O‘zbekiston respublikasi


Amiriy adabiy merosi, devoni nashri



Yüklə 64,3 Kb.
səhifə3/6
tarix16.02.2022
ölçüsü64,3 Kb.
#52670
1   2   3   4   5   6
Amiriy va uning adabiy merosi

Amiriy adabiy merosi, devoni nashri

An’anaga ko‘ra, g‘azal Amiriy she’riyatining etakchi janridir.U asosan shu janr orqali ishq ahlining amiri sifatida ko‘zga tashlanadi. Shu janrdagi asarlarida insonga xos najib his-tuyg‘ularni, hayotiy va ilohiy kechinmalarni, orzu-umidlarni tarannum etadi. Demak, muhabbat - shoir g‘azallarining yetakchi mavzuidir. Shoir :

Ishq mulkini Amirimen, muhabbat zevarim,

Istaram to subhi mahshar yor vaslidin liqo.


Boshqa bir o‘rinda shoir o'zining dil mulkiga amir, ishq shahriga shoh ekanligidan faxrlanadi:

Dil mulki Amirimen, ishq shahrini shohi,

Har biri Falotundur dargahimda chokarlar.

Muhimi shundaki, Amiriyning o‘zbek va fors tillaridagi g‘azallari o‘zining xalq diliga yaqinligi, musiqiyligi, fikriy-falsafiy teranligi, badiiy jihatdan go‘zalligi bilan kishi qalbini hayajonlantiradi. Ularni umumbashariy ahamiyatga molik go‘zal she’rlar deyishga haqlimiz. Shoirning o‘zi ham bundan faxrlangan va o‘zini o‘zi maqtashni o‘rinli deb bilgan:

Tab’ mavzun bo‘lsa, so‘z ahlig‘a moyildur Amir,

Ul sababdindurki, bilmishmen suxanvar qadrini.

Ayniqsa, uning «Qoshingg‘a teguzmag‘il qalamni», «Junun daryosi tug‘yon aylamakni mandin o‘rgandi», «Lab uyur takallumg‘a, zulfni parishon qil», «Dedi, Yusuf ko‘rub yorimni, jononing‘a sallamno», «Xusnung kamola etti, ey mahliqo, muborak», «Surma tortib qilma jodu ko‘zni, ey dilbar, qaro», «Jahon jono, jamolingga tasadduq», «Menki ul ruxsori nur afzoya oshiq bo‘lmisham», «Qizortib chehra maydin oshiqi zoringni kuydurma» misralari bilan boshlanuvchi g‘azallari o‘zbek g‘azalchiligining nodir namunalaridir. Amiriyning ishq mavzuidagi g‘azal va muxammaslari majmuidan ishq dostoni paydo bo‘ladi, deyish mumkin. Chunki ularda sevgi bilan bog'liq bo‘lgan barcha kechinmalar — visol, hijron, firoq, rashk, iztirob, umid, shodlik o‘z lirik ifodasini topgan.

Amiriyning «Qoshingg‘a teguzmag‘il qalamni» misrasi bilan boshlanuvchi mashhur g‘azalining o‘ziga xos yaratilish tarixi bor. Amiriy haqida so‘z yuritgan adabiyotshunoslar, shu g‘azalning faqat matla’si borasida gapirganlar.Bu g‘azal qo‘shiq bolib, sevilib ijro etiladi.Qadimda bo‘yoq aynimasligi uchun siyohdon ichiga ipak tashlangan. Bir gal, Umarxon she’r yozayotganida ilhom parisi — Nodira siyohdondan qalamni botirib berib turgan.Lekin qalam uchiga ipak ilashib chiqadi.Shoshganidan Nodira qalam uchidagi ipak patini qoshiga surtib, qalamni Umarxonga uzatadi.Umarxon qarasa, siyoh pati Nodiraning qoshiga surtilgan emishki, u o‘sha zahoti «Qoshingg‘a teguzmagil qalamni» satri bilan boshlanuvchi she’rini bitadi. Mana o‘sha go‘zal g‘azal:

Qoshingg‘a teguzmag‘il qalamni,

Bu xat bila buzmag‘il raqamni.

Butxonalar ichra hech tarso,

Bir ko‘rmadi sen kabi sanamni.

Oshiqlaringga tarahhum etgil,

Ko'p ay lama javr ila sitamni.

Naqshi qadaming muyassar o'lsa,

Naylay bu jahonda jomi Jamni.

Ko‘nglum qushi toyiri hariming,

Sayd etma kabutari haramni.

To bevatan o‘lmasun ko‘ngullar,

Zulfungdin ayurma pechu xamni.

La‘ling g‘amidin ko‘zum to‘kar qon,

Behuda kechurmagil bu damni.

Yo‘lungda g'ubori roh bo‘ldum,

Boshimg‘a eturmading qadamni.

Sen yordin o'zga kimga dermen,

Ko‘nglumdagi dard ila alamni.

Bir kosa sharobi arg'uvonim,

Pomol qilur hujumi g'mni.

Iqlimi vafo Amiridursen,

Ey shah, bu gadog‘a qil karamni.

Real hayotiy kechinma mahsuli - bu g‘azal 11 baytdan iborat bo‘lib, Amiriyning hajman hiyla uzun g‘azallaridan sanaladi. E’tibor bering, she’rning matla’ baytidayoq uning yaqin, dildor bir shaxsga qaratilganligiga ishora bor. Taassufki, biz uzoq yillar bu shoh bayt kimga ishora ekanligi, ikkinchi lirik qahramon kim bo‘lishi mumkinligi bilan durustroq qiziqmadik. She‘r Umarxon bilan Nodira oralarida kechgan ajoyib voqea mevasi ekanligini aniqlash xotirimizga kelmadi.Chunki Nodira she’riyati Amiriy she’riyatidan tamomila ajratilgan holda o‘rganildi. G‘azalning maqta’ baytida ham Amiriy o‘zi bilan sevikli mahbubasi Nodira oralaridagi olovli sevgi va hurmatga ishora qilib, antiteza tasvirlash usuli orqali shoh va gado mafhumlarini qo‘llaydi. Nodirani vafo iqlimining amiriga, o‘zini esa uning iltifotiga, shafqatiga muhtoj gadoga o‘xshatadi. Hayratomuz badiiy lavha!4 Amiriyning «Lab uyur takallumg‘a, zulfin parishon qil» deb boshlanuvchi g‘azali ham shoh asarlardan biridir.U yengil vazni, sho‘x ohangi, yorni samimiy erkalash ruhi bilan inson qalbini hayratlantiradi. Amiriyning boshqa ko‘p g‘azallaridagi kabi bu g‘azalda ham hayotiy lavha va bo'yoqlar qo‘llaniladi. Qarang: g‘azal matla’sidayoq «Sen shirin so‘zga lab ochsang qand-shirinlikning qimmati, anbar hidli gajagingni yozib yuborsang, anbar bahosi tushib ketadi» — deyiladi.

Lab uyur takallumg‘a, zulfni parishon qil,

Qand qimmatin sindur, narxi anbar arzon qil.

Ikkinchi baytda go‘zal «husn shohi», tengi, naziri yo‘q malohat egasi darajasiga ko‘tariladi.Oshiqlar esa, hazin, g‘arib gadolar bo‘lib, husn shohining rahm-shafqatiga, muhtoj. Bu o‘rinda shoir «Qoshingg‘a teguzmag‘il qalamni» g‘azali maqta’sidagi antitezaga o‘xshash ramziy usulga murojaat etadi:

Husn shohisen, jono, bu hazin gadolarg‘a,

Ko‘z uchi bila boqib xayr ayla, ehson qil.

Shu zaylda shoir lirik qahramon hissiyotini ayji falakka chiqaradi, ma’shuqaning o‘z husni malohati bilan dinsizni musulmon, musulmonni kofir qilishga qodir ekanligidan so‘z ochadi.Keyingi uch baytda lirik qahramon ehtiroslari yanada kuchayadi.O‘zining malak-farishtasifat oldida har qanday tobelikka tayyor ekanligini izhor etadi. G‘azalda dayr, mayxona, zohid, musulmon, sanam, gabr kabi ramziy, majoziy so‘zlarning ishlatilishi g‘azalning tasavvufiyilohiy yo‘nalishga ham ega ekanligidan dalolat beradi:

Ishq dinig‘a munkir bo‘lsa zohidi xudbin,

Ey sanam, liqo ko‘rsat, gabmi musulmon qil.

Badiiyat jilolariga e’tibor qarating!

Istasang ko‘ngullarni g‘amza yoyiga qurbon,

Qoshlaring hilolini mohi iydi qurbon qil.


Sho‘xi chashmi navxatsen, noz dashtida sayr et,

Gardi xoki poyingni surmai g‘azolon qil.


Yor la‘lidin harfe ayladim Amir insho,

Eyo ko‘ngul, bu gavharni jon ichida pinhon qil.

Birinchi baytda tajnis san’ati bor: qurbon-qurbon qilish hamda Iydi qurbonQurbon hayiti. Ikkinchi baytda lutf, mubolag‘a usullari: noz dashtida sayr etajak yorning oyog‘i tekkan tuproqlar gardini ohular o‘z ko‘zlariga surma qilsinlar. Ohuning ko‘zi o'zi tengsiz darajada go‘zal, hayratlanarli.Demak, Amiriy murojaat etayotgan, tasvirlayotgan go‘zalning ko'zlari ohular ko‘zlaridan ham chiroyliroqdir.

Insonning eng muqaddas tuyg‘ulari ko‘ngulda jo bo‘ladi. Ko‘ngul ilohiy ma’noga ham ega. Oshiq ko‘ngli yorga bo‘lgan sadoqat va muhabbatni jonidek aziz ko‘radi. Shu bois, Amiriyning boshqa ko‘p g‘azallaridek, bu g‘azal o‘sha zamondayoq shunchalar e’tibor va qiziqish uyg‘otadiki, uning saroydagi malik ush-shuaro Adodan, Fazliydan tortib qariyb barcha shoirlar Amiriy g‘azali mazmuni, vazni va radifida payrov g‘azallar bitadilar. Bu an’ana keyingi shoirlar ijodi tajribalaridan ham o‘tib, Hamza-Nihoniy ijodigacha davom etadi.Uning «Qil» radifli g‘azali Amiriy hamda Fazliyning «Qil» radifli g‘azallari ta’sirida yozilganligini eslang.

Amiriy bir qancha diqqatangez tuyuqlar ijod qilgan.Shulardan oltitasi joriy nashrda keltiriladi.Ma’lumki, tuyuq so‘z o‘yinlariga, omonimik so‘zlar jilvasiga asoslangan, hazil-mutoyiba ruhi bilan sug‘orilgan, so‘zamollikni namoyish etuvchi, kitobxonga zavqu shavq bag‘ishlovchi miniatyur lirik janrlardan biridir.Xalq og‘zaki she’riyatidagi qo‘shiq qilib aytishga moslangan bu janrning ajoyib namunalari XV—XVI asrlar o‘zbek she’riyatida uchraydi.Tuyuqlar, ularning qofiyalarida jinsdosh-tajnis so‘zlarning ishlatilishi o‘zbek tilining boyligidan, go‘zalligidan dalolat beruvchi dalillardan biridir.Biroq, bu janrning namunalari XVII—XVIII asrlar o'zbek mumtoz she’riyatida kam uchraydi. Shu nuqtai nazardan, XIX asr avvallarida xorazmlik shoirlardan Shermuhammad Munis hamda qo‘qonlik ijodkorlardan Amiriyning bir qancha original tuyuqlar ijod qilishga muvaffaq bo‘lganliklari ijobiy holdir. Munis va Amiriy a’'anaviy bu janrga yangidan hayot bag‘ishladilar, desak xato bo‘lmaydi.

Amiriy tuyuqlarida kitobxonni mulohaza qilishga, tajnis so‘zlarning ma’nolarini bilib olishga chorlovchi, uning so‘z boyligini oshirishga xizmat etuvchi joziba bor. Shu bois, ularni umumiy tarzda bo‘lsa-da, bir-bir ko‘zdan o‘tkazish foydadan xoli emas.

Birinchi tuyuq:

Orazing gulzori jannat bog‘idur,

Tori zulfungjon qushini bog‘idur.

Halqai zunnor zulfung davrida,

Kofiri ishq o'lmog'onlar bog'idur.

Birinchi misradagi «bog‘idur» — jannat, firdavs bog‘i, ikkinchi misradagisi robita, bog‘lovchi vosita, to‘rtinchi misrada esa, ishq gashtini so‘rolmaganlar, uning yo‘lida alam chekmaganlar bedard odamlardir ma’nolarida qo‘llanilgan. Ikkinchi tuyuq:

Ey parivash, gul yuzungdin parda ol,

Kim g‘amidin ko‘zda yoshim bo‘ldi ol.

Yor bo‘lg‘oylar senga mahshar kuni,

Ahmadi Muxtor ila Ashobi ol.

Birinchi misradagi «ol» tajnis so'zi «yuzingdagi pardani olib tashla», ikkinchi misradagisi «qizil» va to‘rtinchi misradagisi esa, «mahshar kuni senga avliyolar yordam beradi, jazolanishdan saqlab qoladi» ma’nolarini anglatadi.

Uchinchi tuyuq an’ana bilan bog‘liq. Sakkokiy, Xoja va boshqa bir qancha shoirlar g‘azallarida, tuyuqlarida ko‘p ma'nolarda ishlatiladigan so‘z-qofiya Amiriy tuyug‘ida ham «kechamen» so‘zi ma’nolari kengaytirilib, kecha-tun, kecha-jondin kechmoq, kecha-suv kechmoq ma’nolarida ishlatilgan.

To‘rtinchi tuyuqdagi tajnis qofiya «qoshidin» so‘zidir.Unda «yorning qoshi», «uning huzuri—qoshidan kelmoq», «zulfiyu qoshi nomusulmon qildi» ma’nolarini anglatadi.

Beshinchi va oltinchi tuyuqlarda ishlatilgan an’anaviy. «yoqadur», «chin» so‘zlari Amiriydan avvalgi shoirlar uchun ham tuyuq yaratishga xizmat etgan.

Biroq, Amiriy bu so‘zlarning yangilangan ma’no qirralarini topadi:

Ul pari jonimg‘a o'tlar yoqadur

(jonimni o‘rtaydi),

Kuygonim ko'nglig'a yaxshi yoqadur

(xush keladi, yoqadi)

Ishqida har yon tushub jaybimg‘a chok,

Telbamen piyrohanim beyoqadur

(yoqasiz).

Navxatim zulfidin ochg‘on chog‘da chin

(qulfochish),

Munfaildur mushkdin ohuyi Chin.

(Chin ohusi),

Mochin zulfi purtobidadur,

Bu so'zum yalg‘on emastur, barcha chin

(rost).

Amiriy «chin» so‘zining yanada ko‘proq ma’nolarini topib, shu radifda yetti baytli g‘azal ham yaratgan. Unda «chin» tajnisi —rost, haqiqat, tugun, kishi yuzida uchraydigan ajin, Sharqiy Turkiston (Chin o‘lkasi nomi), yor zulfining halqasi ma’nolarida ishlatilgan.

Amiriy turkigo‘y shoirlar orasida Mavlono Lutfiy va Mavlono Fuzuliy merosini ham mukammal bilgan va ularning g‘azallariga muxammaslar bog‘lagan. Lutfiyning «Ey sanavbar bo‘yli dilbar, fikri hijron qilmag‘il» (besh baytli), «Ishq tushsa har ko‘ngulg‘a dardu g‘amdin chora yo‘q» (to‘rt baytli), «Nortek yonoqlaring kibi sham’ anjumanda yo‘q» (yetti baytli), «Ey, jafodin bir zamon ko‘ngli pushaymon bo‘lmog‘on» (yetti baytli) misralar bilan boshlanuvchi ishqiyso‘fiyona g‘azallariga ham mahorat bilan muxammaslar bog‘ladi.

Manbalarda aytilishicha, Amiriy davridagi Qo‘qon adabiy muhitida shirinzabon lirik shoir Fuzuliy asarlariga qiziqish juda katta bo‘lgan, uning devonlari ko‘p nusxalarda kitobat qilingan. Qo‘qon shoirlaridan bir qanchasi Fuzuliy tili va uslubida lirik she’rlar yaratganlar. G‘oziy, Mahzuna, Xon—Madalixon, Uvaysiy, Amiriy she’riyatida bu hol yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Amiriy Fuzuliyning hofizu-xonandalar repertuaridan keng joy olgan:

Go 'shai abro 'larinda chashmi jodularmidur,

Yo'qsa kirmish yoya tirandoz hindularmidur...

Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o'landan so'r,

Zuloli zavq-shavqin tashnayi diydor o 'landan so 'r

matla’li g‘azallariga mahorat bilan muxammaslar bitdi.

Uning kimsan Jomiy, Kamol va Bedildek forsiy tildagi adabiyotning daholari misralari barobaridagi misralar yaratishga intilganligi ham Amiriy quvvai hofizasi va intellektual qobiliyatining kuchliligidan dalolat berib turadi. Shuning uchun, o‘z navbatida, ustoz darajasiga ko‘tarilgan Amiriyning shuarolar silsilasida muxlislari, ijodiy ta’lim oluvchilari paydo bo‘ldi.Uning muhitida sharoit taqozasi bilan g‘azallariga naziralar, payravlar, tazmin muxammaslar yozmagan shoiru shoiralar qolmadi.Hatto Qo‘qondan uzoqdagi qo‘shni xonliklar hududlaridagi Umarxon davridan keyingi Turkiston o‘lkasidagi qanchadan-qancha shoirlar Amiriy she’rlaridan kuchli ta’sirlandilar, unga ustoz shoir sifatida murojaat qilib turdilar. Kattaqo‘rg‘onlik zabardast epik va lirik shoir Ochildi Miriy (1841— 1899) «Muxammas bar g‘azali amiri Xo‘qandiy» sarlavhasi ostida Amiriyning «Sallamno», «Ko‘rung», «Ey, soqiy» radifli g‘azallariga, Qoshingg‘a teguzmag‘qalamni,Bu xat bila buzmag‘il raqamni matla’li go‘zal she’riga ajoyib muxammaslar bog‘ladi. U o‘zining amir so‘ziga ma’nodosh Miriy taxallusi bilan ijod qilayotganligidan faxrlandi. Olis Xiva xonligidagi Feruz davri adabiyotining ulkan namoyandasi Ogahiy devonidagi tazmin muxammaslar ichida biz farg‘onalik shoirlardan Amiriy g‘azallariga bog‘langanlarining guvohi bo‘lamiz. Shular ichida Amiriyning mahorat bilan yozilib, hanuz hofizlar kuyida jaranglab turgan «Lab uyur takallumga zulfni parishon qil,Qand qimmatini sindur, narxi anbar arzon qil matla’li g‘azali ham bor.

O‘zbek adabiyotining peshqadam namoyandalari — Muqimiy, Furqat, Muhyi, Nihoniy ijodini, xususan, lirik she’rlarini Amiriy she'rlari ta’sirisiz tasavvur etish qiyin.Muqimiyning beshta tazmin muxammasi Amiriy g‘azallari asosida ijod qilinganligi bunga dalildir. Bu hol Amiriyning adabiyotga homiyligini, ustoz shoir sifatidagi mavqeini yanada chuqur o'rganishni taqoza etadi.Amiriy devonining eng yaxshi ko‘lyozmasi asosida filologiya fanlari doktori Mahbuba Qodirova 1972 yili she’rlarini «Devon» nomi bilan chop ettirdi, unga ancha tafsiliy kirish so‘z yozdi. Bungacha ham uning she’rlaridan namunalar 1945 yili nashr qilingan.Amiriy tomonidan devoniga yozilgan debocha adog‘ida unga kiritilgan she’rlarniing yozilish tarixi, tartib berilishi hamda «so‘z gavharlarining sarroflari» va zufununlar maslahatlari bilan devon tarzida kitobat qilinishiga doir fikrlar keltirilgan.1972 yili Toshkentda chop qilingan «Devon»dan 216 g‘azal, 6 mustaqil muxammas, 3 musaddas, 6 tuyuq, Navoiy, Lutfiy, Jomiy,Fuzuliy, Mirzo Bedil hamda Zaliliy, Kamol, Nobiy g‘azallariga bog‘langan tazmin muxammaslar joy olgan. Amiriy tomonidan devoniga yozilgan debocha adog‘ida unga kiritilgan she’rlaming yozilish tarixi, tartib berilishi hamda «so‘z gavharlarining sarroflari» va zufununlar maslahatlari bilan devon tarzida kitobat qilinishiga doir fikrlar keltirilgan.5


Yüklə 64,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin