O‘zbekiston respublikasi


Amiriy ijodining o‘rganilish tarixi



Yüklə 64,3 Kb.
səhifə2/6
tarix16.02.2022
ölçüsü64,3 Kb.
#52670
1   2   3   4   5   6
Amiriy va uning adabiy merosi

Amiriy ijodining o‘rganilish tarixi

Amiriy qoldirgan she‘riy devon olima Mahbuba Qodirova tomonidan 1972 yili katta kirish so‘zi bilan chop etildi. Biroq o‘sha yillari Amiriyga o‘xshash shoh va shoirlarga munosabat yaxshi emas edi. Shu sabab uning devonini, undagi asarlarni chuqurroq o‘rganish, ommalashtirish ishlari rivoj topmay to‘xtab qoldi. To XX asrning 90-yillari, respublikamiz mustaqil bo‘lgunga qadar Amiriy— Umarxon xususida so‘z yuritilmadi desak ham bo‘ladi. Chunki istiqlolgacha mumtoz abadiyotimiz sho‘rolar mafkurasi tazyiqi ostida «dunyoviy adabiyot», «feodal-saroy adabiyoti», «diniy-mistik adabiyot» tarzida uch guruhga ajratib yuborilgan edi. Mazkur yo‘nalishlardagi adabiyotlardan faqat dunyoviy adabiyot saralanib, u ijobiy hodisa sifatida tan olindi va o‘rganildi. Hatto shu dunyoviy adabiyot vakillarining asarlari ham ilohiy-irfoniy g‘oyalardan «tozalanib» tahlil va talqin qilindi. «Feodal-saroy (klerikal)» va «diniy-mistik» yo‘nalishdagi adabiyot deb hisoblangan asarlar va ularning mualliflariga o‘tmishni qoralash uchungina murojaat etib kelindi.

Amiriy merosiga nisbatan ham shunday yo‘l tutildi. Shu bois istiqlol shabadalari esa boshlagach, Amiriy va unga o‘xshash shoh shoirlar faoliyatiga, merosiga munosabat o‘zgardi. Ular ijodiga ham o‘zlikni anglashga, milliy g‘ururni tarbiyalashga ko‘maklashuvchi vositalardan biri sifatida qarash qaror topdi va topmoqda. Saidumarbek — Umarxon — Amiriy shaxsiyati va ijodi haqidagi qaydlar shoirning o‘z devoniga yozgan debochada, tarixchilar tomonidan bitilgan asarlarda, «Majmuat ush-shuaro» tazkirasida, Amiriy hayoti va ijodiga doir boshqa manbalarda uchraydi.

Amiriyning adabiy merosi uning o‘z davrida tartib berilgan «Devon»ida, bir qismi «Majmuat ush-shuaro» tazkirasida jamlangan. «Devon»ning o‘n bitta qo‘lyozma nusxasi O‘zFA Sharqshunoslik instituti xazinasida saqlanmoqda.Bu qo‘lyozmalarning bir qanchasi Umarxon hayotligi davrida ko‘chirilgan.Amiriy she‘riyatiga bo‘lgan qiziqish muttassil davom etib borgan.Uning asarlari qo‘shni mamlakatlarda ham sevib o‘qilgan, kitobat qilingan.1882 yili Istanbulda, 1905 yili Toshkentda bosma nashrlari yuzaga kelgan. Amiriy devonining eng yaxshi ko‘lyozmasi asosida filologiya fanlari doktori Mahbuba Qodirova 1972 yili she‘rlarini «Devon» nomi bilan chop ettirdi, unga ancha tafsiliy kirish so‘z yozdi. Bungacha ham uning she’rlaridan namunalar 1945 yili nashr qilingan «O‘zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi» hamda 1959 yili tuzilgan «O‘zbek adabiyoti» majmuasida keltirilgan edi. Amiriy tomonidan devoniga yozilgan debocha adog‘ida unga kiritilgan she’rlaming yozilish tarixi, tartib berilishi hamda «so‘z gavharlarining sarroflari» va zufununlar maslahatlari bilan devon tarzida kitobat qilinishiga doir fikrlar keltirilgan.1972 yili Toshkentda chop qilingan «Devon»dan 216 g‘azal, 6 mustaqil muxammas, 3 musaddas, 6 tuyuq, Navoiy, Lutfiy, Jomiy, Fuzuliy, Mirzo Bedil hamda Zaliliy, Kamol, Nobiy g‘azallariga bog‘langan tazmin muxammaslar joy olgan. Keyingi yillari Amiriy ijodini kengroq o‘rganishga qiziqish kuchaydi. A.Hayitmetov, M.Qodirova,H.Muhammadxo‘jayev, R.Orzibekovning Amiriy va uning ijodiga bag‘ishlangan maqolalari, adabiy portretlari maydonga keldi.

Saidumarbek — Umarxon — Amiriy shaxsiyati va ijodi haqidagi qaydlar shoirning o‘z devoniga yozgan debochada, tarixchilar tomonidan bitilgan asarlarda, «Majmuat ush-shuaro» tazkirasida, Amiriy hayoti va ijodiga doir boshqa manbalarda uchraydi. Bu asarlar orqali Amiriy hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlarga ega bo`lishimiz mumkin. Ularning har birida Amiriy ijodiga to‘xtalib o‘tilgan. Demak, mavzuni yoritishda o‘rganilish tarixining ahamiyati o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi, biz shu o‘rganilgan manbalar orqali mavzuga oid yanada kengroq ma’lumotlarga ega bo‘lamiz va ushbu asarlardan bugungi kunda Amiriy ijodini o‘rganishda qimmatli manba sifatida foydalanamiz mumkin.


Yüklə 64,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin