O`zbekiston respublikasi


Qo`lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

Qo`lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, 


66 
Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot. 
Nasihatim yodingda tut, yolg`izim,
Yolg`iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot. 
Biz shoirdan yozib olingan «Ravshan» dostonini o`rta maktab adabiyot 
darsliklaridan o`qib o`rganganmiz. Ayniqsa dostondagi Ravshan tomonidan Qalpoq 
bozorini qidirib yurib aytilgan parcha juda xarakterlidir. Bu o`rinda shoir Sharq 
bozorlarining to`kin-sochinligi va xilma-xilligini badiiy jihatdan yuksak mahorat 
bilan tasvirlab bergan. Ergash Jumanbulbul o`g`li og`ir kasallikdan so`ng 1937 yil 12 
may kuni vafot etgan.
 
FOZIL YO`LDOSH O`G`LI (1872-1955) 
Bulung`ur dostonchilik maktabining mashhur vakili Fozil Yo`ldosh o`g`li 1872 
yilda Samarqand viloyatining Bulung`ur tumaniga qarashli Loyqa qishlog`ida 
tavallud 
topgan. 
Uning 
ota-bobolari 
dehqonchilik, 
chorvachilik 
bilan 
shug`ullanishgan hamda dostonlar ijro etib, xalq orasida obro`-e`tibor qozonishgan. 
1877 yilda Yo`ldosh 5 yoshida otasidan yetim qoladi. Shu tufayli u 9 yoshga 
to`lmasdan yollanib podachilik qiladi. Bu haqida «Kunlarim» nomli termasida 
alohida aytib o`tgan.
Fozil Yo`ldosh o`g`lidan folklorshunos olimlar 30 dan ortiq dostonlarni yozib 
olganlar. Masalan, «Alpomish», «Yodgor», «Yusuf bilan Ahmad», «Malika ayyor», 
«Mashriqo», «Zulfizar», «Balogardon», «Intizor», «Nurali», «Jahongir», 
«Murodxon», «Rustamxon», «Shirin bilan Shakar», «Ra`no bilan Suxangul», 
«Zevarxon» singari mashhur dostonlar mavjud. Bular orasida «Alpomish» dostoni 
juda mashhur va o`zbek xalq qahramonlik eposlari orasida eng mukammali 
hisoblanadi. Bu dostonni shoirdan 1928 yilda Hodi Zarif rahbarligida Mahmud 
Zarifov yozib olgan. «Alpomish» dostonini shoir butun umri davomida kuylab 
yurgan. Hamid Olimjonning ta`rifi aytagda, bu doston Fozil Yo`ldosh o`g`li uchun 
shoirlik beshigi bo`lgan.
«Alpomish» dostoni birinchi marta 1939 yilda Hamid Olimjonning salmoqli so`z 
boshisi bilan bosilib chiqdi.
Doston 1952 yilda sovet tuzumi siyosatiga mos emas deb ayblandi. 1999 yilda 
O`zbekiston Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan «Alpomish» dostonining 1000 
yilligi keng nishonlandi. Yubiley munosabati bilan boshqa tillarga qilingan tarjimalar 
va yangi nashrlar Fozil Yo`ldosh o`g`lining variantiga asoslanganligi diqqatga 
sazovordir. Folklorshunos olima Ziyoda Masharipova to`g`ri ta`kidlaganidek: 
«Alpomish» dostonini kuylashda hech bir baxshi Fozil shoirga tenglasha olmagan». 
Fozil shoir zamonasining mashhur baxshisi Yo`ldoshbulbulning mehrini qozonadi va 


67 
undan doston aytish sirlarini o`rgangan. U doston aytish bilan birga dehqonchilik, 
chorvachilik bilan shug`ullanishda davom etgan. Qishlog`ida Fozil Yo`ldoshdan 
epchil o`roqchi bo`lmaganligini hamqishloqlari hikoya qilib berishgan.
Yosh baxshi jismoniy mehnat qilish bilan bir qatorda ustozi Yo`ldoshbulbul va 
boshqa baxshilardan 40 dan ortiq xalq dostonini o`rganadi. Fozil shoirdagi o`ta kuchli 
xotira, mehnatsevarlik va talabchanlik uning mashhur baxshi bo`lib tanilishiga asos 
bo`ldi. U 19 yoshida ona qishlog`iga qaytadi, baxshi sifatida nom taratadi. XX asr 
boshlarida ro`y bergan tabiiy ofat natijasida «Chigirtka» termasini yaratgan. Chor 
hukumatining mustamlaka yurtlardan mardikorlikka olish haqidagi farmoniga qarshi 
Jizzaxda bo`lib o`tgan qo`zg`olon haqida «Jizzax qo`zg`oloni», «Mamatkarim 
polvon» nomli kichik dostonlarni yaratdi. Bu bilan shoir zamonaviy mavzularda 
tarixiy dostonlar yaratishga asos soldi. Shuningdek, Fozil Yo`ldosh o`g`li mumtoz 
adabiyot namunalari asosida yaratilgan «Farhod va Shirin» singari kitobiy 
dostonlarning muallifi sifatida ham ulug`lanadi. Fozil Yo`ldosh o`g`li 1955 yilda 83 
yoshida o`z qishlog`ida vafot etdi. Shoir ijodini 1922 yildan boshlab G`ozi Olim 
Yunusov, keyinchalik Hodi Zarif, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda, V.M. 
Jirmunskiy, Muhammadnodir Saidov, Bahodir Sarimsoqov kabi olimlar tadqiq 
etishdi. Adabiyotshunos Tojiboy G’oziboyev shoir haqida maxsus tadqiqot olib 
borganva ikkita monografiya nashr ettirgan. Ularning ishlarini To`ra Mirzayev, 
Shomirza Turdimovlar davom ettirmoqdalar.
Fozil Yo`ldoshdan yozib olingan «Alpomish» dostoni xalqimiz sevib o`qiydigan 
kitoblardan biri bo`lib qoldi, desak mubolag`a emas.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin