85
uchun bu janrga murojaat qilingan», - deb yozadi
folklorshunos olim Omonilla
Madayev.
Askiya Toshkent, Farg`ona, Andijon, Namangan viloyatlarida keng tarqalgan.
Qo`shni Qirg`izistonning O`sh, Jalolobod viloyatlarida ham askiya ko`plab aytiladi.
Dastlab hunarmandlar orasida paydo bo`lgan askiya keyinchalik
xalqning maishiy
hayoti tarkibidan o`rin olib, gap -gashtaklarda aytib kelingan. Asta-sekin turli
sayillarda, to`ylarda askiya aytish odat tusiga kirgan va o`ziga
xos musobaqa tusini
olgan. Katta to`ylarga, bayramlarga mashhur askiyachilar maxsus taklif qilingan.
Askiyaning turlari juda ko`p bo`lib, folklorshunos olimlarimiz
«Payrov»,
«Bo`lasizmi?», «O`xshatdim», «Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz?», «Tutal»,
«Rabbiya», «Safsata», «Qofiya», «Radif» kabi turlarini aniqlaganlar.
Askiyaning
payrov turi muayyan mavzu atrofida ijro etiladi. Payrovda
askiyabozning «raqibi»ga aytgan so`z va jumlasi ko`chma ma`no kasb etishi shart.
Bundan tashqari, u istiora, o`xshatish, sifatlash kabi badiiy
tasvir vositalari, tanosub,
tajnis, mubolag`a, singari ifoda vositalaridan keng foydalangan bo`lishi kerak.
Payrovlarda askiyabozdan raqibining ko`rinishi, xarakterli qiliqlariga mos laqabni
topa bilish talab etiladi. Payrov davomida so`z yoki
jumlalar orasiga qistirib
yuboriladigan laqab, so`z o`yini, lutf, ihom orqali qarshi taraf-askiyabozning
portretiga, kasbiga va laqabiga shama qilinadi. Bunga
javob qaytaruvchi undan
kuchliroq hajv qilishga urinadi. Hazil-mutoyiba nafosat doirasidan chetga chiqmasligi
lozim. Chunki folklorshunoslarning ta`kidlashlaricha, bu janrning pornografiya (uyat
so`zlar) bilan bog`liqligi bor. Shuning uchun hamma askiyalarni yozib olishni yoki
radio va televidenieda namoyish qilishning imkoniyati yo`q.
Odatda, meva, parranda, dehqonchilik, paxta, qo`shiq, kitoblar, kino, dramatik
asarlarning nomlari, musiqa asboblari mavzularida payrovlar aytish an`anaga
aylangan. Shulardan ashula payrovi Shunday boshlanadi:
Mahmudjon:-Dadajon, otarchiligingiz hech qolmadi-da!
Xaridor topilmasa,
Dostları ilə paylaş: