R E J A
Fanning mavzui, vazifasi va tamoyillari (prinsiplari).
Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati.
Investitsiya loyihalari tushunchasi.
Investitsiyalar tahlilida asoslaniladigan asosiy iqtisodiy konsepsiyalar (maqsadlar, tushuncha).
Investitsiya siyosatining mohiyati va yo‗nalishlari.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllari va yo‗nalishlari.
Fanning mavzui, vazifasi va tamoyillari (prinsiplari).
Ma‘lumki, har qanday yangi turdagi yangi sifatdagi mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‗rsatish va mavjud mahsulot hamda xizmat ko‗rsatish turini takomillashtirish muayyan loyiha asosida amalga oshiriladi. Ko‗zlangan maqsadga erishish, bu boradagi loyihani qay darajada ilmiy asoslanib, ob‘ektiv sharoitlarni xisobga olib tuzilganligi va uni yashovchanligi bilan belgilanadi. Bu xol har qanday yangi loyihani amalga oshirishdan avval, uni chuqur tahlil qilishni taqazo etadi. Aks holda kutilgan natija barbod bo‗lishi mumkin. SHu boisdan korxona, tashqilot rahbari va uning mutaxassislari loyiha hamda uni tahlil qilishni bilishlari zarur.
Loyihaviy tahlil fanining mavzui - loyiha va uni turlari, tahlilning asosiy tushunchalari, loyiha tahlilining usullari, loyiha tsiklining bosqichlarini bayon qilishdir. SHuningdek mamlakat xalq xo‗jaligini yanada rivojlantirishda loyihalar va ularning tahlilini ahamiyatini yoritishdir.
Fanning bosh vazifasi - mustaqil Respubikmizning iqtisodiy- ijtimoiy va siyosiy qudratini mustahkamlaydigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashdir. CHunki, dunyoda turli manfaatli va g‗oyali davlatlar mavjud bo‗lib, ularning iqtisodiy rivojlanishi turlicha. Xalqaro tartibga ko‗ra, har qanday davlat o‗zini xavfsizligini himoya qilish uchun xorijiy investitsiyalarni manbaalashtirish va ularning o‗lchamlarini bilish xuquqiga egadir. Agar davlat manfaati xalqaro tashqilotlar yoki biror xorijiy mamlakat tomonidan oldinga so‗rayotgan shartlarga to‗g‗ri kelmasa, unda davlat manfaatini himoya qiluvchi aniq milliy belgilangan yo‗l zarur bo‗ladi. Uni himoya qilish uchun esa u yoki bu investitsion loyihaga baho bera oladigan, dunyo saviyasida ishlash kobiliyatiga ega bo‗lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash kerak bo‗ladi. Bu vazifani mazkur fan bajaradi.
Fanning ikkinchi vazifasi - loyiha ―Qiymatini‖ belgilashdir. Bunda loyihada ko‗rsatib o‗tilgan barcha natijalarni baholab chiqiladi va loyihadan olinadigan daromadni uni ishga tushirilishiga sarflangan xarajatlardan ortiqligi aniqlanadi. Biroq, fanning vazifasi loyihani faqat iqtisodiy jihatdangina samarali ekanligini ko‗rib chiqmasdan, balki uni boshqa jihatlarini ham tahlil qilishdir. YA‘ni loyiha texnikaviy asoslanganmi?, u tijorat bo‗yicha hayot kechirish kobiliyatiga egami?, u atrof muhitga qanday ta‘sir ko‗rsatadi?, loyiha maxalliy xususiyatlarni xisobga oladimi?, loyihani amalga oshirilishida institutsional (boshqaruv tarkibi) imkoniyatlar mavjudmi?, loyihani amalga oshirish moddiy mablag‗ bilan ta‘minlanganmi?.
Fanning uchunchi vazifasi - loyihani foyda va xarajatlarini tahlil chogida quyidagi savolarga javob olishdir:
loyihani noxush natijasi qanday bo‗ldi.
loyiha bo‗yicha xarajatlarni kim qiladi va loyihani ijobiy natijalaridan kim foydalandi.
loyihani ijobiy natijalari qachon va qanday xosil bo‗ldi.
loyihaga munosabati bo‗lgan jismoniy va yuridik shaxslarni turli guruhlari uchun turli turdagi samarani qachon va qanday taqqoslash va jamg‗arish mumkin bo‗ladi.
Ushbu loyiha ijobiy natijasi boshqa imkonli (muqobil) loyihalar natijasi bilan qanday o‗zaro nisbatda bo‗ladi?
Fanning pirovard vazifasi - biror tovar mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‗rsatish bo‗yicha taklif etilayotgan bir qancha loyihalarni tahlil qilish orqali eng maqbulini tanlashni o‗rgatishdir. Bu xol loyihaviy tahlil fanning Respubikamiz taraqqiyotining zamini ko‗rilayotgan xozirgi kunda, eng dolzarb masalalarni ijobiy xal qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ifodalaydi.
Mazkur fanni chuqur o‗rganish har bir tadbirkorni, korxona, tashkilot rahbari va mutaxassislarini, o‗z korxonasidagi muammolarga loyihaviy tahlili usuli bilan nazar tashlash orqali uni kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, istiqbolni belgilash va qo‗yilgan maqsadlarga erishish imkonini aniqlash hamda qiyinchiliklarni bartaraf etib yo‗llarini topishga imkon beradi. Bu esa korxonani bozor munosabatlari sharoitida muvofaqqiyatli ishlashini kafolatlaydi.
Loyihaviy tahlil fani o‗z faoliyatida quyiidagi qoida(prinsip)larga amal qiladi.
Avvalgi mehnat mahsulini saqlab qolish. Bu qoidani mohiyati shundaki, avvalam bor iloji boricha avvalgi mehnat tufayli yaratilganlarni saqlash, so‗ngra esa yangi investitsiya loyihalari xaqida o‗ylashni ifodalaydi. Bu erda mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ―YAngisini qurmasdan eskisini bo‗zma‖ degan so‗zi o‗rinlidir. YA‘ni har bir navbatdagi yangi loyiha o‗zidan oldingisini xulosa va natijalarini xisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Loyiha taraqqiyotini tsiklligi. Bu qoida (prinsip) loyihani maqsad sari yo‗naltirilgan faoliyati sifatida resurs va vaqt bilan cheklangan bo‗lib, o‗zining taraqqiyoti davrida bir qator ketma-ket keladigan bosqichlardan: asosiy maqsad va vazifalarni aniqlashdan boshlab to to‗la- to‗kis bitkazilib uni natijalarini baholashgacha bo‗lgan davrini bosib o‗tishini ifodalaydi.
v) Loyiha tahlili bo‗yicha qabul qilinadigan qarorlarni sitqidildan tayyorlanish qoidasi (prinsipi). Loyihaviy tahlilning pirovard mahsuli loyihani investitsiyalash to‗g‗risida qaror qabul qilishdir. SHuning uchun bu prinsip fanning muhim qoidasi xisoblanadi. Bu prinsipni mohiyati tahlil qilingan loyihani, barcha bosqichlarini, yetarli darajada ilmiy va ob‘ektiv baholab, uni amalga oshirish bo‗yicha qaror qabul qilishni talab etadi. CHunki, qaror qabul qilinishda loyihani tayyorlov bosqichini yetarli darajada baholamaslik loyiha uchun belgilangan (rejalashtirilgan) mablag‗larni xarajat qismini ko‗payishiga va samaradorlikni pasayishiga olib keladi.
Jaxon banki mutaxassislarining xulosasiga ko‗ra, amaliyotda loyihani belgilangan reja bo‗yicha amalga oshirish ehtimoli 10-50% bo‗lishi mumkin. SHu sababli mablag‗larni investitsiya qilinish xaqidagi qarorni asoslanishi loyihani amalga oshirilishini tavakkalchilik darajasi miqdoriga bevosita bog‗liqdir.
Loyihaviy tahlil fani o‗zining taraqqiyoti va rivojlanishida hamda amaliy faoliyatida: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, menejment, tashqilot nazariyasi, moliya, buxgalteriya va audit, marketing, kibernetika, ekologiya, texnika-texnologiya, ijtimoiy va boshqa fanlar bilan o‗zviy aloqada bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: |