O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi faoliyatini tashkil etilishining zarurligi, maqsadi va vazifalari


Demak, Davlat budjeti quyidagi darajadagi budjetlardan iborat



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə2/7
tarix26.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#197309
1   2   3   4   5   6   7
1684052409 (4)

Demak, Davlat budjeti quyidagi darajadagi budjetlardan iborat:

Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti tuzilmasiga Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining budjetlari kiradi. Viloyatlar mahalliy budjetlari tuzilmasiga viloyat budjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining budjetlari kiradi. Toshkent shahar mahalliy budjeti tuzilmasiga shahar budjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning budjetlari kiradi.
Davlat maqsadli jamg’armalari quyidagilardir:

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi;

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi;

  • Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi;

  • O’zbekiston Respublikasining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi;

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi;

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi;

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi.

O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasadir va u ustuvor investitsiya loyihalarini hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishilishiga, shuningdek samarali tarkibiy va investitsiya siyosati amalga oshirilishiga doir loyihalarni moliyalashtirish uchun Kodeksda belgilangan mablag’larni jamlaydi. O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini boshqarish Kengashi O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining yuqori boshqaruv organi bo’lib, uning tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ijro etuvchi direktsiyasi O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ijro etuvchi organi va mablag’larini taqsimlovchidir.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, iqtisodiyotga davlat kapital qo’yilmalarini safarbar etishda davlatning aniq maqsadlarga mo’ljallangan fondlari muhim ahamiyatga ega. Shunday fondlardan biri O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 11 may Farmoni bilan tashkil qilingan Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasidir. Mazkur jamg’arma iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish loyihalari amalga oshirilishini ta’minlash, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish, shuningdek samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirish maqsadida tuzilgan.
Dastlab Jamg’arma O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Markaziy bankining taklifiga binoan Ustav kapitali 1,0 mlrd.
AQSh dollari miqdorida bo’lgan davlat maqsadli fondi sifatida tashkil etildi.
Jamg’arma O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etildi va yuridik shaxs huquqlariga egadir.
O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy
muassasadir va u ustuvor investitsiya loyihalarini hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishilishiga, shuningdek samarali tarkibiy va investitsiya siyosati amalga oshirilishiga doir loyihalarni moliyalashtirish uchun ushbu Kodeksda belgilangan mablag’larni jamlaydi.
O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini boshqaris h Kengashi O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining yuqori boshqaruv organi bo’lib, uning tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
.
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ijro etuvchi direktsiyasi O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ijro etuvchi organi va mablag’larini taqsimlovchidir.
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ijro etuvchi direktsiyasi O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:

  • har yili 1 iyulgacha O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari loyihasini;

  • yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha

O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi daromadlari va xarajatlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni taqdim etadi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin