Ishning bajarilishi
Har xil tuzlar eritmalarining reaksiyasi
1-tajriba. To‘rtta probirka olib uning birinchisiga 2 ml distillangan suv, ikkinchisi 2ml K2CO3, uchinchsiga Al2(SO4)3 va to‘rtinchisiga 2 ml KNO3 eritmasidan soling. Xar qaysi probirkaga lakmusning neytral eritmasidan bir necha tomchi qo‘shing yoki bir bo‘lakdan qizil yoki kuk lakmus qog‘ozidan soling. Qaysi probirkada lakmusning ranggi o‘zgaradi? Nima uchun? Tushuntirib bering. Olingan tuzlar gidrolizining ionli va molekulyar tenglamalarini tuzing.
Yozish tartibi:
Probirkalar nomeri
|
Erigan moddalar formulasi
|
Lakmus ning ranggi
|
Reaksiya muxiti
|
pH 7 dan katta yoki kichik
|
Tuz gidrolizlan-dimi?
|
|
|
|
|
|
|
To‘la gidroliz.
2-tajriba: 1-2ml Al2(SO4)3 eritmasiga xuddi shuncha hajm natriy karbonat eritmasidan qo‘shing. Uglerod (IV)-oksid ajralib chiqishini va Al(OH)3 cho‘kmasining xosil bo‘lishini kuzating. Olingan tuzlarning birgalikda gidrolizlanishini molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
CH3COONa ning gidroliziga temperaturaning ta’sirii.
3-tajriba. 2 ml CH3COONa eritmasiga bir tomchi fenoltalein qo‘shing va uni qaynaguncha isiting pushti rang xosil bo‘lishiga e’tibor bering, sovitilganda bu rang yo‘qoladi. CH3COONa ning gidrolizini ionli va molekulyar tenglamalarini yozimg. Fenolftalein OH- ionlarini aniqlovchi indikator ekanligini e’tiborga olib kuzatilgan xodisalarni tushuntiring.
ZnCl2 ning gidrolizlanishida ruxning erishi.
4-tajriba. Probirkaga 3 ml rux xlorid eritmasidan qo‘shing. Reaksiya muxitini lakmus yordamida tekshirib ko‘ring. Eritmaga rux bo‘lakchasini soling va uni qizdiring. Vodorod pufakchalarining ajralib chiqayotganini kuzating.
a) ZnCl2 ning gidrolizini
b) ruxning gidroliz maxsuloti bilan o‘zaro ta’siri etishidagi ionli va molekulyar tenglamalarini tuzing.
Savollar va topshiriqlar
Elektrolit eritmalari nima?
Kation va anion qanday zarrachalar?
Dissosiyalanish darajasi nima?
Gidroliz deb nimaga aytladi?
Quyidagi tuzlarning gidrolizlanishi reaksiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing: CuSO4, ZnCl2, Na2S, KClO, K3PO4
Dostları ilə paylaş: |