Sust xotin, suzma xotin, Ko`lankasi maydon xotin, Yomg`ir yog`dir, ho`l bo`lsin, Yeru jahon ko`l bo`lsin. Maysalar quloq yozsin, Sutu qatiq mo`l bo`lsin! Ayrim joylarda masalan, Jarqo`rg`on tumanidagi Qorliq qishlog`ida bu
marosim faqat erkaklar tomonidan o`tkazilgan va «Sust xotin» so`zi o`rnagi «So`z
xotin» shaklida ishlatilgan.
Havolarni yog`dirgin, So`z xotin, Bug`doylarni bo`ldirgin, So`z xotin. Yomonning uyi kuysin, So`z xotin, Dehqonlarga qut bergin, So`z xotin. Buxoro oblastining Qorako`l va Olot tumanlarida yomg`ir chaqirish
marosimida aytiladigan qo`shiq «Chala xotin» deb yuritiladi.
Yomg`ir chaqirish marosimida tilga olingan Sust xotin o`zining tarixiy
ildizlariga ega. U zarbushtiyning muqaddas kitobi «Avesto»da madh etilgan osmon
suvlari tangrisi Tishtiriyaning xalq o`rtasida keng tarqalgan nomlanishidir.
«Sust xotin» qo`shig`i matnidan shu narsa ayon bo`ladiki, qo`shiq ijrochilari
o`zlarining yil davomidagi umidlarini ham bayon etishga imkon topganlar.
«Choy momo» marosimi. Bu marosim hozirda Janubiy Qozog`istonda
yashovchi o`zbeklar orasidagina saqlanib qolgan. Bu yozga marosim turiga kiradi,
surunkali davom etgan qattiq shamollarni to`xtatish maqsadida o`tkazilgan.
Sayram qishlog`i atrofida o`tkazilgan marosimlarda asosan keksa ayollar
ishtirok etishgan. Ikkita kampir eski – tuski kiyimlarni kiyib, yuzlariga qorakuya
surtib qo`llariga hassa olib, kaltakdan yog`och ot qilib minib, «Choy momo»
qo`shig`ini aytishib, qishloqni aylanib yurishgan. Ularning orqasidan boshlariga qizil
sholcha yopingan 5 ta bo`yiga yetgan qizlar yurib qo`shiqqa jo`r bo`lishgan. Ulardan
keyin 7-8 yoshlardagi bola eshakni minib xonadonlardan berilgan xayr-sadaqalarni
xurjunga solib borgan.