O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universteti sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi sport psixologiyasi



Yüklə 437,42 Kb.
səhifə13/48
tarix20.11.2023
ölçüsü437,42 Kb.
#163891
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48
majmua 1- kurs

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. Ванек М., Гошек В. Актуальные вопросы психологической подготовки спортсменов Психология и современный спорт. — М., 1982. С. 113-114.

  2. Gapparov Z.G. Sport psixologiyasi. Darslik, -Toshkent: «Mehridaryo», – 2011 -345b.

  3. Горбунов Г.Д. Основные задачи практической психологии в современном спорте / Психология и современный спорт. — М., 1982. С. 120 - 128.

  4. Ishtayev J.M. Sport psixologiyasi O‘quv qo‘llanma –Toshkent: “O‘zkitobsavdonashriyoti”, 2020. -232b.

  5. Найдиффер Р.М. Психология соревнующегося спортсмена. — М., 1979.

  6. Родионов А.В. Практика психологии спорта. Ташкент- «Lider Press»-2008



5,6- Mavzular. SPORT PSIXOLOGIYaSINING TADQIQOT USULLARI



Reja

  1. Sport psixologiyasining Ilmiy tadqiqot usullarini

  2. Usul” deb nimaga aytiladi

  3. Ilmiy tadqiqot usullarini yaratishda qanday qonunlarga suyanish zarur

Kalit sozlar: usul, voqea-hodisalar, borliq, rivojlanish, o‘zgarish jarayoni.

Har bir fanning predmetini tashkil etilishida, biror bir holatlar va hodisalarni tadqiq etishdagi ma’lum bir yo‘lni qo‘llash - “usul” deb ataladi. Usullarning qo‘llanilishi o‘rganilayotgan hodisalarni to‘g‘ri tushunish va anglab yetishga olib borishi kerak. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, usullar voqea-hodisalarning ularga xos xususiyatlari va qonuniyatlari bilan aynan bir hilda inson ongida aks etishiga imkon beradi.


Fanda qo‘llaniladigan usullar tabiatda va ijtimoiy hayotda amal qilayotgan ob’ektiv qonuniyatlarga muvofiq tarzda ko‘rilgandagina haqiqiy bilimlarga erishish mumkin.
Ilmiy tadqiqot usullarini yaratishda birinchi galda quyidagi qonunlarga suyanish zarur:
a) bizni o‘rab turgan borliqdagi barcha narsa, voqea-hodisalar o‘zaro aloqador va shartlidir;
b) bizni o‘rab turgan borliqdagi barcha narsa, voqea-hodisalar hamisha rivojlanish, o‘zgarish jarayonida, shuning uchun to‘g‘ri usullar o‘rganilayotgan voqea-hodisa va narsalarni ularni turg‘un va qotib qolgan deb bilmasdan, balki harakatda deb anglab, ularni rivojlanishi davomida o‘rganmog‘i lozim.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, tadqiqotning ilmiy usullari taraqqiyot jarayonining o‘zini to‘g‘ri tushunishidan kelib chiqmog‘i kerak, ya’ni:
1. Taraqqiyot jarayoni faqat son jihatidan emas, balki sifat jihatidan ham o‘zgaradi.
2. Taraqqiyot jarayoniga qarama-qarshiliklar kurashi manba bo‘lsada, uning o‘ziga ham ichki qarama-qarshiliklar xosdir.
Voqea-hodisalarni ularning rivojlanish darajasidan tashqarida o‘rganish, fandagi uslubni yondashuv va hayotni o‘rganishdagi eng muhim xatolardan biridir.
Yuqorida bayon etilgan qoidalardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, inson psixikasini, xususan uning jarayonlarini o‘rgana turib, ularni bir-birlaridan ayri holda, shuningdek oliy nerv faoliyatining fiziologik qonuniyatlaridan ajratilgan holda tadqiq etish mumkin emas.
Shuningdek, psixik jarayonlarni uning tashuvchisi, ya’ni egasi bo‘lgan shaxsga va uning mazkur psixik jarayonlarni namoyon etadigan faoliyati bilan bog‘lamasdan o‘rganish ham noto‘g‘ridir.
Shunday qilib, fanda qo‘llaniladigan tadqiqot usullari o‘z tarkibiga ko‘ra muayyan voqea-hodisa va narsani uning rivojlanishida hamda uning boshqa voqea-hodisa va narsalar bilan bo‘ladigan asosiy aloqalari va munosabatlari bilan birgalikda ifodalangan holidagina haqiqiy bilimlarni bera olish mumkin.
Sport psixologiyasining tadqiqot usullari ham xuddi umumiy psixologiya fanidagi kabi xususiyatlarga egadir. Ular orasida quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: ob’ektiv kuzatish usullari, suhbat usullari, tajriba usullari, turli testlar o‘tkazish usullari, faoliyat mahsulotlarini yig‘ish va tahlil qilish, statistik usul. Bu usullar psixologiya fanining alohida qismi bo‘lgan, sport psixologiyasi ushbu sohasi oldiga qo‘yilgan tadqiqot vazifalarining xarakteriga ko‘ra o‘ziga hos hususiyatlar kasb etdi.




Yüklə 437,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin