O`zbekiston Respublikasi


Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalariga eritma muhitining ta`sirini



Yüklə 175,33 Kb.
səhifə13/51
tarix02.01.2022
ölçüsü175,33 Kb.
#42431
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51
Analitik kimyo fanining maqsad va vazifalari, tibbiyotdagi ahami (1)

4. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalariga eritma muhitining ta`sirini.
Yangi darsning bayoni.

  1. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari va ularning turlari.

Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari (OQR) tabiatda juda keng tarqalgan bo`lib, kimyo sanoatida, xalq xo`jaligi tarmoqlarida, shuningdek dorishunoslik sanoatida keng qo`llaniladi. Biologik va yashash jarayonida muhim bo`lgan nafas olish, yemirilish va fotosintez ko`p bosqichli katalitik OQR hisoblanadi. Bu mavzuni chuqur bilish analitik, biologik, farmatsevtik va toksikologik kimyoni hamda farmakologiya va patofiziologiyani o`rganishda yordam beradi.

Oksredmetriya va redoksmetriya OQR ga asoslangan bo`lib, eritmadagi oksidlovchi va qaytaruvchining miqdorini hajmiy analiz bilan aniqlash usulidir. Oksredmetriya va redoksmetriya farmatsiyada, biokimyoda, sanitary va klinik tekshirishlarda (masalan, Cu2+, K+ ionlari konsentratsiyasini, atsetonni, xinonni, gidroxinonni, askorbin kislotani, fermentlardan katalaza peroksidini aniqlashda) keng qo`llaniladi.

Barcha kimyoviy reaksiyalar ikkiga bo`linadi:

1. Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajalari o`zgarmaydigan reaksiyalar, ularga neytrallanish, almashinish, ayrim birikish va ajralish reaksiyalari misol bo`ladi.

HCl + NaOH = NaCl + H2O MgCO3 = MgO + CO2

CaCl2 + K2CO3 = CaCO3↓ + 2KCl SO3 + H2O = H2SO4

2. Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajalari o`zgaradigan reaksiyalar, ularga o`rin olish va ajralish (parchalanish) reaksiyalari misol bo`ladi.

Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2↑ 2Pb(NO3)2 = 2PbO + 4NO2↑ + O2

Elementlarning oksidlanish darajasi o`zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari deb ataladi. OQR uch turga bo`linadi: molekulalararo, ichki molekulyar va o`z–o`zidan oksidlanish–qaytarilish (disproporsiyalanish) reaksiyalari.

1. Molekulalararo OQR da oksidlanish darajasi o`zgaradigan element atomlari turli xil molekulalar tarkibiga kiradigan reaksiyalar kiradi. Masalan:



2. Ichki molekulyar OQR da oksidlanish darajasi o`zgaradigan element atomlari bir molekula tarkibiga kiradi. Masalan:



3. Disproporsiyalanish yoki o`z–o`zidan OQR da bir atomning oksidlanish darajasi ham ortadi, ham kamayadi. Ya`ni o`sha atom reaksiyada ham oksidlovchi bo`ladi, ham qaytaruvchi bo`ladi. Masalan:



OQR da ikkita element atomlari yoki ionlari ishtirok etib oksidlansa yoki qaytarilsa oddiy OQR, ikkitadan ortiq element atomlari yoki ionlari ishtirok etib oksidlansa yoki qaytarilsa murakkab OQR deb ataladi.

O`zidan elektron beradigan atom, molekula yoki ion qaytaruvchi deyiladi. Elektron berish jarayoni oksidlanish deyiladi, bunda qaytaruvchi oksidlanadi va oksidlanish darajasi ortadi.

Na0 – e = Na+ H20 – 2e = 2H+ Fe+2 – e = Fe+3

O`ziga elektron qabul qiladigan atom, molekula yoki ion oksidlovchi deyiladi. Elektron qabul qilish jarayoni qaytarilish deyiladi, bunda oksidlovchi qaytariladi va oksidlanish darajasi kamayadi.

S0 + 2e = S–2 Cl20 + 2e = 2Cl N+5 + 3e = N+2



Yüklə 175,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin