O`zbekiston respublikasi


- Mana shunaqa gaplarni aytib meni dog` qoldirasiz?



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

- Mana shunaqa gaplarni aytib meni dog` qoldirasiz?
- Mo`ylovni olasizu, qulog`ini sog` qoldirasiz. 
- Pulini bermay yuravering, bir kuni bog` qoldirasiz.
- Osh eganda go`shtini tamomlab, tovoq tagida bizga yog` qoldirasiz. 
- Bahona bilan kaklik eb bizga zog` qoldirasiz.
Askiya san`atini o`rganish va namunalarini to`plash natijasida bir qancha 
mashhur askiyachilarning nomlari aniqlangan. Marg`ilonlik Yusufjon qiziq 
Shakarjonov (1869-1959), Bachqir qishlog`idan Dehqon yuzboshi Shernazarov, 
qo`qonlik erka qori Karimov (1880-1956), Mamayunus Tillaboyev (1885 yilda 
tug`ilgan), Mamatxoliq Mamasodiqov, Tursun buva Aminov (Ijroqo`m buva), 
andijonlik Abdulhay maxsum Qozoqov, Mulla Mamat buva, Jo`raxon Sultonov, 
G`oyib aka Toshmatov, Akbar Usmonov, Usmon qori Rahimbekov, toshkentlik 


87 
G`anijon Toshmatov va boshqalar tajribali, chiniqqan, mohir askiyachilar 
hisoblanganlar. 
Askiya kishilar qalbidagi g`uborlarni quvadi, kishida beg`ubor qahqaha 
uyg`otadi. Hatto ayrim davlat arboblari ham usta askiyachi bo`lganliklari uchun xalq 
orasida katta obro`-e`tibor topganlar. Masalan, Yo`ldosh Oxunboboyev, Usmon 
Yusupov ana shunday rahbarlardan bo`lishgan.
Xalqimiz orasida askiyaning vatani Farg`ona vodiysi degan ibora mavjud. 
Darhaqiqat, «Agar to`rtta vodiylik askiya aytishayotgan bo`lsa, bilingki, 
askiyachilarning O`zbekiston bo`yicha birinchiligi bo`lyapti, agar to`rtta 
qo`qonlik askiyachi askiya aytishayotgan bo`lsa, bilingki, askiya bo`yicha jahon 
birinchiligi bo`lyapti» degan fikrlar bejiz aytilgan emas. O`zbek xalq askiyalari 
adabiyotshunos olim Rasul Muhammadiyev tomonidan o`rganilgan. Iste`dodli adib 
Olim Qo`chqorbekov askiyachi va qiziqchilar haqidagi hikoyatlarni yig`ib. «Kulgi 
darg`alari» kitobini nashr ettirdi. Bu kitobga qirqqa yaqin mashhur askiyachi va 
qiziqchilar haqidagi ma`lumotlar kiritilgan. 
Askiyaning yozma adabiyotga ta`siri kuchli. Bu narsa Hamza, Abdulla 
Qodiriy, Komil Yashin, Sobir Abdulla, G`afur G`ulom asarlarida ko`proq seziladi. 
Sobir Abdullaning «Muqimiy» romanida xarakterli payrovlar keltirilgan. Bu 
payrovda boyqush orqali zulm va zo`rlik fosh qilinadi.
Askiya qadimdan xalqimiz hozirjavobligini, chechanligini, zukkoligini sinab, 
takomillashtirib kelgan milliy janr sifatida yashab kelmoqda. Askiyachidan ko`p 
kitob o`qish, Shuningdek, tinmay o`qib turish, dunyoqarashi keng, o`tkir zehnli 
bo`lishi talab qilinadi.
Bu janrning yana bir talabi «gap kelganda otangni ham ayama» shioriga amal 
qilishdir. Askiya bahsi tinglovchi va tomoshabinlarga olam-olam quvonch baxsh 
etadi, ulardagi horg`inlik, va charchoqni chiqarishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Savollar: 
1. Askiyaning ma`nosi nima? Payrov nima? 
2. Askiyachilar musobaqasi qanday bo`ladi?
3. Mashhur askiyachilardan kimlarni bilasiz? 
4. Askiyaning tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat? 
5. Askiyaning qanday turlarini bilasiz? 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin