O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
O‘zbekistonda sport psixologiyasi paydo bo‘lishi?
O‘zbekistonda sport psixologiyasining rivojlanishga katta hissa qo‘shgan olimlar haqida ma’lumot bering?
Qanday kompyuter dasturlarini bilasiz?
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi xalqaro sport psixologiyasi jamiyatiga O‘zbekistondan kim rasmiy vakil bo‘lgan?
Sportchlarni portlash qobiliyatini rivojlantiradigan uslubni izohlang?
Sport psixologiyasi bo‘yicha dastlabki laboratoriya qachon tashkil etilgan?
Sport psixologiya bakalavryat ta’lim yo‘nalishi qachon ochildi?
“Qilichbozlardagi oraliqni his qilishning psixologik hususiyatlarini o‘rganish” mavzusida dissertatsiya muallifi kim?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
Родионов А.В. Практика психологии спорта. Ташкент- «Lider Press»-2008
Gapparov Z.G. Sport psixologiyasi. Darslik, -Toshkent: «Mehridaryo», – 2011 -345b.
J.M.Ishtaev Tezkor –kuch sport turlarida portlovchi harakat qobiliyatni rivojlanishiga yangicha metodologik yondoshish Monografiya. Toshkent “Tafakkur nashriyoti” 2017. 14 bosma taboq. 224-bet
Ishtayev J.M. Sport psixologiyasi O‘quv qo‘llanma –Toshkent: “O‘zkitobsavdonashriyoti”, 2020. -232b.
4- Mavzu . Sport psixologiyasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Reja
Sport psixologiyasining umumiy psixologiy bilan aloqasi
Sport psixologiyasining oily nerv faoliyati bilan aloqasi
Sport psixologiyasining analizatorlar fiziologiyasi bilan aloqasi
Kalit sozlar: yosh davrlar psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya pedagogik psixologiya, mehnat psixologiya va san’at psixologiyasi
Sport psixologiyasi birinchi navbatda umumiy psixologiya va uning sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu sohalar - yosh davrlar psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya va har bir alohida sport turiga oid bo‘lgan, o‘ziga xos jihatlar hamda sanoqsiz muammolarga bog‘liq bo‘lgan pedagogik psixologiya, mehnat psixologiya va san’at psixologiyasidan iboratdir.
Shuni ham ta’kidlash joizki, bu aloqadorlik ikki tomonlamadir. Masalan, sohaning pedagogik psixologiya bilan aloqadorligini olaylik. Tarbiya jarayoni va sportdagi mashg‘ulotlarning har ikkisi ham ta’lim, ham tarbiya jarayonlaridir. Bu jarayonlar insonning jismoniy va psixik kamol topishiga, uning shaxsini shakllantirishga qaratilgan.
Sport psixologiyasining mehnat psixologiyasi bilan aloqadorligi shundaki, sportda ham huddi mehnatdagi kabi mahsus qobiliyatlarni o‘rganish va rivojlantirish, ularning turlarini aniqlash muammosi mavjud. San’at psixologiyasi bilan aloqadorligi haqida gapirilganda, sportning barcha turlarida ham ijodkorlik talab etilishining o‘zi kifoya. Ayrim sport turlarida (badiiy gimnastika, sinxron suzish va hokazolarda) badiiy ijodkorliksiz deyarli hech qanday natijalarni qo‘lga kiritib bo‘lmaydi.
Sport psixologiyasi insonni ayni shunday, o‘ziga hos shart-sharoitlarda tadqiq etuvchi boshqa fanlar bilan ham bog‘liqdir. Birinchi galda uning pedagogika, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, sport sotsiologiyasi, sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish nazariyasi va uslubiyati bilan aloqadorligini ta’kidlash mumkin. Bu aloqadorlik shunda ko‘rinadiki, sport psixologiyasi sportchi shaxsiyatining namoyon bo‘lishi hamda psixikasining rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganar ekan, u mazkur fanlarning yanada takomillashtirilishi uchun asos beradi. Shuningdek, u jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari uslublarining takomillashtirilishiga ko‘maklashadi. Masalan, bu fikrlarni jismoniy tarbiya va sport faoliyati jarayonlarida shaxsni shakllantirishi nazariyasiga, psixik-psixomotor sifatlarni rivojlantirishga, sportchilarni ma’naviy-axloqiy, irodaviy tarbiyalash, ularni sport texnikasi va taktikasiga o‘rgatish, musobaqalarga psixologik tayyorgarlik ko‘rish, kundalik hayot va turmush tarzi tartiblarini tashkil qilish va hokazolarga tatbiq etish mumkin.
Biroq, ikkinchi tomondan, sport psixologiyasining o‘zi ham jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, sport sotsiologiyasi va boshqa sportga oid fanlar erishgan yutuqlardan o‘zining psixologiyaga oid masalalarini yanada samarali va ilg‘or tarzda ishlab chiqish uchun foydalanadi.
Sport psixologiyasi fiziologiya, ayniqsa oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, analizatorlar fiziologiyasi, hamda neyrofiziologiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu avvalo sportchilar temperamentining asoslarini o‘rganish zaruriyati bilan, shuningdek ularni mashq qildirish, harakatlarini tasavvur etishni rivojlantirish va hokazolar bilan bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: |