O’zbekiston respublikasi


REJA: Kirish. Asosiy qism



Yüklə 242,96 Kb.
səhifə2/11
tarix02.01.2022
ölçüsü242,96 Kb.
#40754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
31419[1]

REJA:


  1. Kirish.
  2. Asosiy qism:


I bob. O’quvchilarni masalalar yechishga o’rgatishning nazariy asoslari.

    1. Boshlang’ich sinf matematika kursida matnli masalalar.

    2. Masalani yechishga o’rgatishning asosiy bosqichlari.



II bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish metodikasining umumiy masalalari.


    1. Matematik masalalar va ularning turlari.




    1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida masala yechish ko’nikmasini shakllantirish metodikasi.

    2. Boshlang’ich sinfda masalalarni o’rganishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

    3. Pedagogik tajriba-sinov natijalari va uning tahlili.

Xulosa.


Foydalanilgan adabiyotlar.













KIRISH


Bugungi kunda o’quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish maqsadida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no- mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.

Professor-o’qituvchilarning kasb mahoratini, pedagog xodimlarning malakasini oshirish, shuningdek, ularning xorijiy hamkor oliy o’quv yurtlarida malaka oshirishi, magistratura, doktoranturada ta’lim olishi hamda respublikamizning tayanch oliy o’quv yurtlari qoshida qayta tayyorgarlikdan o’tishi va malaka oshirishi.

An’anaviy o’qitish metodikasida o’quv materiallari asosan matn va formulalar ko’rinishida berilib, o’quv materiallarini namoyish qilish imkoniyati deyarli mavjud

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika darsligida juda ham ko’p uchraydigan masalalar va ularning yechimlarini topish haqidagi ma’lumotlarni biz 1-sinfdayoq ularga o’rgatib, ulardagi bilish va fikrlash qobiliyatini o’stirib borishimiz juda ham muhimdir. Masala yechishga o’rgatishning muhimligi shundan iboratki, o’qituvchi o’zining asosiy e’tiborini matnli masalalar mazmunini matematika tiliga ko’chirishga qaratmog’i lozim. Avvalo, mukammal matematik tushunchalarni shakllantirish, ularning dasturda belgilab berilgan nazariy bilimlarni o’zlashtirishlarida favqulodda muhim ahamiyatga ega. Masalan, agar biz o’quvchilarda qo’shish haqida to’g’ri tushuncha shakllantirishni xohlasak, buning uchun bolalar yig’indini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni deyarli har gal to’plamlarni birlashtirish amalini bajarib borishi lozim.1-sinfda bir va ikki amalli masalalar o’rgatiladi. Masalalar yechishdagi hisoblash ishlari sonli masalalarni yechish malakalarini shakllantirish mashq qilishga nisbatan kamroq vaqtni talab qiladi. Masalan, biz o’quvchilarga masalaning yechimlari haqida to’liq tushuncha berganimizdan so’ng, bu yechgan masalamizning o’quvchi tushunib yecha olishi uchun biz masalaning eng ratsional qismini aniqlab va shu usulda masala yechishga ko’proq o’quvchini jalb qilishimiz kerak.

Masalalalarni yechishning jadval usuli, masalalar va ularni taqqoslashni ikkinchi sinfda o’rgatiladi. Bu davrda o’quvchilarning fikrlash doirasi yanada kengayadi, ularni jadvalga qarab masala tuzishga, o’zaro teskari masalalar tuzishga va ularni taqqoslashga undaladi. Bоshlang’ich sinflarda o’rganiladigan masalalar yеchishning u yoki bu nazariy matеriallarni o’zlashtirish jarayonidagi muhim o’rnini ta’kidlab, dasturda shunday dеyiladi: “Natural sоnlar arifmеtikasi, nоlni o’rganish maqsadga muvоfiq masalalar va amaliy ishlar sistеmasi asоsida tuziladi. Bu dеgan so’z har bir yangi tushunchani tarkib tоptirish har dоim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam bеradigan, uning qo’llanishini talab qiladigan u yoki bu masalani yеchish bilan bоg’lanadi”. Sоdda masalalar o’quvchilarni matеmatik munоsabatlar bilan tanishtirishning muhim vоsitalaridan biri bo’lib хizmat qiladi. Sоdda masalalardan ulushlar, qatоr gеоmеtrik tushunchalar va algеbra elеmеntlarini o’rganishda ham fоydalaniladi. Sоdda masalalar o’quvchilarda murakkab masalalarni yеchish uchun zarur bo’ladigan bilimlar, malakalar va ko’nikmalarni tarkib tоptirish uchun asоs bo’lib хizmat qiladi. Yechilishi uchun bir nеchta o’zarо bоg’liq amallarni bajarish talab qilinadigan masalalar murakkab masalalar dеyiladi.

Boshlang’ich sinflar uchun matematika dasturida bolalarni masalalarni yechishga o’rgatishga katta ahamiyat bergan. Bu dasturda bolalarga masalalarni yechishda ular oldindan o’rgangan arifmetik amallarning xossalaridan foydalanishi va o’zlariga ma’lum bo’lgan usullardan eng ratsionalini tanlay olishga o’rgatish zarurligi ta’kidlangan. Shunday qilib, masalani yеchish uchun bеrilgan sоnlar va izlanayotgan sоn оrasidagi qatоr bоg’lanishlarni aniqlash va ularga muvоfiq ravishda arifmеtik amallarni tanlash, so’ngra bu amallarni bajarish zarur. Shuning uchun biz ushbu mavzu ya’ni boshlang’ich sinflarda matematikadan sodda masalalarni yechishda o’quvchilar qiziqishini shakllantirish yo’llarini ushbu bitiruv malakaviy ishimizda ishlab chiqishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Yuqorida aytib o’tilgan fikrlar ushbu mavzuning dolzarbligini ifoda etadi.

Boshlangich sinflarda matematikani o’qitish samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik

texnologiyalar va ularni qo’llash usullarini ishlab chiqish, dastur materiallariga mos matnli masalalarni o’rganishning samarali usullarini aniqlash yangi pedagogok texnologiyalardan foydalanib masala yechishni amalga oshirish yo’llarini izlashdan iborat. Bitiruv malakaviy ishning vazifalari quyidagilarni tashkil etadi.



  1. Boshlang’ich sinflarda zamonaviy texnologiyalar asosida matematika darslarini tashkil etishning mavjud holatini o’rganish .

  2. Matematika darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tashkil etishning ob’yektiv va sub’yektiv omillarni aniqlash .

  3. Boshlang’ich sinf matematika darslarini metodlari asosida tashkil etishda maxsus metodlarni tajriba -sinovdan o’tkazish va uning samaradorligini aniqlash.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang`ich sinf matematika darslaridagi o’qitish jarayoni.

Umumta’lim maktablarining boshlang`ich sinf matematika darslarida masalalar haqidagi tushunchalarni shakllantirish mazmuni, usullari va samarali vositalari.



Yüklə 242,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin