Bu tajriba rasm-2 da tasvirlangandek soddalashtirilgan kalorimetrda bajariladi.
21-rasm. Soddalashtirilgan kalorimetr.
1-tashqi stakan; 2-ichki stakan; 3- qoppoq; 4-termometr; 5-aralashtirgich; 6-voronka. Kalorimetrning ichki stakaniga 50 ml suv quying va uni termometr va aralashtirgich o‘rnatilgan qopqoq bilan berkiting. Aralashtirgich bilan suvni aralashtiring xamda suvning haroratini yozib oling va uni t1 bilan belgilang. o‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan kukun holigacha maydalangan tuzdan 0,04 mol texnik kimoviy tarozida tortib oling va uni kalorimetrning ichki stakandagi voronka yordamida suvga soling. Tuzni aralashtirgich orqali aralashtirib eriting. Tuz suvda to‘liq eritach, eritmaning termometr ko‘rsatgan haroratini yozib oling va uni t2 bilan belgilang.
Tajriba natijalarini hisobot jadvaliga yozing va tuzning erish issiqligini hisoblang. Tuzning erish issiqligining nazariy qiymatini jadvalda berilgan.