81
4. Abu Rayhon Beruniy asarlari.
5.
Xorijiy manbalar
O`zbek xalq og`zaki juda qadim zamonlardan buyon mavjud bo`lgan turkiy
tilda so`zlashuvchi elatlar og`zaki ijodining bir qismidir. Bu namunalarning tarixi 3-4
ming yil avval yaratilgan yozma manbalardan ma`lum bo`ladi. Bunday yozma
manbalar qatoriga zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»ni, qadimgi pahlaviy
tilda yaratilgan «Bexistun», «Bundaxishn», «Denkart» kabi kitoblarni, O`rxun-
Enasoy
yodgorliklarini, Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar» va «Hindiston» deb nomlangan asarlarini, Mahmud Koshg`ariyning
«Devonu lug`otit turk» kitobini kiritamiz. Bular qatoriga yana Shuningdek, qadimgi
yunon tarixchisi Heradotning «Tarix», qadimgi Rim tarixchisi Polenning «Harbiy
hiylalar» kabi tarixiy kitoblarini ham kiritish mumkin.
Avesto kitobi muallifi yashagan hudud va kitob yaratilgan joy masalasi bir
necha o`n yillar davomida turli munozaralarga sabab bo`ldi. Keyingi yillarda tarixchi
va qadimshunos olimlarimizning fidokorona mehnatlari chuqur ilmiy izlanishlar olib
borishlari natijasida bu muqaddas kitobning vatani O`zbekiston, aniqrog`i Xorazm
ekanligi isbotlandi. Tarixiy haqiqat qaror topdi.
Abu Rayhon Beruniyning xabar berishiga qaraganda
Makedoniyalik Iskandar
bostirib kelgan paytda Buxorodagi kutubxonada Avestoning 12 ming qora mol
terisiga oltin suvi bilan yozilgan noyob nusxasi bo`lgan. Aleksandr bu kitobning
tabobatga oid bo`lgan va o`zi zarur deb bilgan qismini yunonistonga yuborib, qolgan
qismini yondirib yuborgan. Avestoda ezgulik va yovuzlik kuchlari o`rtasidagi kurash
Axura Mazda – Xurmuzd (Yaxshilik dunyosi) hamda Angra Manyu – Axriman
(yovuzlik dunyosi) timsolida aks ettirilgan. Bu kurash abadiy davom etadi va oxirida
ezgulik kuchlari g`alaba qozonishi bashorat qilingan.
«Avesto»da suv, havo, olov va tuproq ulug`langan. Shu to`rt unsurni toza va
pok saqlash odamlarning muqaddas burchi deb uqtirilgan.
Professorlar Hamidjon
Homidov va Baxtiyor Do`schonovlarning «Avesto va tibbiyot» risolasida
ta`kidlanishicha yuqoridagi to`rt narsani iflos qilgan kishi ayovsiz jazolangan.
Xalqimiz orasida yosh avlodga nasixat tarzida hozirgi kunda ham suvga, o`tga,
osmonga tupurma, axlat tashlama, erni (tuproq) iflos qilma,
erni tepma shaklida
aytilayotgan o`gitlarning qadimiy ildizlari «Avesto»ga borib bog`lanadi, desak
mubolag`a bo`lmaydi.
«Avesto»da ko`p o`rinlarda tilga olingan Mitraga xos xususiyatlar keyinroq
folklorimizdagi boshqa timsollarga ko`chganligi ham sir emas. O`rxun-Enasoy
yodgorliklarida qadimgi ajdodlarimizning ona-yurt mustaqilligi uchun olib borgan
kurashlari yuqori pafosda tasvirlanadi. Turk xoqonligining Tunyuquq, Eltarish,
82
Kultegin, Bilga xoqon singari mard farzandlari Tabg`ach
hukmdorlariga qarshi
fidokorona kurash olib boradilar va g`alabaga erishadilar. Bitiktoshda VII-VIII
asrlarda bo`lib o`tgan tarixiy voqealar badiiy shaklda o`z aksini topgan. Ularda o`nlab
xalq maqollari, ibratli so`zlari keltirilgan. Bir so`z bilan aytganda bu toshbitiklarni
Vatan ozodligi haqidagi qo`shiq deb atash mumkin.
Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lug`otit - turk» asarida bundan ming yil
muqaddam turkiy xalqlar og`zaki ijodida mavjud bo`lgan maqol, matal, afsona,
rivoyat
va
qo`shiqlardan
namunalar
keltirilgan.
Adabiyotshunos
olim
A.Abdurahmonovning ta`kidlashicha bu kitobda keltirilgan she`riy
parchalar Alp Er
Tunga – Afrosiyob haqidagi jangnomaning qismlaridir. Shu o`rinda «Devon»da
keltirilgan maqollarning ayrimlari hozirgi kunda ham nutqimizda qo`llanilayotgani
diqqatga sazovordir. Masalan: «Osh totig`i tuz», «Yilqi olasi tashdin, odam olasi
ichdin», «Bir qarg`a bilan qish kelmas», «Ko`sov uzun bo`lsa, qo`l kuymaydi» kabi
maqollar hozir ham aynan ishlatiladi.
Abu Rayhon Beruniyning bir qator asarlarida xalqimiz o`tmishiga oid qimmatli
ma`lumotlar keltirilgan. Shu jumladan Navro`z bayrami tarixiga oid keltirilgan fikr-
mulohazalar muhim ahamiyat kasb etadi.
O`zbek folkloriga oid ma`lumotlarning bir qismi chet ellik mualliflarning
qalamiga mansub kitoblar orqali ham yetib kelgan. Bu o`rinda
yunon tatixchisi
Herodotning «Tarix», qadimgi Rim tarixnavisi Polenning «Harbiy hiylalar» nomli
kitoblarni va boshqa manbalarni eslash kifoya. Homerning «Iliada», «Odisseya»
dostonlari bilan «Alpomish»ni qiyosiy o`rganish haqida G`ozi olim Yunusov 1923
yildayoq eslatgan edi.
Keyingi yillarda televideniye orqali namoyish etilgan hind xalqining mashhur
eposlari asosida suratga olingan «Ramayana», «Mahobhorat» kabi teleseriallardan
ma`lum bo`ladiki, o`zbek xalqining qadimgi qahramonlik eposlarida ilgari surilgan
ezgu g`oyalar jahonning boshqa xalqlari qarashlari bilan chambarchas bog`liq va
mushtarakdir.
Dostları ilə paylaş: