Loyiha tahlilining mohiyati va vazifalari.
Loyiha tahlili — xarajatlar va daromadlar hamda loy-iha bilan borliq bo‗lgan qaltislikni (tavakkalchilikni) ti-zimli baholash va ochib berish asoeida loyihalarni tayyorlash, baholash va tanlab olish usulidir. Loyiha tahlilining katta qismi loyiha davrining dastlabki bosqichvda, ya‘mi uni qabul qilish yoki qilmaslik to‗g‗risida qaror qabul qilingungacha amalga oshiriladi.
Loyihaning daromadliligini aniqlash loyiha tahlilining vazifasi hisoblanadi. Daromadlilik esa loyihadan olinadigan daromad bilan unga qilingan xarajatlar o‗rtasidagi farq sifa-tida aniqlanadi. YA‘ni loyihaning daromadliligani aniqlash uchun uning barcha natijalarini aniqlash hamda loyihadan olingan daromadlar unga qilingan xarajatlardan ortish yoki ortmasligi-ni hisoblab kurish kerak. CHunki loyihani amalga oshirish uchun bugun qilinayotgan xarajatlar bilan undan qandaydir vaqt o‗t-gandan keyin olinadigan daromadlarni bevosita solishtirib bo‗l- maydi. Loyihaning ko‗pgina aktivlari va inshootlari uzoq mud-dat xizmat qilishi buning sababi hisoblanadi . Loyihaning ay-rim xarajatlari va natijalarini, masalan, qurilish ishlari xa-rajatlarini o‗lchash va baholash oson. Boshqalarini esa o‗lchash oson, lekin baholash ancha qiyin. Masalan, xodimlarni o‗qitish xarajatlari va natijalarini miqdoriy va sifat jihatdan o‗l-chash oson, lekin real natijalarini baholash ancha murakkab.
Nihoyat, ayrim loyihalar natijalarini, masalan loyiha-larning an‘anaviy faoliyat turlariga ta‘sirini o‗lchash ham, baholash ham qiyin.
Loyiha xarajatlari turli xilda bo‗lishi tufayli loyi-ha har xil nuqtai nazardan ko‗rib chiqiladi.
Loyiha texnik jihatdan asoslanganmi?
Loyiha tijorat talablariga javob beradimi?
Loyiha o‗z-o‗zini moliyaviy jihatdan qoplaydimi?
U iqtisodiy jihatdan o‗zini oqlaydimi?
Loyiha atrof -muhitga kanday ta‘sir o‗tkazadi?
Loyiha mahalliy ijtimoiy - madaniy xususiyatlarnihisobga olganmi?
Loyihani amalga oshirishning institutsional (tashki-liy) imkoniyatlari bormi?
Ijobiy natijalar yalpi xarajatlardan ortish-ortmasligini aniqlash zarur. Xarajatlarni tahlil qilish uchun quyidagi savollarga javob olishimiz kerak:
Loyihaning biz istagan natijasi qanday?
Loyiha xarajatlarini kim ko‗taradi va uning ijobiynatijalaridan kim foydalanadi?
Loyihaning ijobiy natijalari qachon va qaerda paydobo‗ladi?
Loyihaning yakuniy qiymati to‗g‗risida tasavvurga ega bo‗-lish uchun loyihaga aloqador bo‗lgan kishilarning turli guruh-lari olgan foyda va qilgan yuqotishlarni qanday taqqoslash va jamlash kerak?
Bu loyihaning yakuniy ijobiy natijasi boshqa mumkin bo‗lgan loyihalar natijasidan nimasi bilan farq qiladi?
Loyiha tahlili loyihani shakllantirish jarayonining uzidayoq uning turli jihatlari ta‘sirini va rolini o‗zgarti-rish imkonini beradi. Har qanday yangi axborot, agar foydali bo‗lsa, ilgari qabul qilingan karorlarni o‗zgartirish uchun sa-bab bo‗lishi mumkin.
Demak, loyiha-smeta hujjatlari loyiha tahlili jarayo-nida, ya‘ni loyihaning turli jihatlarini ko‗rib chiqish nati-jalari va yangi olingan axborotlardan kelib chiqib, ilgari berilgan baholarni tuzatish bilan birga ishlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |