Turli tarkibli tuzlarning gidrolizini reaksiya tenglamalarini tuzish, muhitni aniqlash. Gidroliz darajasi va gidroliz konstantasi. Gidroliz reaksiyasida muvozanatning siljishi
Ishning maqsadi: Tuzlarning suvda eritilganda muhitning o‘zgarish mohiyati bilan tanishish.
Tajribada kerak bo‘ladigan asbob va reaktivlar: Probirkalar, distillangan suv, stakan, natriy karbonat Na2CO3yoki K2CO3ning 2 n eritmasi. Kaliy nitrat KNO3 ning 0,2 % li normal eritmasi, Natriy asetat CH3COONa ning 0,2 normal eritmasi, rux (Zn) bo‘lakchasi, rux xlorid ZnCl2 ning 0,2 normal eritmasi, indikatorlardan: lakmus va fenolftalein eritmasi.