O’zbekiston Respublikasi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti


O‘z kapital qanchalik ko‘p qo‘yilsa, shunchalik qarz oluvchini kredit riski omillarini sinchkovlik bilan kuzatishga majbur etadi



Yüklə 69,05 Kb.
səhifə3/5
tarix16.12.2023
ölçüsü69,05 Kb.
#183231
1   2   3   4   5
1514297604 69800

O‘z kapital qanchalik ko‘p qo‘yilsa, shunchalik qarz oluvchini kredit riski omillarini sinchkovlik bilan kuzatishga majbur etadi.


Kreditning ta’minlanganligi deganda qarz oluvchi aktivining qiymati va qarzni uzish bo‘yicha aniq ikkilamchi manbalar (garov, kafolat, sug‘urta kabilar)ning kredit shartnomasida o‘z aksini topganini tushunamiz. Agar aktiv qiymati va qarz majburiyatlarining nisbati qarz oluvchi bankrot bo‘lganligi to‘g‘risida xabar qilgan holda bank ssudasini uzish uchun ahamiyatli bo‘lsa, aniq ikkilamchi manbalarning sifati esa moliyaviy tanglik holatida mijozning o‘z majburiyatlarini bajarish kafolatini ta’minlaydi. Garov sifati, kafolatning puxtaligi, sug‘urta ham bank mijozlari va pul oqimi kamayib ketganda, bank balansida likvidlik muammosi tug‘ilganda yoki kapitalning taqchilligi sezilgan hollarda o‘ta muhimdir.
Kredit operatsiyasini bajarish chog‘idagi sharoitlarga mamlakatdagi va uning mintaqalaridagi, shuningdek, tarmoqdagi iqtisodiy holat va siyosiy omillar kiradi. Bu sharoitlar bankning tashqi riski darajasini belgilaydi. Aynan shularga asoslanib pul oqimi, balansning likvidligi, kapitalning etarlilik darajasi, qarz oluvchining menejerlik mahorati kabilarga baho beriladi.
Nihoyat, mijozning kreditga layoqatliligini belgilovchi so‘nggi mezoni, ya’ni qarz oluvchi faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi bankirni quyidagi savollarga javob olishga undaydi:

  • qarz oluvchining kredit olishi va kredit tadbirlarini amalga oshirishi uchun huquqiy va me’yoriy asoslari mavjudmi?

  • qonunchilikda kutiladigan ehtimoliy o‘zgarishlar (masalan, soliqda) qarz oluvchining faoliyati natijalariga qanchalik ta’sir o‘tkazadi?

  • qarz oluvchining ssuda, kredit olishi bo‘yicha tuzgan biznes-rejasida, shartnomada ko‘rsatgan talabnomasi qanchalik darajada kredit siyosatiga mos keladi?

Qayd etilgan mezonlar mijozning kreditga layoqatliligi va uning mohiyatini baholash usullarini aniqlashga yordam beradi. Bunday usullar qatoriga quyidagilar kiradi:

  • riskni baholash;

  • menejmentni baholash;

  • moliyaviy koeffitsientlar asosida mijozning moliyaviy barqarorlik darajasini baholash;

  • pul oqimini tahlil qilish;

  • mijoz to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish;

  • mijozning ish faoliyatini kuzatish va h.k.

Garchi baholash usullari va mezonlar yagona tarzda qo‘llanilsada, yuridik va jismoniy shaxslarning kreditga layoqatliligini tahlil qilishda ularning kichik, o‘rta va yirik ekanliklariga alohida e’tibor beriladi. SHunga binoan u yoki bu usullarni kompleks holda qo‘llash zaruriyati tug‘iladi.

Yüklə 69,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin