44
yaratiladi. Ularda nutqiy dialog ko`rinishi etakchilik qiladi. Sharq xalqlari og`zaki
ijodidagi latifalarning o`z qahramonlari mavjuddir. O`zbeklarda Nasriddin Afandi
yoki Xo`ja
Nasriddin, qozoqlarda Aldarko`sa, tojiklarda Nasriddin Afandi va Jo`xi,
turkmanlarda Mirali nomlari mashhur. Shuni ta`kidlash lozimki, Sharq xalqlari
yaratgan latifalar mohiyati jihatidan bir-biriga juda o`xshaydi. Aynan bir mavzudagi
latifaning qahramoni o`zbeklarda Nasriddin, hindlarda Birbol, qozoqlarda
Aldarko`sa nomi bilan yuritilgan holatlar ma’lum.
Bunday vaziyatning vujudga
kelishi Sharq xalqlarining tarixan bir-biriga yaqin yashaganliklari bilan izohlanadi.
O`zbek xalq og`zaki ijodida Nasriddin obrazining vujudga kelishi asosan XIX
asrning ikkinchi yarmida matbaaning rivojlanishi bilan bog`liqdir.
Qrimda nashr
etilgan «Tarjumon» gazetasida kichik-kichik latifalarning hamda Tiflisad chop
etilgan “ Xo’ja Nasriddin” jurnalining asosiy qahramoni Xo`ja Nasriddin Afandi edi.
Turkistonda litografiyaning paydo bo`lishi natijasida xalq kitoblarini nashr etish ham
ommaviy tus oladi. Bundan yuz yil muqaddam o`zbek latifalari
«Nasriddin Afandi
Dostları ilə paylaş: