7- Mavzu . Sport psixologiyasining tadqiqot usullari kuzatish.
Reja
Sport psixologiyasining Ilmiy tadqiqot usullarini
“Kuzatish” usuli deb nimaga aytiladi
Ilmiy tadqiqot usullarini yaratishda qanday qonunlarga suyanish zarur
Kalit sozlar:kuzatish, kuzatuvchanlik, usul, voqea-hodisalar, borliq, rivojlanish, o‘zgarish jarayoni.
O b’ektiv kuzatish usulining vazifasi insonning tashqi muhitda namoyon bo‘ladigan va uning shaxsiga oid o‘ziga hos hususiyatlarini xarakterlovchi ichki psixik holatini va xatti-harakatlarini ilmiy tomondan tushuntirib berishdan iboratdir. Kuzatish faqatgina tashqi ko‘rinishlarni tavsiflash, fakt va dalillarni qayd etish bilan chegaralanmasligi kerak. U daliliy materiallar asosida muayyan voqea-hodisa va faktlarning psixologik jihatdan ochib berilishiga ko‘maklashmog‘i lozim. Kuzatish usuliga hos bo‘lgan quyidagi hususiyatlarni qayd etish mumkin:
1. O’rganilayotgan voqea-hodisa tabiiy shart-sharoitlarda, ularning tabiiy oqimiga hech qanday o‘zgartirishlar kiritmagan holda kuzatiladi. Kuzatish faktining o‘zi o‘rganilayotgan hodisaga halal bermasligi lozim (kuzatish joyini tanlash);
2. Kuzatish yo‘li bilan ma’lumotlarni to‘plash tadqiqot oldiga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq ravishda oldindan tuzilgan reja yoki dastur bo‘yicha olib boriladi. Bu − kuzatishga, maqsadga yo‘naltirilganlik hususiyatini baxsh etadi;
3. Kuzatish bir marotaba emas, balki muntazam ravishda va turli sharoitlarda olib boriladi. Kuzatishlar soni va kuzatuv ostiga olingan shaxslar miqdori sezilarli natijalar olish uchun yetarli bo‘lishi zarur;
4. Kuzatishni amalga oshirish jarayonida kuzatilayotgan asosiy voqea-hodisaga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ko‘plab holatlarni hisobga olish kerak: sport mashg‘uloti olib borilayotgan joydagi tashqi shart-sharoitlar (bino, ochiq maydon, ob-havo sharoitlari), sinovga jalb etilganlarning tarkibi (ularning jinsi, yoshi, sport tayyorgarligi darajasi va hokazolar);
5. Kuzatishlarning natijalarini aniq qayd etish zarur. Ushbu maqsadlarda kuzatish bayonnomasi yuritilib, unda ob’ektiv ko‘rsatkichlar to‘la-to‘kis va batafsil ifodalanishi kerak. (bunda asosiy faktlar bilan birga yondosh faktlar ham qayd etib borilishi shart);
6. Faktlarni ob’ektiv tarzda qayd etib borish yangi gipoteza – farazlarni shakllantirishga o‘tib, bu farazlar keyingi kuzatishlar jarayonida tekshirilishi, aniqlashtirilishi yoki yangilari bilan almashtirib borilishi darkor. Boshqacha qilib aytganda, kuzatishlar davomida sportchining amaldagi xatti-harakatlarini shunchaki tavsiflab qolmasdan, balki uning ichki psixologik holatini ham tushuntirib berish lozim;
7. Ushbu usulning qo‘llanilishi jarayonida aksariyat hollarda kuzatilayotgan voqea-hodisalarni qayd etish shakllarini o‘zgartirishdan foydalaniladi. Bunda turli-tuman uskuna va jihozlar, videokamera, diktofon va shu kabilar qo‘llaniladi. ob’ektiv kuzatish usulining eng muhim fazilati shundaki, u shaxsni uning faoliyati jarayonida va tabiiy sharoitlarda o‘rganish imkoniyatini beradi. Biroq, inson shaxsi kabi sub’ektni o‘rganishning o‘ta murakkabligidan kelib chiqib, ob’ektiv kuzatish albatta boshqa tadqiqot usullari bilan to‘ldirilishi kerak. Bundan tashqari, kuzatishlarni bir paytning o‘zida bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan bir necha mutaxassislar tomonidan o‘tkazish, so‘ngra ularning ma’lumotlarini qiyoslash ham maqsadga muvofiqdir. Kuzatishning bu turi ekspert baholash usuli deb ataladi. Mustaqil tavsifnomalarni umumlashtirish deb nomlanuvchi usul ham yaxshi natijalarni beradi. Ushbu usul shaxsni turli faoliyatlar jarayonida (sport, o‘quv, ishlab chiqarish) kuzatish oqibatida olingan natijalarni taqqoslash imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: |