O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universteti sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi sport psixologiyasi



Yüklə 437,42 Kb.
səhifə17/48
tarix20.11.2023
ölçüsü437,42 Kb.
#163891
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
majmua 1- kurs

Tavsiya etiladigan adabiyotlar

  1. Gapparov Z.G. Sport psixologiyasi. Darslik, -Toshkent: «Mehridaryo»,– 2011 -345b.

  2. Гайда В.К., Захаров В.П. Психологическое тестирование: Учебное пособие. — Л.: Изд-во ЛГУ, 1982.

  3. Ляаx Я. Психодиагностика: проблемы содержания и методов. — М.: Ин-т практической психологии, Воронеж: НПО «МОДЭК», 1996.


8- Mavzu . Sport psixologiyasining tadqiqot usullari eksperiment.



Reja

  1. Sport psixologiyasining Ilmiy tadqiqot usullarini

  2. Eksperiment” usuli deb nimaga aytiladi

  3. Ilmiy tadqiqot usullarini yaratishda qanday qonunlarga suyanish zarur

Kalit sozlar: Eksperiment, kuzatuvchanlik, usul, voqea-hodisalar, borliq, rivojlanish, o‘zgarish jarayoni.
Ushbu tadqiqot usulining asosiy vazifasi shundan iboratki, u sinov ostidagi shaxsning eng xarakterli jihatlarini ob’ektiv kuzatish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Eksperiment tadqiqoti uchun quyidagi hususiyatlar hosdir:
1. Tadqiqotchi o‘zini qiziqtirgan voqea-hodisaning kelib chiqishi uchun sun’iy sharoit yaratadi. Tajriba o‘tkazuvchi o‘zi kutayotgan voqea-hodisa qaerda va qachon yuz berishini kutmaydi va bilmaydi ham. Ammo o‘zi bu hodisani unga kerak paytida yuzaga keltiradi;
2. Voqea-hodisani nisbatan holis tarzda kuzatish imkoniyatini beruvchi mahsus tajriba sharoiti yaratiladi. Bunda oddiy kuzatish uslubida uchrab turadigan va voqea-hodisalar o‘rtasidagi mavjud aloqalarni o‘rganishga halaqit beruvchi tasodifiy omillarning ta’sirini bartaraf etish imkoniyati yaratiladi;
3. O’rganilayotgan voqea-hodisa tadqiqotchi uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha takrorlanadi. Ayni shu jihatiga ko‘ra eksperiment oddiy kuzatish uslubidan afzalroqdir;
4. O’rganilayotgan voqea-hodisa atrofida kechayotgan shart-sharoitlar qonuniyatlar asosida o‘zgaradi. Bu ham eksperimentni eng muhim jihatlaridan biridir. Mazkur voqea-hodisaning shart-sharoitlarini o‘zgartirish orqaligina eksperiment o‘tkazuvchi uning mohiyatiga kirib borishi, uning rivojlanishi va amal qilishi qonuniyatlarini tushunishi, uning boshqa voqea-hodisalar bilan aloqadorligini aniqlashi mumkin bo‘ladi;
5. Odatda eksperiment usuli mahsus uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi. Bu esa o‘rganilayotgan voqea-hodisaning son jihatidan tavsifini olish va olingan natijalarni statistik hisoblash imkoniyatini beradi. Psixologik tajribaning ikki shakli mavjud: laboratoriya va tabiiy.
Laboratoriya eksperimenti birinchidan shunisi bilan ajralib turadiki, u alohida mahsus tayyorlangan sharoitlarda, ba’zida esa mahsus o‘lchov yoki qayd etish asbob-uskunalarini qo‘llash vositasida amalga oshiriladi. Ikkinchidan, bunda sinovga jalb etilganlar laboratoriyaga psixologik tajribada ishtirok etish uchun taklif etilganliklarini biladilar va bu haqda to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladilar. Ularning xatti-harakatlari aniq ishlab chiqilgan mahsus yo‘riqnoma bilan boshqariladi.
Laboratoriya eksperimenti psixologik tadqiqotlarning o‘ta afzal usullaridan biridir. U psixologiyada vujudga keladigan qonuniyatlarning odatda ularni boshqa biror-bir yo‘l bilan aniqlash mumkin bo‘lmagan nozik jihatlarini ochib berishga imkoniyat beradi.
Tabiiy eksperiment laboratoriya tajribasidan farqli o‘laroq, tajriba sinoviga jalb etilganlar uchun odatiy bo‘lgan shart-sharoitlarda o‘tkaziladi. Tabiiy tajriba davomida inson faoliyatining tabiiy mazmuni saqlanib qoladi (o‘yin, o‘qish, mehnat). Tajribaning bu turi ham tajribaviy natijalarning barcha jihatlarini o‘zida saqlab qoladi. U tadqiqot oldiga qo‘yilgan vazifadan kelib chiqib tajribaga jalb etilgan kishida yuz beradigan psixik jarayonlar davomida unga tajriba o‘tkazuvchining faol aralashuviga asoslangan. Tajribaning bu turi o‘rganilayotgan voqea-hodisani oddiy kuzatishda aniqlashdan farqli o‘laroq, zaruriy takrorlarga va rejali o‘zgartirishlarga kengroq yo‘l beradi.
Tabiiy eksperimentda laboratoriya sharoitlarida tashkil etish qiyin bo‘lgan vazifalar hal etiladi.


Eksperiment usuli



Laboratoriya eksperimenti

Tabiiy eksperiment


Yüklə 437,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin