O„zbekiston respublikasi



Yüklə 286,9 Kb.
səhifə1/61
tarix15.04.2022
ölçüsü286,9 Kb.
#55491
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
O„zbekiston respublikasi

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

SANOAT ISHLAB CHIQARISHINI TASHKIL ETISH” KAFEDRASI



«Investitsiya loyihalari tahlili”

FANIDAN


MA‟RUZALAR KURSI


Andijon 2019

Investitsiya loyihalari tahlili. Ma‘ruzalar kursi. – A.: And.MI, 2019, 102– bet.


Taqrizchilar:




  1. E. Qo„ldoshev -AndMI «Axborot texnologiyalari» kafedrasi dotsenti, i.f.n.





  1. G.Zufarova- TADU Andijon filiali «Agrobiznes va investitsion faoliyat» kafedrasi dotsenti, i.f.n.

«Investitsiya loyihalari tahlili‖ fani birinchi navbatda iqtisodiyotda innovatsion va investitsion jarayonlarni samarali yo‘lga qo‘yish asosida uning raqobatbardoshligini oshirish masalalarini o‗rganishni asosiy maqsad qilib oladi. Investitsion faoliyatga ta‘sir etivchi omillar, davlatning roli, loyihalarni moliyalashtirish, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish, sug‘urtalash kabi qator masalalarni o‗rganishni, loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish bosqichlarini, ulardagi xarajatlar, loyiha samaradorligi kabi ko‘plab jihatlarni chuqur o‘rganish, loyihalarni samarali boshqarish uchun asosiy omillarni aniqlash va tahlil qilishni o‘rgatadi.

Kirish

Mamlakatimizning iqtisodiy sohadagi vazifalardan biri, O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar Strategiyasida belgilangandek, «... mamlakatimizning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizinng jahon iqtisodiyoti tizimiga keng ko‗lamda integratsiyalashuvini ta‘minlash. Iqtisodiyotning barcha sohalarida raqobatbop va eksportbop tayyor mahsulotlarning turi va salmog‗ini ko‗paytirishimiz, jadal harakat qilib, jahon bozoridan o‗zimizga munosib mustahkam o‗rin egallashimiz kerak».1



Bu vazifalarni ijobiy xal etish, ularni ta‘min etuvchi ko‗plab investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali erishiladi. Umumiy hisobda Harakatlar Strategiyasida 2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro`yobga chiqarish rejalashtirilgan. Natijada ushbu yillarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning YaIMdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog`i ulushi 80 dan 85 foizgacha oshadi.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‗pchiligi xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda bajarilmoqda.

2019 yil uchun qabul qilingan ―Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili‖ Davlat dasturiga asosan iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlari va ijtimoiy sohada yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, umumiy qiymati 16,9 trln. so`m va 8 milliard 100 million AQSH dollariga teng bo‗lgan investitsiya mablag‗larini o‗zlashtirish ko‗zda tutilgan.2

Bu va bundan keyingi investitsion loyihalarni Respublikamizning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va uni rivojlantirish, hamda milliy iqtisodiyotni jahon xo‗jalik tizimi bilan uyg‗unlashtirishi yo‗naltirish, jihatdan davr talabiga javob beradigan rahbar va mutaxassis kadrlar tayyorlashga bog‗liqdir. CHunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat manfaatini himoya qilish, jahon andozasi darajasida mahsulot ishlab chiqarish orqali jahon bozorida mustahkam o‗rin egallash uchun qabul qilinayotgan u yoki bu investitsion loyihaga bahoni rahbar va mutaxassis kadrlar beradi. SHu boisdan har qanday loyihaga ob‘ektiv baho beraoladigan, yuqori darajada bilimli, ishlash kobiliyatiga ega bo‗lgan malakali mutaxassislar tayyorlash kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Bu o‗rinda «Iqtisodiyot» yo‗nalishlaridagi bakalavrlar tayyorlashda «Loyihalar tahlil» fani muhim o‗rin egallaydi.

Fanning o‗qitishdan maqsad talabalarga milliy, ma‘naviy, zamonaviy iqtisodiy dunyoqarashni shakllantirish, respublika xalq-xo‗jaligini jaxon andozalari darajasida rivojlantirishda investitsion loyihalar va ularni tahlil qilish hamda ishlab chiqish yo‗llarini mukammal o‗rgatishdir.

Ushbu ma‘ruza kursi loyihaviy tahlilning mazmuni va mohiyati, usullari hamda loyihani asosiy bosqichlarini yoritishga harakat qilingan.


    1. Modul. LOYIHA TAHLILI BILAN BOG‟LIQ IQTISODIY KONSEPSIYALAR




  1. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakat lar Strategiyasi, Xalq so‘zi, 2017 yil, 8 fevral

2 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ―2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvr yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini ―Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili‖ da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to`g`risidagi farmoni, 2019 y. 17 yanvar

Yüklə 286,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin