2. Sifat analizi usullari.
Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
a) Sifat analizi usullari.
Ayni aniqlash–aniqlanayotgan kimyoviy birikmaning fizik–kimyoviy xossalari asosida oldindan ma`lum bo`lgan modda bilan solishtirish orqali aniqlash. Buning uchun aniqlanayotgan birikmaning fizik–kimyoviy xossalari (agregat holati, rangi, eruvchanligi va h. z.) aniqlanadi va mavjud bo`lgan modda fizik–kimyoviy xossalari bilan solishtiriladi.
Aniqlash–aniqlanayotgan ob`ekt tarkibida u yoki bu asosiy komponentlar, aralashmalar, funksional guruhlar bor yoki yo`qligi aniqlanadi.
b) Miqdor analizi usullari–aniqlanayotgan ob`ektda u yoki bu tarkibiy qismning miqdori (massasi yoki konsentratsiyasi) aniqlanadi.
Demak, ayni aniqlash usuli «Bu nima?», aniqlash usuli «Ob`ektda u yoki bu modda bormi?», miqdor analizi usuli «Ob`ektda uning massasi qancha?» kabi savollarga javob beradi.
Sifat analizi usuli ikkiga bo`linadi: kationlarni aniqlash va anionlarni aniqlash. Miqdor analizi usuli esa quyidagi turlarga ajratiladi: gravimetrik analiz usuli, hajmiy analiz usuli, cho`ktirish usuli, kompleks hosil qilish usuli, fizik–kimyoviy tekshirish usullari.
Dostları ilə paylaş: |