihalarning qo’shma moliyalashtirilishini tashkil etishni ta’minlash.

O’zbekistonRespublikasiTiklanishvataraqqiyotjamg’armasining daromadlari.

O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining daromadlari:



    • asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlashda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxidan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan tushumlar;

    • O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’larining bo’sh turgan qoldiqlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

    • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.


O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining hisobvaraqlariga tushadigan milliy valyutadagi mablag’larning O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mablag’lar tushgan sanadagi almashuv kursi bo’yicha chet el valyutasiga konvertatsiyasini amalga oshirib, ularni keyinchalik mazkur jamg’armaning valyuta hisobvarag’iga kiritadi.
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini shakllantirishning asosiy manbalari quyidagilardan iborat:

    • strategik resurslarga jahon narxlarining qulay kon’yunkturasi natijasida, shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan olinadigan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan navbatdagi yilga Davlat budjetini tasdiqlash chog’ida belgilanadigan ayrim soliq va to’lov turlari bo’yicha hosil bo’ladigan qo’shimcha tushumlar;





Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin