P’er de Kuberten (1863-1937гг.)5 Shu sababli chaqirilgan, sport psixologiya mahsus kongresi bo‘yicha hali ilmiy bilimlar sohasidagi maxsus yo‘nalish sifatida tan olishmadi. Bu avvalo, sport o‘sha davrlarda hali yaxshi rivojlanmaganligi bilan bog‘liq edi. Sport psixologiyasining muammolari faqatgina ayrim jamoat arboblari va olimlarning qiziqishlari manbai edi, xolos. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, P’er de Kubertenning tashabbusi va Lozanna Kongressi sport psixologiyasi muammolarini o‘rganishda ma’lum darajadagi turtki bo‘ldi. Natijada XX asrning 20-yillaridan keyinoq bu masalalar bo‘yicha Fransiya, Germaniya, AQSh, Rossiya va boshqa mamlakatlarda faol ilmiy tadqiqotlar olib borila boshlandi.
Masalan, Fransiyada sportchining ijtimoiy psixologiyasi sohasida bir qator tadqiqotlar o‘tkazilgan. Mazkur ishlarning mualliflari Yu. Karrara, M. Bernard va M. Buellar edi. Yu. Segal esa nevrozlarni hamda ularni davolash vositalarini o‘rgangan.
Psixolog Riu rahbarligi ostida “Sport psixopedagogikasi” nomli to‘plam e’lon qilingan. Germaniyada bu borada olib borilgan ishlarni Nyumanning “Sport va shaxs” (1957), “ Sportda motivatsiya” (1971) kabi asarlarining paydo bo‘lishi bilan belgilash mumkin. Italiyada esa sport psixologiyasi sohasidagi eng katta ishlar sport psixologiyasi xalqaro jamiyatining birinchi Prezidenti Feruchi Antonelli tomonidan amalga oshirilgan. Uning muallifligida “Psixologiya va sport psixologiyasi” nomli kitob nashr etilgan bo‘lib (1960), unda muallifning uzoq yillar davomida olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijalari umumlashtirilgan.
Sport psixologiyasi fan sifatida eng taraqqiy topgan mamlakatlardan biri AQSh da jadal rivojlandi. Amerikalik olimlar X. Frenelik, A. Sleyter-Xemmel va boshqalar sport psixologiyasi fani rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar. Ularning tadqiqotlari markaziga sportchi shaxsi qo‘yilgan edi. Asosiy usullari shaxs ko‘rsatkichlari hamda testlardan iborat bo‘lgan.
AQShning eng mashhur sport psixologi B. Krettidir. U 30 dan ortiq shu sohaga oid kitoblarning muallifidir. Uning kitoblari dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilinib, sport trenerlari tomonidan, MDH mamlakatlari olimlari, jumladan O‘zbekiston olimlari tomonidan ham amaliyotda keng qo‘llaniladi.
Kanadada Persival (Universitet direktori) ning ishlari ayniqsa mashhur bo‘lib, ular asosan sport sotsiologiyasi sohasini o‘rganishga yo‘naltirilgandir. U sportchilarning sport trenerlariga bergan baholarini o‘rgangan.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida MDHda qo‘lga kiritilgan sport natijalarining keng ta’siri ostida sport psixologiyasi nihoyatda rivojlandi. Zero, bu mamlakatlarda sport psixologiyasi davlat darajasida taraqqiy ettirildi.
Sobiq Chexoslovakiyada psixolog olimlar motivatsiya muammolarini ishlab chiqqan bo‘lib, ushbu masala sporchi va sport trenerlarini psixodiagnostikadan o‘tkazish usullariga asoslangan edi. (Vanek, Goshek, Svoboda, Motsak va boshqalar)
Bolgariyadagi olimlar sportchini psixologik jihatdan tayyorlash va guruhlar psixologiyasi bilan bog‘liq muammolarni o‘rgandilar. (F. Genov, Genova va boshqalar).
Kubada esa sportchilarni psixologik tayyorlashning turli jihatlari chuqur o‘rganildi. (Martines, Raffael, K.Kanoti va boshqalar)
Rus olimlari I.M.Sechenov, P.F.Lesgaftlar O‘z ilmiy ishlarida inson psixikasining rivojlanishiga uning harakatlari nihoyatda muhim ta’sir ko‘rsatishini isbotladilar. I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati qonuniyatlari haqidagi ta’limoti sport psixologiyasi muammolarini hal etishda keng qo‘llanildi.