O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar
Reja: 1. Xalqaro reyting va indekslarda O’zbekistonning o’rni? 2.O’zbekiston inson huquqlari? 3.O’zbekiston Logistika samaradorligi indeksida qanday pog’onalarni zabt etgan?
Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni taʼminlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi koʻrsatkichlari oshishiga sabab boʻlmoqda. Jumladan, soʻnggi toʻrt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamgʻarmasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pogʻonaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pogʻonaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pogʻonaga koʻtarildi. Oʻzbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash” tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga koʻtarildi. Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha eʼtibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan oʻtkazilayotgan soʻrovlarda aksariyat islohotlar oʻz aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasi quyi pogʻonalarda qolmoqda. Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida: 1. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda – Kengash) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin. Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv jarayonlar, sifat va tarkibiy o'zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi bosqichga ko'tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko'ndalang qo'ymoqda. Bu esa, eng avvalo, o'sha mamlakatning jahon miqyosidagi o'rni, xalqaro reyting va ko'rsatkichlarda tutgan mavqei bilan belgilanadi. Bugun hayotning har bir jabhasida yangilik va bunyodkorlik ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Tabiiyki, bunday yangilanishlar natijasi nafaqat xalqimiz hayotida, balki nufuzli xalqaro reyting va indekslar ko'rsatkichlarida ham o'z ifodasini topayotir. Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish jarayonini o'zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o'sish va raqobatbardoshlik kabi muhim jihatlarning ko'zgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida ham mujassam. Bularning barchasi inson qadrini ulug'lashga, odamlarning hayotdan rozi va mamnun bo'lib yashashini ta'minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran mazmun kasb etadi. Prezidentimizning shu yilda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to'g'risida”gi farmoni yurtimizda bu yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko'tarishda muhim dasturilamal bo'ldi. Mazkur farmonga muvofiq, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha respublika kengashi tuzilib, sohada parlament nazorati o'rnatildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila NARBAEVA bilan suhbatimiz mazkur farmon ijrosini ta'minlash, mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini mustahkamlash borasida qilinayotgan ishlar xususida bo'ldi. — Ilgari ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo'yicha ishlarni hukumatning maxsus komissiyasi muvofiqlashtirib kelar edi. Prezidentimiz farmoni bilan bu borada respublika kengashi tuzilishiga nima sabab bo'ldi? — Xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institutsional muhitning sifatini baholashda iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan vositadir. Ular nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida ham islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy siyosat mezoni sifatida qo'llanib kelinadi. Keyingi yillarda mamlakatimiz ko'pgina ustuvor reytinglarda yuqorilab borayotgani yurtimizda aholi turmush farovonligini oshirish, jamiyatimizda ochiqlik, oshkoralikni ta'minlash borasida qilinayotgan ezgu ishlarning muhim natijasidir.