79
Prof. B. Sarimsoqov xalq turmushida o`rin egallagan
marosimlarni ikki yirik
turga ajratadi:
1. Umumxalq tomonidan amalga oshiriladigan ommaviy xalq marosimlari.
2. Oilaviy marosimlar.
Yuqorida tilga olgan marosimlar umumxalq tomonidan amalga oshiriladigan
ommaviy marosimlardir.
Oilaviy marosimlarning keng tarqalgan turlari to`y marosimlaridir. Bu
marosimning «Beshik to`yi», «Xatna (sunnat) to`yi», «Nikoh to`yi»
kabi turlari
mavjud. O`zbeklarning nikoh to`ylari kuy-qo`shiqlarsiz o`tmagan. Nikoh to`ylarida
ko`pincha lapar, yor-yor va o`lan, kelin salomlar ijro etilgan.
Laparlarni odatda tarafma-taraf bo`lib aytilgan.
Dastlab laparni yigit tomon
boshlagan, keyin qizlar davom ettirgan. Yor-yorlar
esa asosan qiz-juvonlar
tomonidan ijro etilgan.
Yig`lama, qiz, yig`lama,
To`y seniki, yor-yor.
Ostonasi tillodan,
Uy seniki, yor-yor.
Hay-hay o`lan, jon o`lan,
O`lanchi qiz, yor-yor.
Va`dasida turmagan,
Yolg`onchi qiz, yor-yor.
Motam marosimi folklori asosan yig`i-yo`qlovlar
va motam yor-yorlaridan
iborat. Bu insoni umrining oxirini qayd etuvchi mungli
marosimda ijro etiladigan
motam qo`shiqlaridir. Yig`i-yo`qlovlarning qadim-qadim
zamonlardan mavjudligi
Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lug`otit turk» asarida keltirilgan Alp Er Tunga –
Afrosiyob haqidagi marsiyadan bilishimiz mumkin:
Alp Er Tunga o`ldimi?
Yomon dunyo qoldimi?
Dushman o`chin oldimi?
Dostları ilə paylaş: