1.2. Sakrovchanlik sifatini rivojlantirish
Sakrovchanlik tezkor kuchlilik sifatlariga mansub bo'lib, oyoq mushaklarining qisqa muddat ichida kuchli qisqarish bilan ifodalanadi. Har bir atlet uchun asosiy jismoniy sifatlardan biri sakrovchanlikdir. Sakrovchanlik sifatining turlari ko'p. Masalan, ikki oyoq bilan debsinib yugurib kelib yoki joydan turib vertikal sakrash bir oyoq bilan debsinib vertikal yoki uzunlikka sakrash, ikii oyoq bilan debsinib uzunlikka sakrash va xokazo. Har bir sakrash turining o'ziga xos maqsadi va maqsadga mos ijro etish tartibi (texnikasi) bo'ladi. Voleybol, basketbol, futbol va boshqa sport o'yinlari bilan shug'ullanuvchi sportchilarning sakrovchanligi bir-biridan farq qiladi.
Sakrovchanlik (vertikal sakrash, dioganal sakrash, yonga vaorqaga sakrash, sakrash tezligi, sakrash chidamkorligi) sifatlarini oddiy standart jismoniy mashqlar, og'irliklar (qo'l-oyoq va belga bog'lanadigan qo'rg'oshin plastinkalar), moslamalar va trenajyorlar yordamida jadal rivojlantirish mumkin.
Sakrovchanlik sifatini rivojlantirish uchun avvalo oyoq mushaklarini qizdirib olish lozim. Buning uchun yugurish mashqlari, o'tirib-turish mashqi va shu kabi oyoq mushaklari uchun mashqlar yaxshi foyda beradi. Sakrash sifatini yuksaltirish uchun yana sakrash qoidalarini mukammal bilmoq lozimdir. Ulardan birinchisi, tayyorgarlik bosqichi: bunda sportchi qo'llarini orqaga qilib, yarim cho'qqayib o'tiradi. Bu holat oyoq mushaklarini taranglashtirib, harakatning portlab chiqishini ta'minlaydi. Ikkinchisi, sakrashning asosiy bosqichi: bu sportchi depsinish harakatini amalga oshiradi. Depsinish oyoq kaftidan oyoq uchiga ko'tarilishi va oyoq
tizzalari hamda tos-son bo'g'imlari to'g'irlanib yozilishi asosida sodir bo'ladi. Depsinishdan so'ng sportchi havoda tanasini, ayniqsa oyoqlarini oldinga cho'zadi, bu sakrash masofasini uzayishini ta'minlaydi. Uchinchi bosqich, sakrashning yakuniy (qo'nish) bosqichi: Bunda sportchi yerga avval oyoq uchi bilan (bu amortizatsiya vazifasini bajaradi) keyin butun kaft bilan tizza bo'g'imi bukilgan holda qo'nishi kerak.
2)Sakrovchanlik sifatini rivojlantirishga qaratilgan harakatli o’yinlarni toping va ta’rif bering Bu sifatni yaxshilovchi o`yinlarga basketbol , volleybol , qo`l to`pi , uzunlikga sakrash kabi sport turlarini misol qilib keltirsak bo`ladi.
Voleybol (inglizcha: volleyball volley — «urib qaytarmoq» va ball — «toʻp»)toʻpli sport oʻyini boʻlib, har biri 6 kishidan iborat ikki jamoa bilan oʻrtasidan toʻr tortilgan maydonchada oʻynaladi.
Voleybol (ing . volley ball, volley — urib qaytarmoq va ball — koptok) — jamoa boʻlib oʻynaladigan sport oʻyini; oʻrtasidan toʻr bilan (erkaklar musobaqasi uchun 2,43 m va ayollar musobaqasi uchun 2,24 m balandlikda) boʻlingan 9x18 m li maydonchada oʻynaladi. Bir jamoa 6 kishidan iborat boʻlib, 2 jamoa oʻynaydi. Oʻyinchilar toʻpni qoʻl bilan urib, raqib maydoniga tushirishga harakat qiladilar. Koptokni uch urishda raqiblar tomoniga oʻtkazish lozim. Musobaqa 3 yoki 5 qur oʻynaladi. V. AQShda paydo boʻlgan (1895). Xalqaro federatsiya (FIVB; 1947 yil asos solingan) ga 180 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1964 yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1949 yildan jahon birinchiliklari oʻtkaziladi.
V. Oʻzbekistonda 1920 yildan oʻynaladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1991 yil Xalqaro V. federatsiyasiga, 1992 yil Osiyo V. konfederatsiyasiga aʼzo
boʻlib kirdi. Oʻzbekistonda bu sport turi bilan 700 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi. U maktablarda om-maviy tus olgan, jismoniy tarbiya boʻyicha dasturning ajralmas qismi hisoblanadi.
(nem. hand - qoʻl, ball -toʻp), qoʻl toʻpi — sport oʻyini. 19-asr oxirida Yevropada paydo boʻlgan. Daniyalik Xalger Nilson ixtiro etgan (1895). G. uchun kattaligi 40x20 m li maydon kerak; ogʻirligi 325—475 g , aylanasi 54—58 sm boʻlgan charm toʻp bilan oʻynaladi. Maydonning ikki tomonida eni 3 m, balandligi 2 m boʻlgan darvozalar oʻrnatiladi. Har bir jamoada 7 yoki 11 oʻyinchi qatnashadi. Oʻyinchi toʻp bilan faqat 3 qadam qoʻyishi va uni qoʻlida 3 sek.gacha tutib turishi mumkin. Oʻyin 2 boʻlimdan iborat boʻlib, erkaklar musobaqasi 1 soat, ayollar musobaqasi 50 min. davom etadi. Xalqaro G. federatsiyasiga (IHF; 1946 yil asos solingan) 106 mamlakat aʼzo. 1972 yildan erkaklar, 1976 yildan ayollar G.i Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1938 yildan erkaklar oʻrtasida, 1956 yildan ayollar oʻrtasida jahon birinchiligi oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda G. 1923—24 yillarda paydo boʻlib, birinchi musobaqa 1926 yilda Toshkentda oʻtkazilgan. 1991 yil Oʻzbekiston Respublikasi G. federatsiyasi tuzildi. Respublikaning barcha viloyatlarida G. boʻyicha bolalar sport maktablari, erkaklar, ayollar va bolalar jamoalari bor. 1991 yildan Oʻzbekistan chempionata muntazam oʻtkaziladi. Oʻzbekiston G.chilari terma jamoasi (ayollar) Osiyo chempionatida 4-oʻrinni egalladi va Germaniyada oʻtkazilgan jahon birinchiligi musobaqalarida qatnashdi
Dostları ilə paylaş: |