26-22 guruh talabasi
KUZIYEVA UMIDA ABDUGAPPAROVNANING
Tuproqshunoslik fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
O’zbekiston Respublikasi tuproqlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo’yicha ishlab chiqilgan qonuniy va me’yoriy huquqiy hujjatlar.
Reja:
Yer resurslarini boshqarish tushunchasi, maqsadi va yo‘nalishlari.
Yerni muhofaza qilish va yerdan oqilona foydalanishni rejalashtirish.
Mamlakatimizda tuproqlaedan oqilona foydalanish, boshqarishga oid qonunlar, me’yoriy xujjatlar tizimi va ularning ijrosini tahlili.
Yer resurslarini boshqarish tushunchasi, maqsadi va yo‘nalishlari.
Yer munosabatlarini boshqarish ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa jarayonlami o‘z ichiga qamrab oladi. Yer munosabatlarini boshqarish mexanizmi stixiyali va ongli xarakterda bo'lishi mumkin. Stixiyali mexanizm avtomatik tarzda shakllanadi va bu jarayonda davlatning aralashuvi talab qilinmaydi.
Boshqarishning ongli mexanizmida esa davlat ijtimoiy institutlari boshqarish subyektlarining rivojlanish jarayonini va ilmiy asoslangan qonuniyatlami hisobga olish orqali yer munosabatlarini boshqaradi. Yer resurslarini boshqarish - bu yer resurslariga jamiyat va davlatning yer resurslarini foydalanishda ularning samaradorligini oshirish uchun muntazam, ongli va aniq maqsadga qaratilgan ta’sir ko'rsatishidir. Yer munosabatlarining obyekti yer resurslaridir. Yer resurslarini boshqarish
esa ulardan foydalanishni rejalashtirish, tashkillashtirish, tartibga solish va nazorat qilishdan iborat bo‘lishi kerak.
O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarish, davlat yer fondidan oqilona foydalanishni ta’minlash va tashkillashtirish maxsus vakolatga ega bo'lgan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Yerdan foydalanishni boshqarish sohasi huquqiy jihatdan yer fondini boshqarish bo'yicha umumiy boshqarish vakolatiga ega va ijro etuvchi davlat organlariga ajraladi. Umumiy boshqarish organlari birinchi navbatda davlat hukumatining oliy organlaridir. Ijro etuvchi organlar O'zbekiston hududi chegarasida va ma’muriy-hududiy birliklarda tegishli yerdan foydalanuvchi idoralar bo'lib, ular yerlardan qanday maqsadlarda foydalanishidan qat’iy nazar yer resurslarini yer boshqarish bo'yicha maxsus huquqlariga egadir.
Yer resurslarini boshqarishda quyidagi yo'nalishlar mavjud:
> Siyosiy-yer resurslaridan oqilona foydalanish bo'yicha davlatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ekologik vazifalarini bajarilishini ta’minlashidir. Ma’muriy boshqarish esa yer resurslarini boshqarish omilkorligini aniqlash, o'zaro muvofiqlashtirilgan vazifalarni va ularni bajarishni tashkil etish, davlat boshqaruvi va
mahalliy organlar tizimini shakllantirish;
> Huquqiy - qonuniy hujjatlarda belgilangan huquqiy me’yorlar asosida yerni saqlash va oqilona foydalanish;
> Ilmiylik - fan-texnika taraqqiyoti erishgan yutuqlami hisobga olib yer
resurslarini boshqarish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
> Iqtisodiy - yer resurslaridan samarali foydalanish shartlarini belgilash;
> Tashkiliy-texnologik - iqtisodiy, ijtimoiy rag'batlar va yer resurslarini
asrash hamda ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha tadbirlami amalga oshirish.
Yer resurslarini boshqarish obyektiv va sub’ektiv omillami muayyan birga qo‘shib olib borish demakdir. Bir vaqtning o'zida tabiatning jinsi sifatida yer o ‘zining qonuni bo‘yicha rivojlanadi va boshqarishning uslublari va shakllariga muayyan ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun boshqarish vazifalarini bajarish vaqtida hududning rivojlanishi, iqtisodiy sharoitlari kompleksida yerning asosiy xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bundan tashqari, yer resurslarini boshqarish majmuasi harakterga ega, chunki yer munosabatlari sub’ektlarning ko'pgina manfaatlariga borib taqaladi. Bu boshqarish organlaridan yer resurslarini asrash va foydalanish jarayonining shakllanishiga tashkiliy-texnologik qarorlar, ekologo-iqtisodiy oqibatlar imkoniyati bilan tizimli yondashuvini talab qiladi. Shunday qilib, yer resurslarini boshqarish asosida har qanday ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar va tabiat qonunlariga tegishli bo‘lgan umumiqtisodiy qonunlar yotadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik aspektlar realizatsiyasi yer resurslari mazmunining tashqi tomoni, ya’ni boshqarish bo‘yicha davlatning tashkiliy-xo'jalik va huquqiy, reja-iqtisodiy sifatidagi tadbirlarini ifodalaydi.
Yer resurslarini boshqarish tizimida ijtimoiy ishlab chiqarishni boshqa sohalarda boigani singari ishlab chiqarish kuchlarini harakteri yerdan foydalanish va egalik qilish shakllari bilan bog” langan ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasida doimo ziddiyat tug‘ilib turadi. Agar ular o ‘z vaqtida yechilmasa, jiddiy holat yuzaga keladi. Shuning uchun yer resurslarini boshqarishning uslublari va shakllari ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichida ijtimoiy ishlab chiqarishning ijtimoiy shartlari, siyosiy, qtisodiy va boshqa shakllari bilan muvofiq kelishi shart. Yer resurslarini boshqarish vaqtida yerlarga egalik qilish va foydalanish uchun egalik qilishda yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek, hokimiyat organlari davlat manfaatlarini muhofaza qilishga rioya etishlari kerak. Yer resurslarini boshqarishni uyushtirish har doim davlatga tegishli boiishi lozim.
Yer resurslarining boshqarish tizimining asosini boshqarishning funksiyasi va vazifalari, maqsadi, predmeti, sub’ekti va obyekti tashkil etadi. Boshqarishning sub’ekti va obyekti ko‘p yillik natijalarning zamirida paydo bo‘ladi.
Respublikamiz Mustaqillikka erishganidan buyon barcha jabhalarda keng ko‘lamda islohotlar o'tkazilmoqda. Xususan, yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yer xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari tizimida va qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirishda asosiy vosita hisoblanadi. Shu bois, u aholi hayoti, faoliyati va farovonligida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda qishloq xo'jalik ahamiyatiga ega bo'lgan yerlarni muhofaza qilishga alohida e ’tibor berilmoqda. Chunki mamlakatimizda umumxalq mulki bo'lgan yerni muhofazalash va undan foydalanish konstitutsion ahamiyatga ega bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida ≪Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simliklar va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, chunki ular davlat muhofazasidadir≫, - deb belgilab qo'yilgan.
Konstitutsiyaviy me’yorlar yer munosabatlarini tartibga solib turuvchi, qonun hujjatlarining barchasiga tatbiq etiluvchi va oliy yuridik kuchga ega bo'lgan huquqiy me’yorlardir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan, mamlakatimiz fuqarolari qonunlarda belgilangan tarzda mulk huquqiga egadirlar va o'zlarining mulklaridan o'z xohishlaricha foydalanishlari mumkin, ular tabiiy resurslarga to'g'ri munosabatda bo'lishga majburdirlar. Yuqorida qayd eganimizdek, yer boshqa tabiiy boyliklar singari umummilliy boylikdir, ularni tasarruf qilish esa vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasining "Yer kodeksi", "Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) to’g’risida"gi, "Fermer xo'jaligi to'g’risida"gi, "Dehqon xo'jaligi to'g'risida"gi, "Davlat yer kadastri to'g'risida"gi qonunlaming qabul qilinishi mamlakatimizda yer resurslaridan yanada samarali va oqilona foydalanishning huquqiy poydevorini yaratib berdi.