O’zbekiston Respublikasi tuproqlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo’yicha ishlab chiqilgan qonuniy va me’yoriy huquqiy hujjatlar


Mamlakatimizda tuproqlaedan oqilona foydalanish, boshqarishga oid qonunlar, me’yoriy xujjatlar tizimi va ularning ijrosini tahlili



Yüklə 50,1 Kb.
səhifə3/5
tarix20.11.2023
ölçüsü50,1 Kb.
#162745
1   2   3   4   5
O’zbekiston Respublikasi tuproqlaridan oqilona foydalanish TMI

Mamlakatimizda tuproqlaedan oqilona foydalanish, boshqarishga oid qonunlar, me’yoriy xujjatlar tizimi va ularning ijrosini tahlili.

1991 yildan buyon mustaqil 0 ‘zbekiston Respublikasida 100 dan ziyod qonunlarda va 500 dan ortiq me’yoriy hujjatlarda yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish normalari belgilangan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 19-oktabrdagi 483-sonli qaroriga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solish uchun maxsus davlat boshqaruv organi – Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi tashkil etildi.
Tashkil etilgandan buyon o'tgan yillar davomida u yerlardan samarali foydalanishni boshqarishga doir bir nechta huquqiy me’yoriy xujjatlar qabul qildi va ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirdi.
Huquqiy tadbirlar kompleksi (yig‘indisi)-yerdan foydalanuvchilar, yer mulkdorlari, ijarachilar va mulkdorlaming yer uchastkalaridan maqsadli foydalanishlarning rag'batlantirish, yerlardan samarasiz foydalanish sabablari va sharoitlarini bartaraf qilish, yer uchastkalaridan oqilona foydalanmaslikka doir huquqbuzarliklaming oldini olish va bartaraf qilishning tezkor huquqiy imkoniyatlarini belgilash kabi o‘zaro bog” langan va bir-biridan kelib chiqadigan huquqiy normalar majmui.
Yerga oid munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish- iqtisodiy huquqiy choralarni qo’llash orqali Respublika yer fondini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni tashkil etishda davlat organlarining maqsadli faoliyati.
Yer resurslarini foydalanishning davlat boshqaruvi - hozirgi va kelajak avlod hamda yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar manfaatlarida yer munosabatlarini tartibga solish, yerlardan samarali foydalanish va muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan o‘zaro uzviy bog’langan davlatning huquqiy, iqtisodiy, texnik va tashkiliy - xo‘jalik chora-tadbirlar tizimi.
Davlat organlari tizimi-vakolatlarining mazmuni va ahamiyatiga binoan guruhlashtirilgan va yerga oid munosabatlarni tartibga soladigan davlat organlarining yig‘indisi.
Yer resurslarini boshqarishda nazorat qiluvchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vakolatlari Oliy Majlis
-yer munosabatlarini tartibga solish borasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi
-qonunlar qabul qiladi, ularga o'zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi
-yerlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish borasida davlat dasturlarini tasdiqlaydi
-yer munosabatlarini tartibga solish borasidagi davlat organlarining tashkil etish yoki ularning faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi Prezident farmonlarini tasdiqlaydi.
Prezident:
-yer qonun xujjatlariga rioya etilishining kafilidir
-yer munosabatlarini tartibga solish borasidagi qonunlami imzolaydi
-yer munosabatlarini tartibga solish borasida farmon va qarorlar qabul qiladi, farmoyishlar beradi
-yer munosabatlarini tartibga solishda huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi
Vazirlar Mahkamasi:
-yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishga doir dasturlarni, byudjetni va istiqbolini ishlab chiqishni tashkil qiladi va ijrosini ta’minladi
-yer resurslarini davlat va xo‘jalik boshqaruvini takomillashtirish to‘g‘risida takliflar kiritadi va ishlab chiqadi
-yerga oid huquqiy munosabat sub’ektlarini huquqiy muhofazalash va kafillashga yordam beradi
- O‘zbekiston Republikasi Yer resurslari davlat qo'mitasi faoliyati nazorat qiladi
-yerlardan oqilona foydalanish hamda ulami muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi va me’yoriy xujjatlar qabul qiladi.
-yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda vazirliklar hamda idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi
-yerlardan oqilona foydalanish va ulami muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil qiladi
-yer munosabatlariga doir qonun kuchidagi me’yoriy xujjatlar qabul qiladi va itjrosini ta ’minlaydi
-yer resurslarini belgilangan maqsadda, oqilona va samarali foydalanish, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi
-yer tuzishni, yer monitoringini o'tkazilishini va davlat yer kadastri yuritishni tashkil qiladi
-yuridik shaxslarga qishloq xo'jalik ehtiyojlari hamda boshqa davlat va jamoat ehtiyojlari uchun foydalanishga va ijaraga yer beradi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimiyatlari:
-yer munosabaotlariga doir qonun kuchidagi me’yoriy xujjatlar qabul qiladi va ijrosini ta ’minlaydi
-yer resurslaridan belgilangan maqsadda, oqilonga va samarali foydalanish, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi
-yer tuzishni, yer monitoringini o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritishni tashkil qiladi
-yuridik shaxslarga qishloq xo‘jalik ehtiyojlari hamda boshqa davlat va jamoat ehtiyojlari uchun foydalanishga va ijaraga yer beradi
-yerdan foydalanish va yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga bo'lgan huquqini beliglangan tartibda ≪Yer kodeksi≫ ning 36-moddasiga ko’ra bekor qilinadi
-yer munosabatlarini tartibga solish sohasida viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalarni ham hal qiladi
Tuman va shahar hokimiyatlari:
-yer munosabaotlariga doir qonun kuchidagi me’yoriy xujjatlar qabul qiladi va ijrosini ta’minlaydi.
-tuproq unumdorligini oshirish yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi
-yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi
-yer tuzishni, yer monitoringini o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritishni tashkil etadi
-yer uchastkalariga bo'lgan huquqlami, yerni ijaraga berish shartnomalarini, shuningdek servitutlar to ‘g‘risidagi kelishuvlarni davlat ro‘yhatiga oladi
-yer munosabatlarini tartibga solish sohasida tuman va shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalarni ham hal qiladi.
Yer nazoratining jazolash shakli-yerlami muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo'yicha qonun talablarini bajarmaydigan va ularga rioya etmaydigan huquqbuzarlarga nisbatan davlatning majburlovchi choralarini qo‘llashga qaratilgan tekshirish turi.
Yerga oid qonunbuzarlik-yer qonun xujjatlari me’yorlari va talablarining yer munosabatlari sub’ektlari tomonidan buzilishi.
Yer qonunbuzarligi turlari-yer to‘g‘risidagi qonun xujjatlarida hamda milliy va xalqaro yuridik javobgarlik normalarida belgilangan talablami buzish toifalari. Yer toifalarining huquqiy holatini belgilash yer qonunchiligi quyidagi tamoyilni inobatga oladi:
1. Tuproqlami, ayniqsa yuqori qimmatga ega bo‘lganlarini qishloq xo'jaligida foydalanish.
2. Sug‘oriladigan yerlarni iloji boricha noqishloq va o‘rmon xo‘jaligi yer toifalaridan chiqarmaslik.
3. Yerlardan qanday maqsadlarda foydalanmasin, ularni muhofaza qilish talablarining majburiyligi.
4. Har bir yer toifalarining ekologik vazifasini yo'qotib qo‘ymaslik.

Yüklə 50,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin