O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar


Masalan, yaqinda BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkilotining ­(YUNIDO) “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo'yicha hisoboti chop etildi



Yüklə 1,97 Mb.
səhifə2/2
tarix17.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#99424
1   2
13-mavzu O\'zbekistonning xalqaro reyting

Masalan, yaqinda BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkilotining ­(YUNIDO) “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo'yicha hisoboti chop etildi.
Unda mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 152 ta mamlakat orasida 92-o'rinni, MDHga a'zo davlatlar orasida 5-o'rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 2-o'rinni egalladi.
Aytish kerakki, bugun jamiyatimizdagi islohotlarning bosh maqsadi xalqimizni rozi qilishdek ezgu maqsadga yo'naltirilmoqda. Barcha sa'y-harakatlarimiz, islohotlarimiz, qabul qilayotgan qonun va qarorlarimiz zamirida ham ushbu maqsad mujassam. Aholi yuritilayotgan siyosatdan qanchalik rozi bo'lsa, turli reyting va indekslardagi o'rnimiz o'z-o'zidan oshib boraveradi.
Xususan, iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, iqtisodiy o'sish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan bosqichma-bosqich islohotlar 2020 yilda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksida 76-o'rindan 69-o'ringa ko'tarilishimizga, “Transparency International”ning Korruptsiyani qabul qilish indeksi hamda “World Justice Project”ning Qonun ustuvorligi indeksida mamlakatimiz o'rni yaxshilanishiga olib keldi.
SHu bilan birga, bu yo'nalishda hali qilinishi kerak bo'lgan vazifalar talaygina. Prezidentimiz farmoni asosida davlat organlari faoliyati natijadorligini oliy, ya'ni parlament darajasida nazorat qilish belgilanganidan maqsad — bu borada vazirlik va idoralar rahbarlarining mas'uliyatini oshirishdir.
Xalqaro byudjet hamjamiyatining “Byudjet ochiqligi indeksi”ga kirish masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, indeks bo'yicha mamlakatda tadqiqot o'tkazish uchun zarur resurslar (jumladan, mablag'lar) faqatgina xalqaro nodavlat tashkilotlar va institutlar (donorlar) hisobidan amalga oshiriladi.
Hamjamiyatning asosiy talablaridan biri — tadqiqot o'tkazishdagi mahalliy hamkor sifatida mustaqil fuqarolik jamiyati institutlari (nodavlat notijorat tashkilotlar) bo'lishi zarur. Mazkur indeks hisobotida mamlakatimizni aks ettirish bo'yicha yakuniy qaror tashkilotning joriy yil avgust oyidagi yig'ilishida ko'rib chiqilishiga kelishilgan.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish cheklovlari indeksi”da O'zbekistonni e'tirof etish maqsadida tuzilma mas'ul rahbarlari bilan muzokaralar o'tkazildi. Xususan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan birgalikda “Investitsion siyosat sharhi — O'zbekiston” nomli hisobotni ishlab chiqish va bu orqali indeksda mamlakat o'rnini aks ettirish imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
Kornell universiteti, Xalqaro intellektual mulk tashkilotining “Global innovatsiyalar indeksi”da mamlakatimiz o'rnini aks ettirish masalasida Innovatsion rivojlanish vazirligi muzokaralar o'tkazmoqda. Hozir ushbu indeksda talab etilgan zarur statistik ma'lumotlarni jamlash bo'yicha hamkorlikda ishlar yo'lga qo'yilgan.
Masalan, BMTning “Barqaror rivojlanish maqsadlari”da jami 206 ta milliy indikator tasdiqlangan. Davlat statistika qo'mitasi tomonidan yaratilgan maxsus saytga bu boradagi zarur ma'lumotlar doimiy ravishda joylashtiriladi. SHuningdek, xalqaro reyting va indekslar uchun kerakli ma'lumotlar davlat idoralari tomonidan muntazam yangilanib boriladi.
Misol uchun, hukumat portali doirasida “Ochiq ma'lumotlar portali” ishga tushirilgan. Mazkur portal Davlat statistika qo'mitasining davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma'lumotlar bazasi yuritilishi va yangilanishi, shuningdek, tegishli axborotlarning o'z vaqtida aks ettirilishini muvofiqlashtirib kelmoqda.
Umuman olganda, xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi tashkilotlar tadbirkorlar va aholi o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomalar natijalariga, nodavlat notijorat tashkilotlar ma'lumotlariga hamda milliy va xorijiy ekspertlar xulosalariga tayanadi. 
Xalqaro reyting agentliklari indekslarni hisoblab chiqishda yoki reytinglarni tuzishda, asosan, mamlakatning turli statistik ko'rsatkichlariga tayanadi. Tan olish lozim, pandemiya sababli statistik ko'rsatkichlarning yaxshi tomonga o'zgarishiga nisbatan ularning yomonlashish ehtimoli yuqoriroq.
SHu sababli keyingi yillarda xalqaro reyting va indekslardagi o'rnimizning joriy holatida saqlab qolinishi yoki pastlashishi ehtimolini nazardan qochirib bo'lmaydi. Biroq unutmaslik kerakki, pandemiya bitta yoki bir nechta davlatda emas, balki butun dunyo mamlakatlariga bevosita salbiy ta'sirini o'tkazmoqda.
SHu bois, balki boshqa davlatlarning ham reytinglardagi o'rni pastlashishi sabab mamlakatimizning o'rni tom ma'noda ko'tarilishi yoki joriy holatda saqlanib qolishi ham ehtimoldan xoli emas.
Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin