O’zbekiston Respublikasi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti


Kreditga layoqatlilik tushunchasi



Yüklə 69,05 Kb.
səhifə2/5
tarix16.12.2023
ölçüsü69,05 Kb.
#183231
1   2   3   4   5
1514297604 69800

2.Kreditga layoqatlilik tushunchasi.
Mijozning kreditga layoqatliligi deganda qarz oluvchining olgan qarzini (asosiy qarzi va uning foizini) to‘la va o‘z vaqtida qaytaraolish qobiliyatini tushunamiz. Jahon va mamlakatimiz bank amaliyotida mijozning kreditga layoqatliligini belgilovchi quyidagi mezonlar o‘rnatilgan:

  • mijoz xarakteri (fe’l-atvori);

  • mablag‘ni qarz olish qobiliyati;

  • joriy faoliyat davomida qarzni uzish uchun mablag‘ ishlab topish qobiliyati;

  • mijoz kapitali;

  • kreditning ta’minlanganligi;

  • kredit operatsiyasini bajarish chog‘idagi sharoitlar;

  • qarz oluvchi faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi.

Mijozning fe’l-atvori deganda uning yuridik shaxs, yoxud menejer sifatida o‘zini ko‘rsataolish, qarzni o‘z vaqtida qoplashdagi mas’uliyati, kreditni olishdan maqsad va uning bank kredit siyosatiga mosligini aniq bilishi kabilar tushuniladi. YUridik shaxs sifatida o‘zini ko‘rsata olishi esa mijozning yuritayotgan faoliyatini mukammal bilishi, o‘z korxonasidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mazkur tarmoqning o‘rtacha ko‘rsatkichlariga mos kelishligi, ishbilarmonlar (ishlab chiqaruvchilar va etkazib beruvchilar, kreditorlar) doirasidagi bilimdonligi kabilar bilan belgilanadi.
Menejer sifatida o‘zini ko‘rsata olishi mijozning quyidagi jihatlarida namoyon bo‘ladi:

  • o‘z kasbini mukammal bilishi (ma’lumoti, ish tajribasi);

  • axloqi;

  • shaxsiy va oilaviy moliyaviy holati;

  • bank bilan rahbarlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardagi o‘rni.

Mijozning qarz olish qobiliyati uning kredit olish bo‘yicha buyurtmaga va kredit shartnomasiga imzo chekish huquqiga yoki vakolatiga ega ekanligi, o‘zaro kelishuv va bitimlarni tuzish yoshiga etganligida namoyon bo‘ladi.
Mijoz kapitalini baholashda quyidagi ikkita mezonga e’tibor beriladi:

  • ustav fondining minimal darajasiga (aksioner kapitaliga) nisbatan qo‘yiladigan talabga mijoz kapitalining javob bera olishi, uning etarliligi va moliyaviy leveraj koeffitsientlari darajalari;

  • kreditlanayotgan operatsiyaga o‘z kapitalini qo‘yish darajasi. Bu ko‘rsatkich bank bilan qarz oluvchi o‘rtasida riskning taqsimoti to‘g‘risida dalolat beradi.


Yüklə 69,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin