O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi faoliyatini tashkil etilishining zarurligi, maqsadi va vazifalari


O’zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini boshqarish



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə6/7
tarix26.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#197309
1   2   3   4   5   6   7
1684052409 (4)

O’zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini boshqarish.

Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash Jamg’armaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi, uning tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.


Jamg’armani boshqarish bo’yicha engash:

  • Jamg’arma faoliyatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi;

  • Jamg’armaning e’lon qilingan ustav kapitalini qayta ko’rib chiqish to’g’risida qaror qabul qiladi, biroq u O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining "O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini tashkil etish to’g’risida" 2006 yil 11 maydagi PF-3751-son Farmonida belgilangan darajadan past bo’lmasligi kerak.

  • Jamg’armaga mablag’lar kelib tushishi va ulardan foydalanish prognozlarini ko’rib chiqadi hamda ularni navbatdagi yilga mo’ljallangan makroiqtisodiy va pul-kredit ko’rsatkichlarining asosiy parametrlari, Davlat budjeti hamda Davlat investitsiya dasturi bilan bog’liq holda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi;

  • qarz olgan korxonalarni qayta moliyalashtirish (qo’shma moliyalashtirish) uchun tijorat banklariga Jamg’arma mablag’larini berish muddatlari va shartlari bo’yicha qarorlar qabul qiladi, xalqaro sarmoya bozorlarida amal qilayotgan foiz stavkalaridan kelib chiqib Jamg’arma tomonidan berilayotgan mablag’lar bo’yicha foiz stavkalarining aniq miqdorlarini tasdiqlaydi;

  • kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlarni berish muddatlari va shartlari bo’yicha qarorlar qabul qiladi;

  • davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lash uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mablag’lar ajratib berish to’g’risida qarorlar qabul qiladi;

  • yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo’lgan korxonalarning ustav kapitaliga Jamg’arma mablag’laridan investitsiya kiritish bo’yicha qarorlar qabul qiladi;

  • ayrim loyihalarning dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun grantlar va foizsiz kreditlarni ajratish to’g’risida qarorlar qabul qiladi;

  • yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega bo’lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun Hukumat qarorlari bo’yicha imtiyozli kreditlar berish to’g’risida qaror qabul qiladi;

  • Jamg’armaning ijro etuvchi direktsiyasi faoliyati, ayniqsa Jamg’arma mablag’larining maqsadli yo’naltirilganligi, tijorat banklariga moliyalashtirishni o’z vaqtida ochish hamda ularga berilgan mablag’larning qaytarilishini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • Jamg’arma mablag’larining ishlatilishi to’g’risida Jamg’arma ijro etuvchi direktorining hamda qarz olgan korxonalar tomonidan Jamg’arma mablag’laridan samarali foydalanilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi;

  • Jamg’armaga aktivlarni boshqarish, ekspertiza qilish va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarni jalb qiladi.

Ijro etuvchi direktsiya Jamg’armaning ijroiya organi hisoblanadi, uning tarkibi va soni o’rnatilgan tartibda belgilanadi.
Jamg’armaning ijro etuvchi direktsiyasi faoliyati bilan bog’liq xarajatlar Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida Jamg’arma mablag’lari hisobidan qoplanadi.
Ijro etuvchi direktsiya:

  • Jamg’armaga mablag’larning kelib tushish va ulardan foydalanish prognozlarini ishlab chiqadi;

  • qarz oluvchi korxonalarni qayta moliyalashtirish uchun muddatli, to’lovli va qaytarish shartlari asosida tijorat banklariga moliyaviy mablag’larni taqdim etadi;

  • kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar berish to’g’risida shartnomalar tuzadi;

  • davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lash uchun Moliya vazirligiga mablag’lar ajratadi;

  • yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo’lgan korxonalarning ustav kapitaliga Jamg’arma mablag’laridan investitsiya kiritadi;

  • ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnikiqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun loyiha tashabbuskorlariga grantlar va foizsiz kreditlarni, ajratilgan kreditlar miqdorini keyinchalik loyihaning umumiy qiymatiga va loyiha Jamg’arma kreditini jalb qilish yo’li bilan amalga oshirilgan taqdirda ajratilayotgan kreditning umumiy qiymatiga qo’shish sharti bilan berish to’g’risida bitimlar tuzadi;

  • yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega bo’lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq Hukumat qarorlari bo’yicha xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar beradi;

  • Jamg’arma mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishi, tijorat banklariga berilgan mablag’larning o’z vaqtida qaytarilishi ustidan tizimli ravishda monitoring olib boradi;

  • tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlar holati va ular bo’yicha amalga oshirilayotgan operatsiyalar to’g’risidagi har qanday ma’lumotni olish huquqiga ega bo’lgan holda, qarz oluvchi korxonalar tomonidan Jamg’arma kreditlari bo’yicha majburiyatlarining bajarilishi masalalari yuzasidan ular faoliyatining monitoringini olib boradi.

Jamg’arma daromadlari va xarajatlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni ishlab chiqadi va Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash tomonidan ma’qullangandan so’ng uni belgilangan muddatlarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Hisob palatasiga taqdim etadi.
Jamg’armaning ijro etuvchi direktori O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, maqomi bo’yicha vazir o’rinbosariga tenglashtiriladi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin