20-rasm. Metall ekvivalentani molyar massasina aniqlash uskunasi:
1-Ostvald probirkasi; 2-byuretka; 3-barobarlovchi byuretka.
Ostvald probirkasining bir tomoniga suyultirilgan 10 ml xlorid kislotadan quying. Ikkinchi tomoniga tarozida oldindan tortilgan va kichkina filtr qog‘oziga o‘ralgan 0,05 g metallni ehtiyotlik bilan, kislotaga tekkizmasdan soling.
Barobarlovchi byuretkani pastka yoki yuqoriga xarakatlantirib turgan xolda suvning sathini nolga yaqin chiziqqa keltiring va Ostvald probirkasini probka bilan berkitib, asbobning germetikligini tekshiring. Buning uchun barobarlovchi byuretkadagi suvning sathini byuretkadagi suv sathidan pastroqqa tushiring va uni shu holatda shtativga mahkamlab o‘rnating. Agar 1-2 minut davomida byuretkada suvning sathi sezilarli darajada o‘zgarmasa, asbobni germetik deb hisoblash mumkin.
Asbobning germetikligini tekshirilgandan keyin, byuretkalardagi suv satxini bir holatta keltiring va darajalarga bo‘lingan byuretkadagi suvning dastlabki sathini (Vbosh.) belgilab yozib qo‘ying.
Ostvald probirkasini qiyalatib undagi kislotani metall solingan tomoniga quying. Shu zahoti metall kislota bilan reaksiyaga kirishib, vodorod ajrala boshlaydi. Ajralib chiqqan vodorod byuretkadagi suvni barobarlovchi byuretkaga tomon siqib chiqara boshlaydi.
Reaksiya tomom bo‘lishi bilan byuretkadagi gazning chiqib ketmasligi yoki unga havo kirmasligi uchun ikkala idishdagi suvning sathini tenglashtiring. So‘ngra byuretkadagi so‘nggi suv sathini (Voxir) aniqlab yozib oling.
Tajriba natijalarini jadval-2 va jadval-3 ga yozing.
Dostları ilə paylaş: |