75
Bolalar xilma-xil janrlardagi ana shu qo`shiqlarning qay birini shovqin solib,
qay birini jo`r bo`lib,
qay birini raqsga tushib, qay birini yakka holatda, qay birini
yurib yoki sakrab turib, hakkalab chopgancha aytishni ham yaxshi biladilar.
Xuddi shu asosda bolalar folklori navqiron avlodning
yosh psixologiyasi
xususiyatlarini, badiiy ijodkorligi salohiyati va imkoniyatlarini ifodalagan, unda
bolalarning voqealikka munosabatlari, estetik-axloqiy
qarashlari va rang-barang
tuyg`u-kechinmalari o`z aksini topgan. Binobarin, bolalar folklori yosh avlod
tarbiyasida juda katta ahamiyatga egadir.
Savollar:
1. Bolalar folklori kim tomonidan yaratiladi?
2. Bolalar folklorini kimlar ijro etadi?
3. Alla nima?«Alla» haqida Ibn Sino nima degan?
4. Sanamachoqlar va hukumlagichlar nima?
5. Chandish nima? Ovutmachoqlar-chi?
6. Tez aytishlarning qanday ahamiyati bor?
7. Bolalar qo`shiqlarining qanday ahamiyati bor?
Dostları ilə paylaş: