7-tajriba. Tuz bilan metallarning o‘zaro ta’siri. Probirkaga 1 n CuSO4 eritmasidan 10 tomchi tomizing va unga temir, rux yoki alyuminiy qirindisidan soling. Toza misning ajralib chiqishini va yangi tuz hosil bo‘lishini kuzating. Eritma rangi qanday bo‘ladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
Mustahkamlash uchun savol va masalalar: Oksidlar deb nimaga aytiladi?
Quyidagi moddalarning nomlarini ayting va struktura tuzilishini chizing.
Quyidagi kislotalarni hosil qiluvchi angidridlarning formulalarini yozing. H2SO4, H2CO3, H2SO3, HNO3, H3PO4, H2SiO3, H2SeO4
Qanday kislotalar nordon tuzlar hosil qilmaydi?
Quyidagi asos va nordon tuzlarning o‘rta tuzga aylanishiga imkon beruvchi reaksiya tenglamasini yozing. (CuOH)2SO4, NaHSO3, NaHSO4, NaH2PO4, Ca(HCO3)2, Pb(HCO3)2